Ibodov Ilhom Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda muzey pedagogikasi: shakllanishi va rivojlanishi tamoyillari», 17.00.06 – Muzeyshunoslik. Tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya mavzusi Oliy attestatsiya komissiyasida B2023.2.PhD/Tar1517. raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Ilmiy rahbar: Ismailov Alisher Fayzievich tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/09.07.2020.Tar.70.03. raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlar doktori, professor; Muxamedova Munisa Sobirovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda muzey pedagogikasining shakllanishi va rivojlanishi tamoyillarini ochib berishdan iborat (XIX asr oxirlaridan XXI asr boshlari).
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Jahonda muzey pedagogikasi 1872-yilda Londonda ochilgan Bolalik muzeyining 1920-yildan bolalar va o‘qituvchilar bilan ishlashi, 1899-1925-yillarda AQShda «pedagogik tushunchalar»ga asoslangan muzeylar, Fransiyada «muzey savodxonligi» tadbiri dasturlari, 1916-yilda Rossiya muzeylarida pedagogik faoliyatni anglash «Ekskursiya byulleteni» nashrida yoritilishi, 1920-yilda Moskvada o‘yinchoqlar muzeyi ochilishi, 1930-yilda AQSh bolalar uchun «yakshanba darslari» dasturlari ishlab chiqilishi, 1934-yili Germaniyada «Muzey pedagogikasi» tushunchasi birinchi marta iste’molga kiritilishi, 1960-yillar «bolalar muzeylarining uyg‘onish davri» deb nomlanishi, 1980-1990 - yillarida muzey pedagogikasining mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanishi asosida ochib berilgan;
O‘zbekistonda muzey pedagogikasi: ekskursiyaning ilmiy xodimlar va yetakchi olimlar olib borganligi (1920-y.y.), ko‘chma ko‘rgazmalar, maktablar bilan ishlash, tomoshabinni o‘rgana boshlash (1930-y.y.), maktab kabinetini yaratish (1940-y.y.); zavod va kolxoz muzeylari, tematik ekskursiyalar (1960-y.y.), «Maxsus xizmat ko‘rsatish kuni», seminarlar, malaka oshirish kurslari, «Inturist» gidlari kurslari(1970-y.y.), metodik bo‘limlar, hamkorlik shartnomalarini tuzish (1980-y.y.), «Bilim» jamiyatida sayyor ko‘rgazmalar (1990-y.y.), «Ma’naviyat kunlari», «Ochiq eshiklar kuni», «Muzeyda tun», «Open Air Fest», fuqarolik pasporti va maktabni bitirganlik guvohnomalarini topshirish, dasturlar, konsert, tomoshalar, «Mening shajaram», «Mening uyimdagi yodgorlik», «Uy bo‘ylab sayohat», «Muzeydagi kartina», «Ashyolar so‘zlaganda» va «Muzey bilan birinchi tanishuv» (1991-2023-y.y.) kabi tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlarda shakllanganligi dalillangan;
Muzeyning madaniy-ma’rifiy tadbirlar targ‘iboti 1920-yillarda plakatlar, eksponatlar, 1940-yillarda ko‘rgazmali qurollar, filmlar 1960-yillarda maketlar, badiiy va grafik tasvirlar, sxemalar diagrammalar, rasmlar, 1980-yillarda videomagnitafonlar, teleustanovkalar, fonotexnikalar, displeylar, maxsus kompyuterlar, Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, muzey saytlari, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar (telegram, Instagram, Facebook), radio, televideniya, gazeta va jurnallar, infokiosklar, uslubiy tavsiya, qo‘llanma, monografiya, katalog, buklet, otkritka kabi vositalari bo‘lganligi yangi tarixiy dalillar asosida isbotlangan;
O‘zbekistonda muzeyshunoslik sohasida 30 dan ortiq huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinganligi(1991-2021-y.y.), ularda yangi muzeylar tashkil etish, qayta tashkil etish, muzeylarni rekonstruksiya qilish, turizmni rivojlantirish, kadrlar masalasi va qo‘llab quvvatlash, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishga oid ekanligi (1991-2016-y.y.) asosida, zamonaviy «Virtual muzey», «Jonli muzey», «Raqamli muzey» tashkil etishning asoslari 2017-yildan boshlab yaratilgani asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda muzey pedagogikasining shakllanishi va tamoyillari bo‘yicha tadqiqot olib borish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Jahonda muzey pedagogikasi tadrijidagi 1872-yilda Londonda ochilgan Bolalik muzeyining 1920-yildan bolalar va o‘qituvchilar bilan ishlashi, 1899-1925-yillarda AQShda «pedagogik tushunchalar»ga asoslangan muzeylar, Fransiyada «muzey savodxonligi» tadbiri dasturlari, 1916-yilda Rossiya muzeylarida pedagogik faoliyatni anglash «Ekskursiya byulleteni» nashrida yoritilishi, 1920-yilda Moskvada o‘yinchoqlar muzeyi ochilishi, 1930-yilda AQSh bolalar uchun «yakshanba darslari» dasturlari ishlab chiqilishi, 1934-yili Germaniyada «Muzey pedagogikasi» tushunchasi birinchi marta iste’molga kiritilishi, 1960-yillar «bolalar muzeylarining uyg‘onish davri» deb nomlanishi, 1980-1990 - yillarida muzey pedagogikasining mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanishiga oid eng muhim materiallardan Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekskursiya faoliyatini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros agentligining 2024-yil 8-avgustdagi 90-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi jahon muzey pedagogikasi tarixini o‘rganishga, yosh avlodni madaniy me’rosga hurmat ruhida tarbiyalashga yordam bermoqda;
O‘zbekistonda muzey pedagogikasining tarixiy-tadrijiy rivojlanish bosqichlarda shakllanganligiga oid manbalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Tadqimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 23-avgustdagi 01-44-184-ma’lumotnomasi). Ilmiy natija madaniy yodgorliklarni asrab avaylash, shunindek muzeyga tashrif buyuruvchilarning boy tariximizga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilmoqda.
Muzeyning madaniy-ma’rifiy tadbirlar targ‘iboti 1920-yillarda plakatlar, eksponatlar, 1940-yillarda ko‘rgazmali qurollar, filmlar 1960-yillarda maketlar, badiiy va grafik tasvirlar, sxemalar diagrammalar, rasmlar, 1980-yillarda videomagnitafonlar, teleustanovkalar, fonotexnikalar, displeylar, maxsus kompyuterlar, Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari, muzey saytlari, mobil ilovalar, ijtimoiy tarmoqlar (telegram, Instagram, Facebook), radio, televideniya, gazeta va jurnallar, infokiosklar, uslubiy tavsiya, qo‘llanma, monografiya, katalog, buklet, otkritka kabi vositalari bo‘lganligi oid ma’lumotlardan Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy Meros agentligining 2024-yil 8-avgustdagi 90-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar faktik materiallar va muzeyda madaniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini takomillashtirish, mazmun mohiyatini ilmiy boyitishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda muzeyshunoslik sohasida 30 dan ortiq huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinganligi(1991-2021-y.y.), ularda yangi muzeylar tashkil etish, qayta tashkil etish, muzeylarni rekonstruksiya qilish, turizmni rivojlantirish, kadrlar masalasi va qo‘llab quvvatlash, madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlarini tashkil etishga oid ekanligi (1991-2016-y.y.) asosida, zamonaviy «Virtual muzey», «Jonli muzey», «Raqamli muzey» tashkil etishning asoslari 2017-yildan boshlab yaratilgani bo‘yicha materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanali «Tadqimot» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 23-avgustdagi 01-44-184-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekistonda muzey pedagogikasining shakllanishi bo‘yicha bilim va fikrlarni kengaytirishda xizmat qilgan.