Musaxanova Charos Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gliflozinning qandli diabetli bemorlarda kardiorenal sindromining kechishiga morfogenetik oqsillarga bog‘liq holda ta’siri”, 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2381.
Ilmiy rahbar: Alixanova Nodira Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: morfogenetik oqsillarning qandli diabet bemorlarda SBK 1-3 darajasida yurak qon tomir kasalliklari shakllanishiga ta’siri va ularning gliflozinlar bilan davolash natijasida o‘zgarishini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda morfogenetik oqsillarning YuQTK shakllanishidagi ahamiyati qon tomirlarining qattiqligi va miokard perfuziyasini baholash orqali aniqlangan;
CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda gliflozinlarning arterial qattiqligi darajasini glikemiya va arterial qon bosimdan qat’iy nazar ishonchli kamaytira olishi aniqlangan;
CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda gliflozinlar qiyosiy guruhga nisbatan miokard perfuziyasini saqlashga yordam berishi asoslangan;
CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda gliflozinlar fibroblastlar o‘sish omili-23ning qondagi konsentratsiyasini kamaytira olishi va Kloto oqsilini miqdoriga ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Morfogenetik oqsillarning qandli diabet bemorlarda SBK 1-3 darajasida yurak qon tomir kasalliklari shakllanishiga ta’siri va ularning gliflozinlar bilan davolash natijasida o‘zgarishini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda morfogenetik oqsillarning YuQTK shakllanishidagi muhim ahamiyati qon tomirlarining qattiqligi va miokard perfuziyasini baholash orqali aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 yanvarda 47-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet va kardiorenal sindromi bo‘lgan bemorlarda yurak ssintigrafiyasi yordamida miokard perfuziyasini aniqlashni joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati endokrinologik dispanseri bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 6-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 4242-10-212-TB/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan etilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal sindromini tashxislashning takomillashtirilgan samarali strategiyalarini ishlab chiqish, bunday bemorlarda yurak kasalliklarining tarqalishini kamaytirish orqali davolanishning iqtisodiy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 15 million so‘m byudjet mablag‘lari QD 2 tur va SBK bo‘lgan bemorlarda kardiorenal sindromining erta tashxisoti va davolash o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda gliflozinlarning arterial qattiqligi darajasini glikemiya va arterial qon bosimdan qat’iy nazar ishonchli ijobiy kamaytirishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 yanvarda 47-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet va kardiorenal sindromi bo‘lgan bemorlarda yurak ssintigrafiyasi yordamida miokard perfuziyasini aniqlashni joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati endokrinologik dispanseri bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 6-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 4242-10-212-TB/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan etilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal sindromini davolashning samarali strategiyalarini ishlab chiqish, ularda nogironlik va davolanishning iqtisodiy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallik tufayli nogironik nafaqasi uchun sarflanadigan 7464000 so‘m byudjet mablag‘lari QD2 va SBK bo‘lgan bemorlarda KRSni erta davrlarda aniqlab, o‘z vaqtida davolashni boshlash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda gliflozinlar qiyosiy guruhga nisbatan miokard perfuziyasini samarali saqlashga yordam berishi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 yanvarda 47-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet va kardiorenal sindromi bo‘lgan bemorlarda yurak ssintigrafiyasi yordamida miokard perfuziyasini aniqlashni joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati endokrinologik dispanseri bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 6-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 4242-10-212-TB/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan etilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal sindromini davolashning samarali strategiyalarini ishlab chiqish, ularda nogironlik va davolanishning iqtisodiy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 15 million so‘m byudjet mablag‘lari QD 2 tur va SBK bo‘lgan bemorlarda kardiorenal sindromining erta tashxisoti va davolash o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: CBK 1-3 bosqichlarida bo‘lgan qandli diabet bemorlarda gliflozinlar fibroblastlar o‘sish omili-23ning qondagi konsentratsiyasini samarali kamaytirishi va Kloto oqsilini miqdoriga ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Akademik Ë.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 yanvarda 47-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabet va kardiorenal sindromi bo‘lgan bemorlarda yurak ssintigrafiyasi yordamida miokard perfuziyasini aniqlashni joriy etish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati endokrinologik dispanseri bo‘yicha 23.12.2023 yildagi 6-son hamda Toshkent viloyati Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 27.12.2023 yildagi 4242-10-212-TB/2023-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan etilgan va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/45-son xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda kardiorenal sindromini davolashning samarali strategiyalarini ishlab chiqish, ularda nogironlik va davolanishning iqtisodiy xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 15 million so‘m byudjet mablag‘lari QD 2 tur va SBK bo‘lgan bemorlarda kardiorenal sindromining erta tashxisoti va davolash o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘tkazish natijasida iqtisod qilinadi..