Sohibov Dilshod Zayniddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Anomal qatlam sharoitida quduqlarni burg‘ilash jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3071
Ilmiy rahbar: Murtazaev Quvondiq Mustafaevich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi , DSc.40/29.12.2022.T.129.01 .
Rasmiy opponentlar: Beknazarov Xasan Soibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor, Sabirov Erkaboy Erkinbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Anomal qatlam sharoitida quduqlarni burg‘ilashda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kraxmal, polifosfat ammoniy, kalsiy karbonat asosida modifikatsiyalangan burg‘ilash qorishmalarini olish texnologiyasi bo‘rg‘ilash jarayonidagi fantan vujudga kelishi natijasida yong‘in va portlash xavfini oldini olish omilini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
oksidlangan kraxmal, fosfor saqlagan kraxmal va kalsiy karbonatni modifikasiyalashning optimal nisbatlari ishlab chiqildi, hamda quduqlarni burg‘ilash jarayonlarda kelib chiqadigan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida qo‘llashning maqbul nisbatlari ishlab chiqilgan;
atrof-muhitga ta’siri past bo‘lgan burg‘ilash qorishmalarini anomal qatlam sharoitli quduqlarda burg‘ilash jarayonida suvsizlanish darajasi 4-6 % ga, quvurlarni korroziyalanish darajasi 90 % ga yaxshilash asosida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya, siqilish, qatlamga qorishmaning singib ketishi kabi salbiy omillarning  oldini olish va qurilmaning ish rejimini boshqarish asosida ishlab chiqilgan;
burg‘ilash qorishmalarini qatlam suvlarga chiqishi, aylanma harakatlanishini boshqarish uchun mikrokonteynerlardan foydalanishni joriy etish, kimyoviy reagentlarning burg‘ilash qorishmasini tayyorlash jarayonining real vaqt davomida inson organizmi va atrof muhitga ta’sirini kamaytirish minimumga keltirish mezoni asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Anomal qatlam sharoitida quduqlarni burg‘ilash jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish usullarini takomillashtirish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anomal qatlam sharoitida quduqlarni burg‘ilash jarayonida qo‘llanilgan oksidlangan kraxmal va kalsiy karbonat asosidagi maxsulotlarni modifikatsiyalash Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining tajriba sinov bazasida ishlab chiqarishga hamda olingan burg‘ilash qorishmalari “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ korxonasida amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil, 5-iyuldagi 04/15/4773-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anomal qatlam sharoitida quduqlarni burg‘ilash jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish usullarini takomillashtirish maqsadida oksidlangan kraxmal va kalsiy karbonat asosidagi burg‘ilash qorishmalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratildi. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda qo‘llaniladigan kompozitlar va ularni texnik iqtisodiy samaradorligi aniqlangan hamda keng qo‘llanilayotgan analoglarga nisbatan iqtisodiy samaradorligi 24,7 % ga oshirishga erishilgan.
anomal qatlam sharoitida quduqlarni burg‘ilash jarayonida qo‘llanilgan oksidlangan kraxmal va kalsiy karbonat asosidagi maxsulotlarni modifikatsiyalash Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining tajriba sinov bazasida ishlab chiqarishga hamda olingan burg‘ilash qorishmalari “Sanoat Energetika Guruhi” MChJ korxonasida amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2024-yil, 5-iyuldagi 04/15/4773-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anomal qatlam sharoitida atrof-muhitga ta’siri past bo‘lgan burg‘ilash qorishmalarini anomal qatlam sharoitli quduqlarda burg‘ilash jarayonida suvsizlanish darajasi 4-6 % ga, quvurlarni korroziyalanish darajasi 90 % ga yaxshilash asosida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish  imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish