Oxunjonov Zuxriddin Nosirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Texnik uglerod asosida adsorbent olish texnologiyasi va qo‘llanilishi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T2231.
Ilmiy rahbar: Jumaeva Dilnoza Jo‘raevna, texnika doktori, prodessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor; Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, prodessor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnik uglerod sifatida tanlangan asetilenli saja hamda yaroqsiz avtomobil shinalari chiqindilaridan foydalanib yuqori g‘ovakli, granulalashtirilgan sorbent materialni olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularni qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
As.S.+A.Sh. chiqindilarini integral ishlov berilishining sinergetik effekti kimyoviy ta’sirkashuvida uglerodli tarkibning C-96,0% ga; termik faollashtirishda C-99,66% miqdori orqali aniqlangan;
texnik ulerod chiqindi As.S.+A.Sh. gibrid kompozisiyasini kislotali va ishqorli ishlov berib, dastlab kimyoviy, so‘ngra 850-900°C haroratda suv bug‘i yordamida faollashtirib, mikro va mezog‘ovak strukturali yuqori uglerodli gibrid kompozisiyali adsorbent olingan;
As.S.+A.Sh. (1:1) nisbat mosligidagi xomashyoga (HCl-15%:NaOH-10%) ishlov berib, bog‘lovchi (D-15%) yordamida 1-3 mm o‘lchamli donadorlashtirilgan va yuqori haroratda faollashtirishning (T-850-900°C, 1-1,5 soat) maqbul sharoiti aniqlangan;
texnik uglerod gibrud kompozisiyali As.S.+A.Sh chiqindilari asosida kimyoviy-termik faollashtirilgan adsorbentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
faollashtirib olingan GKA ishtirokida neft mahsulotlari bilan zararlangan sanoat oqava suvlarini organik qo‘shimchalardan tozalashning texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnik uglerod-chiqindi saja va shina chiqindisi asosida yuqori g‘ovakli uglerodli materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asetilenli saja hamda yaroqsiz avtomobil shinasi asosida bosqichli faollashtirishni amalga oshirilishi natijasida olingan sorbentlarning qo‘llanilish usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 16 apreldagi 02-03-01/110-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan uglerod asosli adsorbsion GKA-1 va GKA-2 sorbent materiallar neft va gaz sanoati oqava suvlarini tarkibidan neft mahsulotlarini 0,35 mg/ldan 0,009 mg/lgacha tozalashga erishish imkonini beradi;
chiqindi saja va avtomobil shinasi xomashyo mahsulotlari ishtirokida tarkibida yuqori uglerod miqdoriga ega sorbentlarni olishning texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2025-2026 yillarda amaliyitga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2024 yil 16 apreldagi 02-03-01/110-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonadagi suyuq chiqindi-oqava suvlarini tozalashdap qo‘llanaladigan mahalliy sorbsion materiallarning assortimenti ko‘payishi hamda import o‘rinbosar sorbentlarni ishlab chiqish imkoni yaratiladi.