Berdiyarov O‘ktam Mengto‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Parafinlar asosida alifatik aminlar olish texnologiyasi, xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4590.
Ilmiy rahbar: Nurmanov Suvonqul Erxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Vapoev Xusnitdin Mirzoevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parafin asosida C20-S22 tarkibli alifatik aminlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, ularning xossalarini aniqlash va qo‘llash usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parafinlar asosida karbon kislotalar, karbon kislota nitrillari va nikel katalizatori ishtirokida birlamchi alifatik aminlar sintezi ilmiy asoslangan;
C20 va C22 tarkibli to‘yingan va to‘yinmagan kislotalar bug‘-vakuumda qo‘sh fazali distillash orqali fraksiyalarga samarali ajratilishi isbotlangan;
Le-Shatele prinsipiga asosan, gidrogenlash jarayoni ammiak atmosferasida olib borilishi bilan ikkilamchi va uchlamchi aminlarning hosil bo‘lishi ingibirlanib, birlamchi amin unumi oshishi isbotlangan;
faol azot atomi manfiy zaryadi, protonlashgan vodorod atomi musbat zaryadga ega ionlanish potensiali kichik elektrodonor N-vinileykozan-1-amin va N-vinildokazan-1-amin molekulalari, metall yuzasida kuchli barqaror koordinatsion va vodorod bog‘lar hosil qilishi bilan samarali korroziya ingibitorlari ekanligini asoslangan;
ingibitor dozasi 30 mg/l bo‘lgan barcha holatlarda himoyalash darajasi bo‘yicha bu turdagi ingibitorlarga qo‘yilgan 9.506-87 standarti talablariga (Z > 90 %) to‘la mos asoslangan;
parafinni katalitik oksidlash asosida olingan yog‘ kislotalarni  distillab fraksiyalarga ajratish, katalitik nitrillash va gidrogenlash tizimida birlamchi aminlar olish prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parafinni katalitik oksidlash asosida olingan yog‘ kislotalarni distillab fraksiyalarga ajratish, katalitik nitrillash-gidrogenlash tizimida birlamchi aminlar olish, ularni vinillash bilan korroziya ingibitorlari olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan birlamchi amin eykosilamin va dokasilaminlar Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurlarini korroziyadan saqlash ingibitori sifatida amaliyotga joriy etilgan (Muborak GQIZning 2023 yil 22 dekabrdagi 1065/GK-12-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori yog‘ kislotalarini suvsizlantirib, ammiak ta’sirida sintezlangan nitrillarni gidrogenlab olingan C20-C22 uglerod atomli aminlar asosida samarali korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish imkonini bergan;
alifatik aminlarni vinillab olingan murakkab efirlar Muborak gazni qayta ishlash zavodi gaz quvurlarini korroziyadan saqlash ingibitori sifatida amaliyotga joriy etilgan (Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2023 yil 31 oktyabrdagi 857/GK-10-son ma’lumotnomasi). Natijada, C20-C22 uglerod atomli aminlarni asetilen bilan vinillab mahalliy korroziya ingibitorlari ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish