Pazilov Mirbek Arzievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kognitiv yondashuv asosida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4PhD/Ped4018.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xo‘djaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kognitiv yondashuv asosida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantiruvshi mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kognitiv yondashuv asosida o‘quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish va idrok etish jarayonini tashkil etishni pedagogik-psixologik imkoniyatlari, pedagogik shart-sharoitlari, tamoyillari va validlik darajasi produktivligi empirik asoslash orqali aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish mazmuni, strukturali-tuzilmasi ta’lim kontekstida yangi nazariyalarni tadbiq etishga imkon beradigan strategiyalarni, optimallashtirish, o‘qituvchining innovatsion g‘oyalarini o‘quvchidagi mavjud bo‘lgan bilimlar asosida hamohang tarzda taqdim etishiga yoʻnaltirilgan aqliy sxemalarni tizimlashtirish va kengaytirish jarayonlari mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish modelining mazmunli, jarayonli, tashkiliy, integrativ komponentlari o‘quvchilarni musiqiy asarlarni idrok qilish, tushunish va tahlil qilish imkonini beradigan kognitiv ta’lim texnologiyasining o‘zlashtirish darajasini baholash bo‘yicha operatsiyalar birligi va uzviyligini bevosita hisobga olish mexanizmi takomillashtirilgan;
kognitiv texnologiyalar vositasida o‘quvchilarining musiqiy savodxonligini, iqtidorini rivojlantirishning aql xaritasiga asoslangan assosiativ aloqalarni vizuallashtirish, ixtirochilikka qobiliyatini rivojlantirish mexanizmlari terapevtik va eksperimental suhbatning intuitiv ta’sirchanligini oshirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kognitiv yondashuv asosida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kognitiv yondashuv asosida o‘quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini o‘rganishning qanday holatda sodir bo‘lishi va bilish jarayonining maqsadi bilan bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi haqidagi aksiomaning validlik darajasi produktivligini empirik asoslash orqali aniqlashtirishga oid takliflar FZ-2016-0909111822 raqamli «Darsliklar va o‘quv adabiyotlar mazmuniga Sharq pegagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan 11-05-6945/04-sonli 3-dekabr 2024-yili berilgan dalolatnomasi) foydalanilgan. Natijada kognitiv yondashuv asosida o‘quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini ochib berish imkoni kengaytirilgan;
ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish mazmunini ta’lim kontekstida yangi ma’lumotlarni qo‘llashga imkon beradigan strategiyalarni yaratish, o‘qituvchining yangi ma’lumotlarni o‘quvchidagi mavjud bo‘lgan bilimlar bilan hamohang tarzda taqdim etishiga yo‘naltirilgan aqliy sxemalarni o‘zgartirish yoki kengaytirish jarayonlari mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar FA-F1-005 raqamli «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan 11-05-6945/04-sonli 3-dekabr 2024-yili berilgan dalolatnomasi) foydalanilgan. Natijada ixtisoslashgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish mazmunini yoritib berishga sharoit yaratib berilgan;
ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish modelining amaliy komponenti o‘quvchilarda zaruriy axborotlar bilan to‘yintirish, musiqiy asarlarni idrok qilish, tushunish va tahlil qilish imkonini beradigan kognitiv ta’lim texnologiyasining tushunish va o‘zlashtirish darajasini baholash bo‘yicha operatsiyalar birligi va uzviyligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirishga oid xulosalar FZ-2016-0909111822 raqamli «Darsliklar va o‘quv adabiyotlar mazmuniga Sharq pegagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari» mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirish jarayonida (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan 11-05-6945/04-sonli 3-dekabr 2024-yili berilgan dalolatnomasi) foydalanilgan. Natijada kognitiv yondashuv asosida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish modelini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
kognitiv texnologiyalar vositasida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirishning aql xaritasiga asoslangan assosiativ aloqalarni vizuallashtirish, ixtirochilikka doir masalalarni echish nazariyasi va algoritmi, didaktik ko‘p o‘lchovli, axborotlarni freym shaklida taqdim qilish, muammoga yo‘naltirilgan mexanizmlari, terapevtik va eksperimental suhbatning intuitiv ta’sirchangligini oshirish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar FA-F1-005 raqamli «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» fundamental loyihasining milliy musiqa san’atining folklorshunoslik va adabiyotshunoslik bilan aloqadorligi qismini bajarishda (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan 11-05-6945/04-sonli 3-dekabr 2024-yili berilgan dalolatnomasi) foydalanilgan. Natijada kognitiv texnologiyalar vositasida ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining musiqiy iqtidorini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga erishilgan.