Arzieva Baxitgul Imametdinovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/ Ped4729.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpog‘iston filiali.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor;
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Seytnazarov Kuanishbay Kenesbaevich hamda yuridik fanlar doktori, professori Qodirov Eshmuhammad Omanturdievich. Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid faoliyatini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish va mazkur faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid pedagogik faoliyatini takomillashtirishning nazariy asoslari kompleks yondashuvga tayanilgan holda aniqlangan;
sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari, usullari va metodlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
mutafakkir ajdodlarimizning shaxsning huquqiy madaniyatini rivojlantirishga oid pedagogik ta’limotlarini refleksiyalash, umumlashtirish, tizimlashtirish prinsiplarini qo‘llagan holda aniqlashtirilgan;
sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid pedagogik jarayonning modeli hamkorlik, birgalikda faoliyat ko‘rsatish, tahliliy fikrlash kabi metodlardan foydalangan holda ishlab chiqilgan va uning samaradorlik darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan faoliyatini takomillashttirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy, madaniy, shaxsiy yo‘naltirilgan ta’lim va emotsiyanal altruistlik iynalganligi asosida, diologik mulohat, ma’nolar almashishi, individual va jamoaviy ijod orqali huquqiy madaniyatni rivojlantirish, sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid pedagogik faoliyatining nazariy asoslarini aniqlashga oid fikrlardan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida sinf rahbarlari va o‘quvchilarinining huquqiy savodxonligini va huquqiy madaniyatini oshirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Mektep oqıwshılarinıń huqıqıy madeniyatın rawajlandırıw” nomli o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 856200-raqamli guvohnoma). Natijada, sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid pedagogik faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid pedagogik jarayonning modeli hamkorlik, birgalikda faoliyat ko‘rsatish, tahliliy fikrlash kabi metodlardan foydalangan holda pedagogik baho berilgan va uning samaradorlik darajasi aniqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2023 yil 21 avgust kungi 01/11-01/11-716 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sinf rahbarlarining o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishga oid faoliyatini tashkil etish shart-sharoitlari, usullari va metodlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
madaniy yondashuv asosida mutafakkir ajdodlarimizning shaxsning huquqiy madaniyatini rivojlantirishda aksiologik qadiriyatlar strukturasi orqali barcha komponetlariga oid pedagogik ta’limotlarini refleksiyalash, umumlashtirish, tizimlashtirish prinsiplarini qo‘llagan holda aniqlashtirishga doir takliflardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyǵunligi asosida manaviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan. (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 15 martdagi 11/05-1200/04-son dalolatnomasi). Natijada, mutafakkir ajdodlarimizning shaxsning huquqiy madaniyatini rivojlantirishga oid pedagogik ta’limotlarini refleksiyalash, umumlashtirish, tizimlashtirish prinsiplarini aniqlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;