Karimov Oybek Mo‘minjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4782.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Usmonov Baxriddin Axmedovich, tarix fanlari doktori, professor; Ismoilov Temur Ismoilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq  davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetenligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlik” tushunchasining mazmun-mohiyati va konseptual asoslari tadqiqi orqali g‘oya, mafkura, g‘oyalar tizimi, g‘oyaviy-mafkuraviy tizimning tarkibiy qismi, g‘oyaviylik, mafkuraviy immunitet va  mafkuraviy  profilaktika,  g‘oyaviy  tarbiya,  mafkuraviy faoliyat, mafkuraviy tahdid, mafkuraviy poligon tushunchalarining  mazmun-mohiyati,  pedagogik-ideologik ta’sirchanligi va kompetensiyaviy ahamiyati ochib berilgan;
bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirishning  kasbiy-mafkuraviy  pozisiya  mezoni  kognitiv, faoliyali va  natijaviy komponentlarni komplekslash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirishning  metodik  talablari(xalqchillik,  aniqlik,  natijaviylik,  samaradorlik,  qiyosiylik, ko‘rgazmalilik,  xilma-xillik,  dolzarblilik)  asosida  milliy  g‘oya  ruhi singdirilgan fanlar, to‘garaklar va ijtimoiy loyihalarni  tashkil  etish  komponentlari  (g‘oyaviy-mafkuraviy vazifa, singdirilgan mazmun, shakl-uslub-vosita) aniqlashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish  metodikasi  ijodiy  faollik,  bazaviy,  pedagogik  va  g‘oyaviy-mafkuraviy kompetensiyalarni  axborot  almashish  kommunikativligi,  kasbiy-shaxsiy fazilatlar  hamda  kasbiy  bilimlarni  ideologik fanlar bilan  transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetenligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish asosida:
“g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlik” tushunchasining mazmun-mohiyati va konseptual asoslari tadqiqi orqali g‘oya, mafkura, g‘oyalar tizimi, g‘oyaviy-mafkuraviy tizimning tarkibiy qismi, g‘oyaviylik, mafkuraviy immunitet va  mafkuraviy  profilaktika,  g‘oyaviy tarbiya, mafkuraviy faoliyat, mafkuraviy tahdid, mafkuraviy poligon tushunchalarining mazmun-mohiyati, pedagogik-ideologik ta’sirchanligi va kompetensiyaviy ahamiyatini ochib berishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-11-raqamli “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadiryatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 18-noyabrdagi 11-05-6612/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirishta’lim texnologiyasini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;      
bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirishning  kasbiy-mafkuraviy  pozisiya  mezonini  kognitiv, faoliyali va  natijaviy komponentlarni komplekslash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-raqamli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 18-noyabrdagi 11-05-6612/04-son dalolatnomasi). Natijada larning joriy qilinishi bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;    
bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirishning  metodik  talablari (xalqchillik,  aniqlik,  natijaviylik,  samaradorlik,  qiyosiylik, ko‘rgazmalilik,  xilma-xillik,  dolzarblilik)  asosida  milliy  g‘oya  ruhi singdirilgan fanlar, to‘garaklar va ijtimoiy loyihalarni  tashkil  etish  komponentlarini  (g‘oyaviy-mafkuraviy vazifa, singdirilgan mazmun, shakl-uslub-vosita) aniqlashtirishga doir tavsiyalardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DMda 2022-2024 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”  dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat muassasasining 2024-yil 7-oktyabrdagi 04-36-1096-son ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar bilan jamotchilikni tanishtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak pedagoglarning g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentligini rivojlantirish  metodikasini  ijodiy  faollik,  bazaviy,  pedagogik  va  g‘oyaviy-mafkuraviy kompetensiyalarni  axborot  almashish  kommunikativligi,  kasbiy-shaxsiy fazilatlar  hamda  kasbiy  bilimlarni  ideologik fanlar bilan  transformatsiyalash asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i asosida ro‘yhatga olingan  “Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabrdagi 429-sonli buyrug‘i). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishga doir ta’lim texnologiyasi ishlab chiqish va takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish