Mamatqulov Zuxridin Urmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida o‘t xaydovchi dori vositasining texnologiyasi, farmakologik tadqiqotlari va BFQ ishlab chiqish», 15.00.01 – dori texnologiyasi, 14.00.17 – farmakologiya va klinik farmakologiya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Far42.
Ilmiy maslahatchilar: Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent fapmasevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent fapmasevtika instituti, DSs.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Nemat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratjonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim..
Yetakchi tashkilot: Tojikiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy dorivor o‘simlik (makkajo‘xori onalik gulining ustunchasi bilan og‘izchasi, oddiy bo‘ymadoron o‘ti, itburun na’matak mevalari, mayda gulli tog‘rayhon) xomashyolari asosida o‘t haydovchi yangi tarkibdagi dori vositasi va BFQni texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularni farmakologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor o‘simliklar makkajo‘xori onalik gulining ustunchasi bilan og‘izchasi, oddiy bo‘ymadaron o‘ti, itburun na’matak mevalari, mayda gulli tog‘rayhon o‘ti asosida o‘t xaydovchi yig‘maning ratsional tarkibi skrining tadqiqotlar natijalari asosida ishlab chiqilgan;
ilk bor matematik rejalashtirish usulidan foydalangan holda mahalliy o‘simlik xomashyolari asosidagi yig‘madan flavonoidlarni to‘liq ajralib chiqishini ta’minlaydigan omillarni belgilab, «STIGMACHOLE-ZEA» quruq ekstraktini olishning mo‘’tadil texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«STIGMACHOLE-ZEA» quruq ekstraktini aminokislotali, vitaminli  hamda element tarkibi aniqlanib, ushbu biologik faol moddalarning manbai sifatida qaralishi mumkinligi isbotlangan;
«STIGMACHOLE-ZEA» suvli hamda 40% va 70% spirtli  ekstraktlarning va IV sinf-kam zaharli guruhga mansubligi hamda ulardan «STIGMACHOLE-ZEA» 40% li etil spirtda ajratib olingan ekstraktning o‘t ajralib chiqishiga ta’siri nazorat guruhi va boshqa ekstraktlarga nisbatan ortganligi aniqlangan;
tetraxlormetan bilan chaqirilgan jigarni o‘tkir toksik gepatitda «STIGMACHOLE-ZEA» substansiyasining rivojlangan alanintransferaza fermentlar faolligini, giperbilirubinemiya, gipoproteinemiya holatlarini me’yorlashtirishi natijasida xolestaz, sitoliz, jigar-hujayra etishmovchiligi kabi sindromlarni bartaraf etishi isbotlangan;
«STIGMACHOLE-ZEA» substansiyasining tetraxlormetanli o‘tkir toksik gepatit kechimida o‘t sekresiyasi tezligini oshirishi, o‘t kislota, xolesterin va ishqoriy fosfataza miqdorini kamaytirishi sababli Alloxol preparati singari xoleretik ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
o‘t haydovchi ta’siriga ega quruq ekstrakt asosida ilmiy asoslangan «STIGMACHOLE» kapsula shaklidagi BFQ tarkibi tanlangan va texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«STIGMACHOLE-TEA» fitochoy va «STIGMACHOLE» kapsula ko‘rinishidagi biologik faol qo‘shimchalarning sifat me’yorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida o‘t xaydovchi dori vositasining texnologiyasi, farmakologik tadqiqotlari va BFQ ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«STIGMACHOLE-ZEA» substansiyasi uchun Vaqtincha farmakopeya maqolasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (VFS 42 Uz-5469-2024). Natijada, o‘t haydovchi ta’sirga ega mahalliy dori vositalari assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
«STIGMACHOLE-TEA» fitochoy shaklidagi biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 24442623-003:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 24442623-003:2023) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, «NARPAY VITA ZONE» MChJda o‘t haydovchi ta’sirga ega BFQni ishlab chiqarish imkonini bergan;
«STIGMACHOLE» kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 24442623-002:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 24442623-002:2023) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada, xalq tabotati va zamonaviy tibbiyotda o‘t haydovchi tizimini rag‘batlantiruvchi biofaol qo‘shimchalarni turlarini ko‘paytirish imkoniyatini bergan;
«STIGMACHOLE-ZEA» quruq ekstrakti uchun tajriba sanoat reglamenti ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 42 Uz-5469-2024). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida o‘t haydovchi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
o‘tkazilgan  klinik oldi sinovlar natijasida «STIGMACHOLE-ZEA» quruq ekstraktining o‘tkir zaharli emasligi hamda spesifik farmakologik faolligi bo‘yicha solishtirma preparatdan kam emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli o‘t haydovchi faollikga ega bezarar dori vositani ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish