Muxammadieva Dilafruz Alisher qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dorivor o‘simlik xom ashyosini ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2730
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muqimov Zarip Majlisovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xoʻjaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Norboev Sharofiddin KenGEShovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Samieva Gulnoza Toxirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dorivor o‘simliklar xom ashyosini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dorivor o‘simliklar xomashyosini ishlab chiqarishda hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti, ekologik holati, ekin maydoni, intensivlashtirish darajasi kabi ko‘rsatkichlar orqali indeks baholash usuli taklif etilgan;
 dorivor o‘simliklar xomashyolarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish va qadoqlash tizimida faoliyat yurituvchi xo‘jaliklar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan kooperativlarni tashkil etish taklif etilgan hamda ularni soliq imtiyozlari va subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash yo‘llari asoslangan;
o‘simliklar florasiga etkazilgan zararlarni qoplash uchun undiriladigan jarimalar miqdorini zarar toifalari bo‘yicha belgilash va darajasiga ko‘ra tuzatuvchi koeffisientlarni qo‘llash, jarima tushumlarini plantatsiyalar va pitomniklar tashkil etish hamda urug‘chilikni rivojlantirish maqsadida qayta taqsimlash mexanizmlari asoslangan;
iqlim o‘zgarishlari, resurslar sarfi va yog‘in miqdori kabi omillarni inobatga olgan holda dorivor o‘simliklar xomashyosini ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dorivor o‘simliklar xom ashyosini ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
dorivor o‘simlik xom ashyosini ishlab chiqarishda hududlarning ekologik holati, tarqalish maydoni, intensivlashtirish darajasi kabi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda indeks baholash bo‘yicha taklif etilgan usul O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-234-son ma’lumotnomasi). Ushbu indeks yordamida hududdagi dorivor o‘simliklarning ustuvorligi aniqlanib, ularni mezon va chegaralar doirasida baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi;
dorivor o‘simlik xomashyolarini ishlab chiqarish, qadoqlash, sotish va qayta ishlashda turli toifadagi xo‘jaliklar o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan kooperativlarni tashkil etish hamda ularni soliq va subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlashga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-234-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mahsulot etishtiruvchi xo‘jaliklarni tashkiliy-iqtisodiy rag‘batlantirishga xizmat qilib, dorivor xomashyolar ishlab chiqarish samaradorligini 20 foizgacha oshirish imkoniyatini yaratadi;
o‘simlik dunyosiga etkazilgan zararlar uchun undiriladigan jarimalar miqdorini zararni toifalarga ajratgan holda belgilash hamda ustuvorligiga ko‘ra tuzatuvchi koeffisientlarni qo‘llash, jarimalardan tushumlarni urug‘chilikni rivojlanirish, pitomnik va plantatsiyalarni tashkil etish maqsadida qayta taqsimlash mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-234-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif etilgan tizim mahsulot etishtiruvchilar va yig‘ib oluvchilar faoliyatini tartibli tashkil etishga zamin yaratadi;
iqlim o‘zgarishlari, resurslar sarfi, yog‘in miqdori kabi omillarni inobatga olgan holda dorivor o‘simliklar xomashyosini ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishining 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-234-son ma’lumotnomasi). Bu istiqbolda dorivor xomashyosini ishlab chiqarish yuzasidan maqsadli dasturlar qabul qilish imkonini yaratadi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish