Xushmurotov Zoyir Bektemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini dasturiy byudjetlashtirish tizimini takomillashtirish”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4152.
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Ro‘ziev Zafar Ikromovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent.
Yetakchi tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga dasturiy byudjetlashtirish timini joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalq ta’lim tizimiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan Prezident maktablari bitiruvchilarining xalqaro A-LEVEL sertifikatidan yuqori (A-C) natijani qo‘lga kiritish darajasi (jami bitiruvchilar soniga nisbatan) maqsadli indikatorlarni joriy etish taklif etilgan.
oliy ta’lim va professional ta’lim uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan “Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi (jami bitiruvchilar soniga nisbatan)”, Talabalarni turarjoy bilan qamrab olish darajasi (ehtiyojga nisbatan), kabi maqsadli indikatorlarni joriy etish taklif etilgan;
 oliy ta’lim va professional ta’lim uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan “Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni”, “Rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish” kabi maqsadli indikatorlar taklif etilgan;
sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan “Immunizasiya milliy dasturiga asosan vaksina bilan emlanadigan bolalarning qamrovi”, “Qandli diabetning 1- va 2-turi bilan kasallangan bemorlar soni” kabi maqsadli indikatorlarni joriy taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xalq ta’lim tizimiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan Prezident maktablari bitiruvchilarining xalqaro A-LEVEL sertifikatidan yuqori (A-C) natijani qo‘lga kiritish darajasi (jami bitiruvchilar soniga nisbatan) maqsadli indikatorlarni joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-sonli qarorining 7-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 5-iyundagi 11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishiladigan maqsadli indikator ko‘rsatkichlarini belgilash orqali byudjet mablag‘larining samaradorligini baholash, nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.
Oliy ta’lim va professional ta’lim uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan “Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni”, “Rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli universitet va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish” kabi maqsadli indikatorlarni joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-sonli qarorining 7-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 5-iyundagi 11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishiladigan maqsadli indikator ko‘rsatkichlarini belgilash orqali byudjet mablag‘larining samaradorligini baholash, nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.
Oliy ta’lim va professional ta’lim uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan “Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi (jami bitiruvchilar soniga nisbatan)”, Talabalarni turarjoy bilan qamrab olish darajasi (ehtiyojga nisbatan), kabi maqsadli indikatorlarni kabi maqsadli indikatorlarni joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-sonli qarorining 7-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 5-iyundagi 11-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishiladigan maqsadli indikator ko‘rsatkichlarini belgilash orqali byudjet mablag‘larining samaradorligini baholash, nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishish lozim bo‘lgan “Immunizasiya milliy dasturiga asosan vaksina bilan emlanadigan bolalarning qamrovi”, “Qandli diabetning 1 va 2-turi bilan kasallangan bemorlar soni”  kabi maqsadli indikatorlarni joriy etish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston Respublikasining “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-422-sonli qarorining 7-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 5-iyundagi 11-sonli ma'lumotnomasi). Natijada Sog‘liqni saqlash vazirligiga ajratilgan byudjet mablag‘lari hisobidan erishiladigan maqsadli indikator ko‘rsatkichlarini belgilash orqali byudjet mablag‘larining samaradorligini baholash, nazorat qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish