Julmatova Saodat Jur’atjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Individual yondashuv asosida bo‘lajak pedagoglarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8941
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjaeva Maqsuda Sultanovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi individual yondashuv asosida bo‘lajak redagoglarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va metodik asoslarini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak redagoglarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning umumkasbiy va sohaga yo‘naltirilgan kognitiv, ijtimoiy kompetensiyalarga yo‘naltirilgan faoliyati tuzilmasi komponentlari va tashkiliy-uslubiy asoslari aniqlashtirilgan hamda amaliyotdagi holati tahlil qilingan;
talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarini interfaol ta’lim muhitida shakllantirishda  individual yondashuvning  integrallashgan metodik tizimi va ilmiy-nazariy  asoslari tahlil qilingan, reproduktiv, ijodiy- izlanish va novatorlik bosqichlari mazmuni, shuningdek, jarayon samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasi takomillashtirilib, didaktik talablari belgilangan;
bo‘lajak redagoglarning individual yondashuv asosida ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va professional kompetentligini  rivojlantirish  modeli hamda pedagog kadrlarning ijodkorlik kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi  pedagogik  mexanizmlar,  strategiyalar  va  innovatsion  ta’lim jarayonining  samaradorlik  darajasi  aniqlanib, interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari vositasida talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantirishga doir ilmiy-metodik taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagoglarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish metodikasi va texnologiyasini takomillashtirish  bo‘yicha  olingan  ilmiy  natijalar  asosida:
bo‘lajak redagoglarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishning umumkasbiy va sohaga yo‘naltirilgan kognitiv, ijtimoiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarida “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuni asosida foydalanilgan.  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim sohasida bo‘lajak pedagogik kadrlar tayyorlash bosqichlarining tashkiliy-uslubiy faoliyatining tahliliy va tadqiqiy xususiyatlari va amaliyotdagi holati individual, shaxsga yo‘naltirilgan, interfaol yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarini interfaol ta’lim muhitida shakllantirishda  individual yondashuvning  integrallashgan metodik tizimi va ilmiy-nazariy  asoslari tahlil qilingan, reproduktiv, ijodiy- izlanish va novatorlik bosqichlari mazmuni, shuningdek, jarayon samaradorligini baholashning prognostik va kvalimetrik metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus+dasturining 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar instituti 2024-yil 7-dekabr 2708/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, individual yondashuvni ta’lim amaliyotiga tatbiq etilib, bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik va kasbiy sifatlarini oshirishga oid bilimlari rivojlantirilgan;
bo‘lajak redagoglarning individual yondashuv asosida ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish va professional kompetentligini  rivojlantirish ga oid taklif va tavsiyalardan Jizzax politexnika instituti ilmiy-tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Jizzax politexnika instituti 2024-yil 10-dekabr 03-2388-2377-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirish modeli hamda pedagog kadrlarning ijodkorlik kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari, samaradorlik bloklari funksiyalarini o‘zaro muvofiqlashtirish va innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llash asosida takomillashtirilgan.        

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish