Xolova Dilorom Sharifovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari rivojlanishining epigenetik mexanizmlari va bashoratlash omillarini baholash (klinik - immunogistokimyoviy, genetik tadqiqot)”, 14.00.03 – Endokrinologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tib649.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Troshina Ekaterina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxkamov Kozim Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Alisher Abdumavlyanovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalarining rivojlanishida o‘sma avj olish markerlari va epigenetik omillarning bashoratli rolini baholash, davolash taktikasini tanlash va asoratlarini korreksiya qilish uchun shaxsiylashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GNAlari avj olishidagi ahamiyatini baholash asosida kasallikning kechishini, oqibatini va qaytalanishini bashoratlovchi mezon sifatida ilk bor o‘sma o‘sishining epigenetik omillari miRNA–128, miRNA–155 ekspressiyasining yukori darajasi ahamiyati aniqlangan;
GNAlari rivojlanishi va qaytalanishida o‘sma o‘sishining IGK markyorlari Ki67, r53, xromogranin A yuqori darajasi bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘lanish borligi aniqlangan;
qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari o‘sishi va qaytalanishining patogenezida IGK markyorlar Ki67, r53, xromogranin A hamda epigenetik omillar miRNA – 128, miRNA – 155 ekspressiyasining yuqori darajasi bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘lanish borligi isbotlangan;
o‘sma o‘sishining IGK markyorlari Ki67, r53, xromogranin A hamda epigenetik omillar miRNA – 128, miRNA – 155 uchun chegara qiymatlari (“kesish nuqtasi”) aniqlanib, ular yordamida GNAlari qaytalanishini bashoratlovchi mezonlarning eng muhim kombinatsiyasi aniqlangan;
kaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari rivojlanishini erta tashxislash va davolash algoritmi hamda kasallik qaytalanishini bashoratlovchi model` ishlab chiqilgan, shuningdek kasallik kechishiga ko‘ra patogenetik davolash tartibi neyrovizualizatsion va biokimyoviy tekshiruvlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari rivojlanishining epigenetik mexanizmlari va bashoratlash omillarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘sma o‘sishining epigenetik omillari miRNA–128, miRNA–155 ning GNA avj olishidagi ahamiyatini baholash asosida kasallikning kechishi, oqibati va qaytalanishi uchun ularning bashoratli ahamiyati aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Etik qo‘mitasi tomonidan 2023 yil 23 apreldagi 3-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalarini erta tashxislashdagi zamonaviy yondashuvlar» va 2023 yil 11 maydagi 5-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsifnomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 72- va 73-son hamda akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 23-n va 25-n-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06\96-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni boshqarish, differensial davolash va ularni kuzatishni ta’minlash uchun maqbul strategiyani tanlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 15 mln. so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usul bo‘yicha GNAlari bilan kasallangan bemorlarni olib borish kasallik qaytalanishini oldindan bashoratlash va o‘sma qaytalangandan keyingi takroriy operativ davolashni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Ki67, r53, xromogranin A ning yuqori proliferatsiya indeksi va o‘sma o‘sishining epigenetik omillari miRNA – 128, miRNA – 155 kombinatsiyasi GNAning shakllanishi va qaytalanishi patogenezida muhim roli aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Etik qo‘mitasi tomonidan 2023 yil 23 apreldagi 3-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalarini erta tashxislashdagi zamonaviy yondashuvlar» va 2023 yil 11 maydagi 5-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsifnomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 72- va 73-son hamda akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 23-n va 25-n-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06\96-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni boshqarish, differensial davolash va ularni kuzatishni ta’minlash uchun maqbul strategiyani tanlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 15 mln. so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usul bo‘yicha GNAlari bilan kasallangan bemorlarni olib borish kasallik qaytalanishini oldindan bashoratlash va o‘sma qaytalangandan keyingi takroriy operativ davolashni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bo‘lgan bemorlarda Ki67, r53, xromogranin A proliferatsiya indeksining yuqori ko‘rsatkichlari va o‘sma o‘sishining epigenetik omillari miRNA – 128, miRNA – 155 o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Etik qo‘mitasi tomonidan 2023 yil 23 apreldagi 3-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalarini erta tashxislashdagi zamonaviy yondashuvlar» va 2023 yil 11 maydagi 5-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsifnomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 72- va 73-son hamda akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 23-n va 25-n-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06\96-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni boshqarish, differensial davolash va ularni kuzatishni ta’minlash uchun maqbul strategiyani tanlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 15 mln. so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usul bo‘yicha GNAlari bilan kasallangan bemorlarni olib borish kasallik qaytalanishini oldindan bashoratlash va o‘sma qaytalangandan keyingi takroriy operativ davolashni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘sma o‘sishining epigenetik omillari miRNA – 128, miRNA – 155 va progressiyasining belgilari Ki - 67, p53, XGN A uchun chegara qiymatlari (“kesish nuqtasi”) o‘rnatilib, ular yordamida GNAsi qaytalanishi markyorlarining eng muhim kombinatsiyasi bo‘yicha takliflar akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Etik qo‘mitasi tomonidan 2023 yil 23 apreldagi 3-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalarini erta tashxislashdagi zamonaviy yondashuvlar» va 2023 yil 11 maydagi 5-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsifnomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 72- va 73-son hamda akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 23-n va 25-n-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06\96-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni boshqarish, differensial davolash va ularni kuzatishni ta’minlash uchun maqbul strategiyani tanlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 15 mln. so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usul bo‘yicha GNAlari bilan kasallangan bemorlarni olib borish kasallik qaytalanishini oldindan bashoratlash va o‘sma qaytalangandan keyingi takroriy operativ davolashni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: olingan natijalarning negizida qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bor bemorlar uchun ishlab chiqilgan shaxsiylashtirilgan davolash sxemalari va mezonlari ilmiy asoslanganligi bo‘yicha takliflar akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Etik qo‘mitasi tomonidan 2023 yil 23 apreldagi 3-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalarini erta tashxislashdagi zamonaviy yondashuvlar» va 2023 yil 11 maydagi 5-son bilan tasdiqlangan «Qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsifnomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 15.06.2023 yildagi 72- va 73-son hamda akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali bo‘yicha 12.06.2023 yildagi 23-n va 25-n-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 06\96-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qaytalanuvchi gipofiz nofaol adenomalari bilan kasallangan bemorlarni boshqarish, differensial davolash va ularni kuzatishni ta’minlash uchun maqbul strategiyani tanlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni davolash uchun sarflanadigan 15 mln. so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usul bo‘yicha GNAlari bilan kasallangan bemorlarni olib borish kasallik qaytalanishini oldindan bashoratlash va o‘sma qaytalangandan keyingi takroriy operativ davolashni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.