Arabov Nurali Uralovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.DSc/Iqt25.
Ilmiy maslahatchi: Xolmo‘minov Shayzoq Raxmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sotivoldiev Abdulaziz Abdumuminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida mehnat bozori infratuzilmasini samarali rivojlantirishning uslubiy asoslarini va amaliy yo‘nalishlarini takomillashtirish hamda aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
belgilangan potensial ishchi kuchi bandligi va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorligini uyg‘un ta’minlash asosida davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlarining samarali hamkorligini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning istiqbol maqsadlari va mehnat bozori xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalari va samarali infratuzilmasini 2018-2021 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari rivojlanishini baholash metodikasi ish kuchini kasbga yo‘naltirish va kasbga tayyorlash, mehnat vositachiligi va moliyaviy tizimlar samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
faol ish bilan bandlik hamda ish kuchining kasbiy harakatchanligi va raqobatbardoshligini oshirish asosida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturini ishlab chiqish yondashuvi takomillashtirilgan;
bandlik xizmatlari faoliyati samaradorligini baholash metodikasi ish izlovchilarning bandlik xizmatiga murojaat etganlik, ishga joylashtirishga ko‘maklashish va ish beruvchilar bilan ishlash darajasini tasniflashga differensial yondashish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
belgilangan potensial ishchi kuchi bandligi va mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorligini uyg‘un ta’minlash asosida davlat va nodavlat ish bilan bandlik xizmatlarining samarali hamkorligini amalga oshirish bo‘yicha takliflardan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 213/1-ich-son buyrug‘i asosida band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish amaliyotiga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 02-07/5361-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar ish bilan bandlik xizmatlari faoliyatini strategik rejalashtirish samaradorligini oshirish, mehnat bozori infratuzilmasini samarali rivojlantirish hamda aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirish imkonini bergan;
mehnat bozori infratuzilmasini istiqbolda rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlarini prognozlashtirish parametrlari bo‘yicha berilgan takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 213/1-ich-son buyrug‘i bilan aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturlari va 2021 yilgacha bo‘lgan konsepsiyasini tayyorlashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 02-07/5361-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish ish bilan bandlik xizmati faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilganlarni ishga joylashtirish ulushini muayyan darajada oshirish imkonini bergan;
mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismlari rivojlanishini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 213/1-ich-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 02-07/5361-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar hududiy bandlik xizmatlari faoliyati rivojlanishining samaradorligini baholash va ularning alohida tarkibiy qismlarida yuzaga kelgan o‘zgarishlar ulushini aniqlash imkonini bergan;
aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturini ishlab chiqish yondashuvini faol ish bilan bandlik hamda ish kuchining kasbiy harakatchanligi va raqobatbardoshligini oshirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 213/1-ich-son buyrug‘i bilan aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 02-07/5361-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish hududiy bandlik faoliyatini rivojlantirish strategiyalari va kompleks dasturlarini hamda mehnat bozorini tartibga solish bo‘yicha faol ish bilan bandlik tadbirlarini ishlab chiqishning ilmiy asoslanganlik darajasini oshirgan;
bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 26 sentyabrdagi 213/1-ich-son buyrug‘i asosida funksional bo‘linmalar faoliyati samaradorligini baholash jarayoniga joriy etilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 9 oktyabrdagi 02-07/5361-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish bandlik xizmatlari faoliyati samaradorligini ish izlovchilarning bandlik xizmatiga murojaat etganlik, ishga joylashtirishga ko‘maklashish va ish beruvchilar bilan ishlash darajalarini tasniflashga differensial yondashish asosida baholash imkonini bergan.