To‘raev Zuxriddin Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida mebel va qurilish sanoati uchun polimer elimlar ishlab chiqish texnologiyasi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3598.
Ilmiy rahbar: Fayziev Jahongir Bahromovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Tojiev Panji Jovlievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Eshmurodov Xurshid Esanberdievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida mebel va qurilish sanoati uchun iqtisodiy samarador, ekologik toza polimer elimlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipan, karbamid, kraxmal va suyuq shisha asosida kimyoviy barqaror GM-1, GK-2, GJ-3, EP-4 markali polimer elimlar olingan hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
aralashtirish qurilmasining 1200–1400 aylanish/min tezlikdagi ishlashi jarayonida 60 minut davomida polimer elimlarning oquvchanligi 35–40 sekunddan 50–60 sekundga ko‘tarilishini nazorat qilish ilmiy isbotlangan;
yog‘och va qamish qirindilarini polimer elimlar bilan ishlov berish usullarining eng maqbul vaqti 10-12 daqiqa, harorati 150-160℃ va qurulmaning siqish bosimi 3 MPa ekanligi aniqlangan;
olingan GM-1, GK-2, GJ-3, EP-4 markali polimer elimlar bilan ishlov berilgan yog‘och va qamish qirindilaridan tayyorlangan materiallarining yuqori fizik-mexanik xossalarni namoyon qilishi elimlar tarkibidagi –COONa va –CONH2 guruhlarga bog‘liqligi ilmiy asoslangan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan polimer elimlar tarkibida gidrolizlangan poliakrilonitril va karbamid, kraxmal, suyuq shisha va epoksid smola saqlagan GM-1, GK-2, GJ-3, EP-4 markali elimlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar asosida mebel va qurilish sanoati uchun polimer elimlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy ikkilamchi xomashyolar asosida mebel va qurilish materiallari uchun GM-1, GK-2, GJ-3 va EP-4 markali elimlar olish texnologiyasi “Surxon KSP Grant” ma’suliyati cheklangan jamiyatida fizik-mexanik xossalari yaxshilangan olovbardosh elimlar olishda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 72501/13-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar, gidrolizlangan poliakrilonitril, karbamid, kraxmal va suyuq shisha asosida yuqori adgeziyali olovbardosh yelimlar olish imkonini bergan.
mahalliy ikkilamchi xomashyolar asosida olingan GM-1, GK-2, GJ-3 va EP-4 markali elimlar “Surxon KSP Grant” ma’suliyati cheklangan jamiyatida olovbardosh yog‘och va qamish qirindili plitalar olishda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 72501/13-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolardan foydalanib raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bergan.