Do‘salieva Safura Shavkatjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Allium karataviense Regel L. o‘simligining kimyoviy komponentlari va biologik faol maxsulotlar olish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/K833.
Ilmiy rahbarlar: Xo‘jaev Vahobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimov Alidjan Aminovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduganiev Baxtiyor Ermaxamatovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasida o‘suvchi Allium karataviense Regel o‘simligi kimyoviy tarkibini va biologik faolligini aniqlash, biologik faol qo‘shimcha yaratish va TIF TN bo‘yicha tovar kodi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Allium karataviense Regel o‘simligi piyozi, novdasi, barglari, gullari va urug‘larining oqsil miqdori, aminokislota, flavonoid va vitamin tarkibi aniqlangan;
Allium karataviense Regel o‘simligi piyozi, novdasi, barglari, gullari va urug‘larining tarkibidagi makro-, mikro- va toksik elementlarning miqdoriy qiymatlari aniqlangan;
Allium karataviense Regel o‘simligi piyozidan 2 ta modda individual holda ajratib olingan hamda ularning tuzilishi zamonaviy fizik-tadqiqot usullari bilan isbotlangan;
Allium karataviense Regel o‘simligi piyozidan tayyorlangan biologik faol qo‘shimcha uchun TIF TN qoidalariga asosan yangi tovar kodi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Allium karataviense Regel o‘simligining kimyoviy birikmalari, biologik faolligini o‘rganish va biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Allium karataviense Regel o‘simligi piyozi ekstrakti asosida olingan “Qoratov piyoz quruq ekstrakti” tabiiy biologik faol qo‘shimchasini olishga texnikaviy shartlar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (S 201133366-004:2024). Mazkur texnikaviy shartlar mahsulotning sifatini nazorat qilish imkonini bergan;
Allium karataviense Regel o‘simligi piyozi asosida yaratilgan biologik faol qo‘shimcha uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha 1302 19 900 1 kod raqami ishlab chiqilgan hamda Davlat bojxona amaliyotiga joriy qilingan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 17/05-24-0009-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport va import jarayonlarida biologik faol qo‘shimchalarini tasniflashni soddalashtirish hamda boj to‘lovlarini to‘g‘ri belgilash imkonini bergan;
Allium karataviense Regel o‘simligi alkaloidlarining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlash natijalaridan “Alkaloidlar kimyosi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-sonli buyrug‘i). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida bioorganik kimyo bo‘yicha mutaxassislarning bilimlarini mustahkamlash imkonini bergan.