Baxshi Muhammad Rezo Abdul-Azizovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chigitlarni gamma nurlantirishning ingichka tolali G.barbadense L. belgilarining o‘zgaruvchanligiga ta’siri”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1187.
Ilmiy rahbar: Xalmanov Baxtiyor Abdurashidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/08.05.2024.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: g‘o‘zaning “Surxon-201” navi (NAP 472).
II. Tadqiqotning maqsadi chigitlarga C060 fizik mutageni ta'siridan keyin ingichka tolali g‘o‘za belgilarining o‘zgaruvchanligiga gamma nurlanishining ta'sirini, shuningdek mutatsiyalar chastotasi va spektriga ta’sir qilish qonuniyatlarini o‘rganish asosida ingichka tolali nav yaratishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda birinchi marta shoxlanishning nol tipiga ega bo‘lgan,  nisbatan yangi mahalliy “Surxon-14”, “Surxon-9”, “Termiz-49”, “Surxon-14”, “Surxon-9” va “Termiz-49” navlarining  quritilgan urug‘larida Co60 ning turli dozalari va quvvatlari bilan gamma nurlanishi ta’siri aniqlangan;
Co60 ning 150 grey, 45 r/s, past, o‘rta va yuqori quvvatli, kg Rentgen (C/kgR.) ga 15 kulon ta'sir qilish dozasini qo‘llash samaradorligi ilmiy asoslangan;
0-2-0 sug‘orish sxemasi bo‘yicha qat’iy sug‘orish rejimining sun’iy ravishda yaratilgan fonlarida, tuproqning cheklangan dala nam sig‘imini hisobga olgan holda, ayrim ingichka tolali g‘o‘za mutantlarining qurg‘oqchilikka chidamliligiga dastlabki baho berilgan;
gamma nurlanishning samarali dozalarida belgilarning o‘zgaruvchanligini o‘rganish usullari takomillashtirilgan;
ingichka tolali g‘o‘zaning xususiy seleksiyasida fuzarioz vilti (Fusarium oxysporium vas.), qora ildiz chirishi (Thelaviopsis basicola) va halqali ildiz chirishi (Rhizoktonia solani)ga chidamli mutantlar populyasiyasini olish maqsadida tanlov olib borish ishlab chiqilgan;
radiatsion mutagenez usuli yordamida ingichka tolali paxtaning yangi Surxon-201 va SP-301 navlari yaratilgan va “Surxon-201” naviga NAP 472 raqamli patent olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingichka tolali g‘o‘za chigitlarini gamma nurlantirishning belgilarning o‘zgaruvchanligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
radiatsion mutagenez usuli yordamida ingichka tolali paxtaning yangi “Surxon-201” va “SP-301” navlari yaratilgan va “Surxon-201” naviga NAP 472 raqamli patentini olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hosildorligi 38-42 s/ga, tola hosildorligi 36%, tolasining shtapel uzunligi 41,0 mm, bir ko‘sakdagi paxta xom-ashyosining vazni 3,2-3,4 g, mikroneyri 3,8-4,1 bo‘lgan “Surxon-201” navi tezpisharlik bo‘yicha andoza navdan ustun bo‘lib amaliy seleksiya jarayonida foydalanilmoqda. Shuningdek, yangi nav kolleksiya genofondini boyitib, yuqori tola hosildorligi va birinchi A tipdagi tolaga ega bo‘lgan holda yuqori ko‘rsatkichili  seleksiya manbalarini olish imkonini bergan;
“Surxon 201” navi 2019-2024 yillar davomida Surxondaryo viloyati sharoitida ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu nav andoza navga nisbatan gektariga o‘rtacha 3,1-5,0 sentnerga yuqori hosil berib, hosildorlikning 12-15 foizga oshishiga erishilgan;
ingichka tolali paxtaning yangi “Surxon-201” navi 2021-yilda “Arabbek” fermer xo‘jaligida 2,5 gektar maydonda, 2022-yilda “Surxon” tajriba stansiyasida 4,0 gektar, 2023-yilda “Arabbek” fermer xo‘jaligida 5 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tavsiya etilgan yangi nav standart “Surxon-14” naviga qaraganda ertapishar bo‘lib, birinchi terimdan olingan hosildorlik bo‘yicha gektariga 8 sentnerga ustunlik namoyon qilgan;
“Surxon 201” navi 2024-yilda Surxondaryo viloyatidagi “Orifjon” elita urug‘chilik xo‘jaligining 3,0 gektar maydonida va “SP-301” navi 2,0 gektar maydonga ekilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 12-noyabrdagi 05/01-05/02-05/04-03-371-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, navni keyingi yilda ko‘paytirish uchun etarli miqdorda original urug‘liklar tayyorlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish