Maxmudova Kamola Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/ Ped1883.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Pulatova Parida Muxiddinovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Rasmiy opponentlar: Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari dialogik nutqni tavsiflash, nutqni rivojlantirishning amaliy-metodik mazmunini qiyosiy prognozlash hamda rivojlanish mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajasini belgilashga oid pedagogik-shart sharoitlarni yaratib berish asosida aniqlashtirilgan;
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish texnologiyalari aqliy va nutqiy rivojlantirishning o‘zaro proporsional aloqadorligini faktik ko‘rsatib berish hamda lingvistik sezgirlikni rivojlantirish va faol nutq amaliyotini ta’lim subektlari o‘rtasidagi qayta aloqaga kirishish mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish modeli an’anaviy va kompyuter o‘yinlarining integrativ xususiyatlarini didaktik maqsadlar mazmuniga idientiv moslashtirish hamda maqsadli, tarkibli, prosessual-faoliyatli, diagnostik-natijaviy modullardan foydalanish natijadorligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish darajasini aniqlash mezonlari kirishimlilik, murojaatga munosib javob berish, atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishish qobiliyatlariga oid va ko‘rsatkichlarni prognstik aniqlash hamda muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘yinli-amaliy topshiriqlarni izchil kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompyuter o‘yinlari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning dialogik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari dialogik nutqni tavsiflash, nutqni rivojlantirishning amaliy-metodik mazmunini qiyosiy prognozlash hamda rivojlanish mezonlari, ko‘rsatkichlari va darajasini belgilashga oid pedagogik shart-shart sharoitlarni yaratib berish asosida aniqlashtirishga oid ma’lumotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni o‘quv-meyoriy hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 19-iyuldagi 03-344-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning dialogik nutqini rivojlantirish pedagogik jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish texnologiyalari aqliy va nutqiy rivojlantirishning o‘zaro proporsional aloqadorligini faktik ko‘rsatib berish hamda lingvistik sezgirlikni rivojlantirish va faol nutq amaliyotini ta’lim subektlari o‘rtasidagi qayta aloqaga kirishish mobilligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi pedagogik jarayonlar mazmunini takomillashtirish, ta’lim jarayonlarini loyihalashtirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 19-iyuldagi 03-344-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning dialogik nutqini rivojlantirish jarayoni sifatini oshirish imkoni kengaytirilgan;
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish modeli an’anaviy va kompyuter o‘yinlarining integrativ xususiyatlarini didaktik maqsadlar mazmuniga idientiv moslashtirish hamda maqsadli, tarkibli, prosessual-faoliyatli, diagnostik-natijaviy modullardan foydalanish natijadorligini oshirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi pedagogik jarayonlar mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 19-iyuldagi 03-344-sonli ma’lumotnomasi). Natijada rivojlanish markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter o‘yinlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning dialogik nutqini rivojlantirish jarayoni sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kompyuter o‘yinlari vositasida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining dialogik nutqini rivojlantirish darajasini aniqlash mezonlari kirishimlilik, murojaatga munosib javob berish, atrofdagi odamlar bilan muloqotga kirishish qobiliyatlariga oid va ko‘rsatkichlarni prognstik aniqlash hamda muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan o‘yinli-amaliy topshiriqlarni izchil kiritish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanish markazlaridagi pedagogik jarayonlar natijadorligini oshirishda amalda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 19-iyuldagi 03-344-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter o‘yinlari orqali dialogik nutqini rivojlantirish jarayoni sifati va samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan.