Kodirov Muxammadsoxib Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Keksa yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikni bartaraf etishda kaminvaziv usullarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.27 - Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2302.
Ilmiy raxbar: Turakulov Uktam Nurmamatovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: keksa va qari yoshdagi bemorlarda jarrohlik aralashuvining kam invaziv usulini tanlash algoritmini ishlab chiqish orqali mexanik sariqlikni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlik sindromi yallig‘lanish asoratlarining yuqori chastotasi fonida xoledoxolitiaz va jigardan tashqari o‘smalar bilan assotsiatsiyalangan distal obstruksiya bilan o‘rta og‘irlik darajasining ustunligi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikni bartaraf etishning kam invaziv usullari qo‘llanilgandan keyin asoratlarning o‘ziga xos prediktorlari va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikning klinik-patogenetik xususiyatlari, yosh o‘zgarishlari va yondosh patologiyaning kasallik kechishiga ta’sirini hisobga olgan holda jarrohlik va kam invaziv davolash usullarining samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan;
keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikda antegrad va retrograd kaminvaziv jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazish imkoniyatlari va davolashning ikkinchi bosqichi sifatida ochiq tashrixlarning maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikni bartaraf etishning kaminvaziv usullarini qo‘llash xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagi ilmiy ma’lumotlar joriy etildi:
birinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlik sindromi yallig‘lanish asoratlarining yuqori chastotasi fonida xoledoxolitiaz va jigardan tashqari o‘smalar bilan assotsiatsiyalangan distal obstruksiya bilan o‘rta og‘irlik darajasining ustunligi bilan tavsiflanishi aniqlanganligi - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filialida (28.11.2024 yildagi 288-sonli buyruq) va Farg‘ona viloyat Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi (27.11.2024 yildagi 8431-11-163-TV-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/68-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanish asoratlari (xolangit, sepsis, biliar pankreatit) chastotasini pasaytirish; o‘t yo‘llarining distal obstruksiyasini tashxislash aniqligini oshirish, bu esa davolashni erta boshlashga yordam berdi; asoratlar xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash orqali kasallikning og‘ir shakllarini rivojlanish xavfini kamaytirish; reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish va rekonstruktiv aralashuvlar imkoniyatini tezlashtirish, shu bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Iqtisodiy samaradorlik: kam invaziv muolajalar soni va xarakterini taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, asosiy guruh, ayniqsa EPST va ERXPG, TJOX va TJOXSga nisbatan kam invaziv muolajalarni bajarish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon qildi. Bu guruhlar o‘rtasidagi aralashuvlar chastotasidagi sezilarli farqlarni aks ettiradi. Statistik tahlil (χ2=9,8, r=0,002) birlamchi bemorlarda muolajalar soni va xususiyati bo‘yicha sezilarli farqni tasdiqlaydi. Taqqoslash guruhida eng ko‘p muolajalar EPST va ERXPG kombinatsiyasiga to‘g‘ri keldi (63,8%, 60 bemor), bunda 51,1% bemorlar birlamchi kichik guruhda (48 kishi) bo‘lgan. Asosiy guruhda ham ushbu muolaja eng keng tarqalgan bo‘lib, u sezilarli darajada ko‘proq bemorlarni qamrab oldi - 192 kishi (74,7%), ulardan 168 nafari (65,4%) birlamchi bemorlardir. Taqqoslash guruhida endoskopik stentlash 28 bemorda (29,8%) amalga oshirildi, ulardan 16 nafari (17%) birlamchi bemorlardir. Asosiy guruhda esa 27 nafar bemor (10,5%), ulardan 18 nafari (7%) birlamchi. Taqqoslash guruhida TJOX+TJOXS 4 nafar bemorda (4,3%), asosiy guruhda esa 35 nafar bemorda (13,6%) bajarilgan, ulardan 31 nafari (12,1%) birlamchi. Taklif etilgan usulni qo‘llash kam invaziv muolajalar chastotasini oshirish orqali davolash, kasalxonaga yotqizish va asoratlarni oldini olish xarajatlarini qisqartirishga imkon berdi. Bu esa ochiq operatsiyalar chastotasini kamaytirishga va bemorlarni davolash sifatini yaxshilashga olib keldi. Kasalxonada yotishning o‘rtacha davomiyligini 3 kunga qisqartirish natijasida, iqtisodiy tejamkorlik: 365000 so‘m × 3 kun × 14 bemor = 15330000 so‘mni tashkil etadi. Takroriy davolanishni talab qiladigan asoratlar chastotasini 30% ga kamaytirish natijasida esa iqtisodiy tejamkorlik: 4500000 so‘m × 4 bemor = 18000000 so‘mga teng bo‘ladi. Qo‘shimcha diagnostik tadqiqotlar (MRT, KT, laboratoriya testlari) xarajatlarini kamaytirish hisobidan esa iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi: 350000 so‘m × 14 bemor = 4900000 so‘mni tasheil etadi. Natijada o‘rtacha 14 nafar bemorda umumiy tejamkorlik: 15330000 + 18000000 + 4900000 = 39130000 so‘mga teng bo‘ladi. Yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi esa: bemorlarning o‘rtacha soni yiliga 28 kishi bo‘lganda: 39130000 × 28 / 14 = 78260000 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: keksa yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikni tashxislash va davolashning taklif etilgan usulini qo‘llash yallig‘lanish asoratlari chastotasini kamaytirish, kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartirish va sog‘liqni saqlash tizimiga yuklamani kamaytirish imkonini berdi. Yillik iqtisodiy tejamkorlik 78260000 so‘mni tashkil etdi, shundan: byudjet mablag‘lari - 62608000 so‘m, 15652000 so‘m - byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
ikkinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikni bartaraf etishning kam invaziv usullari qo‘llanilgandan keyin asoratlarning o‘ziga xos prediktorlari va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanganligi - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filialida (28.11.2024 yildagi 288-sonli buyruq) va Farg‘ona viloyat Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi (27.11.2024 yildagi 8431-11-163-TV-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/68-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: xavf omillarini yanada aniqroq baholash va davolashning individuallashtirilgan taktikasi tufayli asoratlar chastotasini 42,6% dan 13,2% gacha (χ2=33,8, r<0,001) kamaytirish; asoratlarga moyillikni aniqlash aniqligini oshirish, bu esa erta aralashuv va og‘ir oqibatlarning oldini olishga yordam beradi; takroriy kasalxonaga yotqizish va jarrohlik aralashuvlari zaruriyatini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini oshirish. Iqtisodiy samaradorlik: optimallashtirilgan yondashuv asoratlarni davolash, kasalxonaga yotqizish va takroriy operatsiyalar xarajatlarini qisqartirishga imkon beriishi natijasida: kasalxonada qolishning o‘rtacha davomiyligini 6 kunga qisqartirish hisobiga kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamayishiga erishildi. Bir kunlik yotish narxi - 365000 so‘m bo‘lsa iqtisodiy tejamkorlik: 365000 × 6 × 120 bemor uchun = 262800000 so‘mni tashkil etadi. Bitta operatsiyaning o‘rtacha qiymati - 2500000 so‘m. Mazkur amaliyot natijasida 25 nafar bemorda takroriy operatsiyalarning oldi olindi. Natijada iqtisodiy tejamkorlik: 2500000 × 25 = 62500000 so‘mni tashkil etdi. Asoratlarni davolashning o‘rtacha narxi - 3000000 so‘m. 40 nafar bemorda ularning rivojlanishini oldini olishga erishildi. Bunda tejamkorlik: 3000000 × 40 = 120000000 so‘m. Umumiy tejamkorlik esa: 262800000 + 62500000 + 120000000 = 445300000 so‘mga teng bo‘ldi. Yillik iqtisodiy tejamkorlik (yillik o‘rtacha bemorlar soni 180 nafar bo‘lganda): 445300000 × (180 / 120) = 667950000 ñ¢ìni tashkil etadi. Xulosa: keksa yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikda kaminvaziv aralashuvlardan keyingi asoratlar xavfi prediktorlarini optimallashtirish asoratlar chastotasini 3 barobardan ko‘proq kamaytirish va takroriy operatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish imkonini berdi. Umumiy iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 120 nafar bemorda 445300000 so‘mni, yillik amaliyot miqyosida esa 667950000 so‘mni tashkil etdi, shundan: 534360000 so‘m byudjet mablag‘lari, 133590000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
uchinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikning klinik-patogenetik xususiyatlari, yosh o‘zgarishlari va yondosh patologiyaning kasallik kechishiga ta’sirini hisobga olgan holda jarrohlik va kam invaziv davolash usullarining samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlanganligi - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filialida (28.11.2024 yildagi 288-sonli buyruq) va Farg‘ona viloyat Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi (27.11.2024 yildagi 8431-11-163-TV-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/68-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: aniqlangan klinik va patogenetik xususiyatlar asosida kasallik kechishini bashorat qilish aniqligini oshirish; jarrohlik yoki kam invaziv taktikani individual tanlash orqali operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish; xavf omillarini erta aniqlash orqali bemorlarni uzoq muddatli kasalxonaga yotqizish va nogiron bo‘lish xavfini kamaytirish; residivlar chastotasini kamaytirish va reabilitatsiya jarayonlarini yaxshilash orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: yangi yondashuvni qo‘llash asoratlarni davolash, kasalxonaga yotqizish va diagnostik tadqiqotlar uchun xarajatlarni kamaytirishga imkon berdi. Natijada kasalxonaga yotqizishning o‘rtacha davomiyligi 5 kunga qisqarishi hisobidan tejamkorlik: 400000 so‘m × 5 kun × 20 bemor = 40000000 so‘mni tashkil etadi. Mazkur yondashuvlarni joriy etish takroriy davolanishni talab qiladigan asoratlar chastotasini kamaytirish (30% ga kamaytirish)ga olib keldi. Bunda o‘rtacha tejamkorlik: 5000000 so‘m × 6 nafar bemor uchun = 3000000 so‘mni tashkil etadi. Shuningdek laboratoriya tadqiqotlari uchun xarajatlarni ham kamayishga erishildi (bitta umumiy tahlil o‘rtacha narxi - 400000 so‘m, bir bemorga o‘rtacha tadqiqotlar soni – 3 ta tashkil etadi). Buning natijasida iqtisodiy tejamkorlik: 400000 so‘m × 3 × 20 bemor = 24000000 so‘mni tashkil etdi. Umumiy jami iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi: 40000000 + 30000000 + 24000000 = 94000000 so‘mga teng bo‘ldi. Yillik iqtisodiy tejamkorlik (yillik o‘rtacha bemorlar soni 80 nafar bo‘lganda): 94000000 × (80 / 20) = 376000000 so‘m. Xulosa: mexanik sariqlikni davolashning optimallashtirilgan algoritmi asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirish, kasalxonaga yotqizish xarajatlarini kamaytirish va bemorlarning reabilitatsiyasini tezlashtirish imkonini berdi. Umumiy iqitisodiy tejash ko‘rsatgichi - 20 nafar bemor uchun 94000000 so‘m, bir yilda 376000000 so‘m, shundan: 282000000 so‘m - byudjet mablag‘lari, 94000000 so‘m - byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: keksa va qari yoshdagi bemorlarda mexanik sariqlikda antegrad va retrograd kaminvaziv jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazish imkoniyatlari va davolashning ikkinchi bosqichi sifatida ochiq tashrixlarning maqsadga muvofiqligi aniqlanganligi - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyat filialida (28.11.2024 yildagi 288-sonli buyruq) va Farg‘ona viloyat Farg‘ona tumani tibbiyot birlashmasi (27.11.2024 yildagi 8431-11-163-TV-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/68-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: davolash usulini optimal tanlash orqali operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish; kam invaziv aralashuvlar samaradorligini oshirish, ulardan maksimal foydalanishni ta’minlash va ochiq operatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish; gospitalizatsiya va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish; takroriy aralashuvlar xavfini minimallashtirish va tiklanish jarayonini tezlashtirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorlik: mexanik sariqlik sindromi (MS) bilan og‘rigan keksa va qari yoshdagi bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tahlili shuni ko‘rsatdiki, aksariyat hollarda (43,6%) kasallik o‘rta og‘irlikda (Galperin bo‘yicha “V” sinfi), xoledoxolitiaz (55,3%) va jigardan tashqari hosilalar (34,1%) tufayli yuzaga kelgan distal obstruksiya (91,6%) ustunlik qiladi. MSning eng ko‘p uchraydigan asorati xolangit (54,2%) hisoblanadi. Tadqiqotning tahlil qilingan davrida MS bilan og‘rigan keksa va qari yoshdagi birlamchi bemorlarda tashxisning ishonchlilik darajasi 72,3% dan 88,2% gacha (r<0,001), kam invaziv aralashuvlarni qo‘llash chastotasining 70,2% dan 85,6% gacha (χ2=9,8; r=0,002) oshishi va kasalxonaga yotqizish davomiyligining taqqoslash guruhida 15,6±2,3 kundan asosiy guruhda 8,6±1,9 kungacha (r<0,05) qisqarishi qayd etildi. Yangi davolash algoritmlarini qo‘llash MS bilan og‘rigan keksa yoshdagi bemorlarni davolash uchun iqtisodiy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon berdi. Natijada: shifoxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligini 6 kunga qisqartirish 7 nafar bemorda 16800000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ochiq jarrohlik amaliyotlari chastotasining 40% ga pasayishi, bu esa iqtisodiy qimmat jarrohlik aralashuvlar sonini kamaytirdi va 7 nafar bemorda 24000000 so‘m tejashni ta’minlaydi. Iqtisoiy yuqori qiymatli davolanishni talab qiladigan asoratlar chastotasini kamaytirish 7 nafar bemor uchun xarajatlarni - 15000000 so‘mga qisqartirish imkonini berdi. Natijada o‘rtacha 7 nafar bemorda umumiy iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 53200000 so‘mni tashkil etdi (yiliga). Xulosa: mazkur taklif etilayotgan usullarni joriy etish natijasida yillik iqtisodiy tejamkorlik 106 400000 so‘mni tashkil etdi (14 ta bemor uchun), shundan: byudjet mablag‘lari - 79800000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lar - 26600000 so‘mni tashkil etadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish