Isokulov Tulkin Uralovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jarrohlik reablitatsiyasini optimallashtirish va ichak stomasi bo‘lgan bemorlarning hayot sifati», 21.02.23 – Harbiy tibbiyot; 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Har12.
Ilmiy maslahatchilar: Navruzov Sarimbek Navruzovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Alisher Umirzokovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Harbiy tibbiyot akademiyasi va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Baymaxanov Bolatbek Bimendievich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi); Akbarov Mirshavkat Mirolimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichak stomasi bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan keyingi erta va kechki asoratlarni oldini olish hamda korreksiyalashga qaratilgan kompleks reabilitatsiya dasturini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ichak stomasi bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan keyingi tizimli va mahalliy asoratlarini oldini olish va davolashga kompleks yondashuvning o‘zaro bog‘liq tamoyillarini optimallashtirishga va rekonstruktiv bosqichni o‘tkazish imkoniyatini qisqartirishga qaratilgan reabilitatsiya qilish usuli takomillashtirilgan;
ichak stomasini neytral analit bilan davolash terining fiziologik pH muhitini saqlashga yordam berishi, matseratsiya va yallig‘lanish havfini kamaytirishi, peristomal sohasida patogen floraning to‘planishiga to‘sqinlik qilishi va to‘qimalarning regeneratsiyasi uchun sharoitlarni yaxshilashi aniqlangan;
og‘ir tizimli yallig‘lanish sindromi bo‘lgan stomali bemorlarda qon tomir ichiga lazer bilan nurlantirish antioksidant mexanizmlarni faollashtirishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasini pasaytirishi va bu tizimli yallig‘lanishning pasayishiga, mikrotsirkulyasiya va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinganligini yaxshilashga yordam berishi hamda to‘qimalarning bitish jarayonlarini tezlashtirishi isbotlangan;
stoma maydonini lazer bilan nurlantirish mikrotsirkulyasiya va hujayralar proliferatsiyasini faollashtirib, epitelizatsiya jarayonlarining tezlashishini rag‘batlantiradi va antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shuningdek yallig‘lanish mediatorlarini faolligini kamaytirish orqali og‘riqni kamaytirishi aniqlangan;
probiotiklardan foydalanish normal ichak mikrobiotini tiklashga yordam berishi, disbioz va patogen bakteriyalarning translokatsiyasini oldini olishi, shilliq qavatning immunitetini oshirishi, tizimli yallig‘lanish reaksiyalari xavfini kamaytirishi, ichak motorikasini normallashtirishi, ichak stomasi bo‘lgan bemorlarda ich qotishi va diareya havfini kamaytirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichak stomalari bo‘lgan bemorlarning jarrohlik reabilitatsiyasini optimallashtirish va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ichak stomasi bilan og‘rigan bemorlarni operatsiyadan keyingi tizimli va mahalliy asoratlarini oldini olish va davolashga kompleks yondashuvning o‘zaro bog‘liq tamoyillarini optimallashtirishga va rekonstruktiv bosqichni o‘tkazish imkoniyatini qisqartirishga qaratilgan reabilitatsiya qilish usuli takomillashtirilganligi - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (30.09.2024 yildagi 90-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati Markaziy harbiy gospitali (13.09.2024 yildagi 174-sonli buyruq) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.09.2024 yildagi 67-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ichak stomasi bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilishning takomillashtirilgan usulini joriy etish quyidagi imkoniyatlarni beradi: bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilagan holda operatsiyadan keyingi asoratlar (infeksiya, yallig‘lanish, stoma sohasining nekrozi) xavfini kamaytirish; og‘ir asoratlar chastotasini kamaytirish va ijtimoiy moslashuvni oshirish orqali nogironlikning oldini olish; rekonstruktiv-tiklash bosqichini o‘tkazish va bemorlarni faol hayot tarziga qaytarish imkoniyatini tezlashtirgan holda reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu usulni qo‘llash shifoxonaga yotqizish, takroriy operatsiyalar va qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari xarajatlarini kamaytiradi. Taklif etilgan usul qo‘llanilganda shifoxonada yotish davomiyligi 2-3 kunga qisqaradi. Yangi metodika bo‘yicha davolangan 80 nafar bemorda asoratlarning oldi olindi. Iqtisodiy tejamkorlik: 200000 so‘m × 2,5 kun × 80 bemor = 40000000 so‘m. Bitta takroriy amaliyotning o‘rtacha narxi 1000000  so‘mni tashkil etadi. 15 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1000000 so‘m × 15 bemor = 15000000 so‘m. Bitta tahlilning narxi 125000 so‘mni tashkil etadi. Bir bemorga o‘rtacha tekshirishlar soni - 2. Tejamkorlik: 125000 so‘m × 2 × 80 bemor = 20000000 so‘m. Umumiy iqtisodiy tejamkorlik: 40000000 so‘m + 15000000 so‘m + 20000000 so‘m = 75000000 so‘m. Yillik iqtisodiy tejamkorlik: o‘rtacha yillik bemorlar soni 150 nafar bo‘lganda 75000000 so‘m × (150 / 80) = 140625000 so‘m. Xulosa: ichak stomasi bilan og‘rigan bemorlarni reabilitatsiya qilishning takomillashtirilgan usulini qo‘llash bir yilda 75000000 so‘m (80 nafar bemor) va yillik amaliyot miqyosida 140625000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 112500000 so‘m byudjet mablag‘lari, 28125000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
ikkinchi ilmiy yangilik: ichak stomasini neytral analit bilan davolash terining fiziologik pH muhitini saqlashga yordam berishi, matseratsiya va yallig‘lanish havfini kamaytirishi, peristomal sohasida patogen floraning to‘planishiga to‘sqinlik qilishi va to‘qimalarning regeneratsiyasi uchun sharoitlarni yaxshilashi aniqlanganligi - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (30.09.2024 yildagi 90-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati Markaziy harbiy gospitali (13.09.2024 yildagi 174-sonli buyruq) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.09.2024 yildagi 67-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ichak stoma sohasini davolash uchun neytral analitni qo‘llash: matseratsiya va yallig‘lanishning oldini olgan holda terining fiziologik pH ni ushlab turish; infeksion asoratlar xavfini kamaytirgan holda patogen flora to‘planishini kamaytirish; bitish jarayonini tezlashtirgan holda to‘qimalar regeneratsiyasi uchun qulay sharoit yaratish; bemorlarning umumiy holatini yaxshilagan holda noqulaylik va og‘riq sindromini minimallashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu usulni qo‘llash kasalxonaga yotqizish, takroriy operatsiyalar va antiseptik ishlov berish xarajatlarini kamaytiradi. Taklif etilgan usul qo‘llanilganda shifoxonada bo‘lish davomiyligi 3 kunga qisqaradi. Yangi metodika bo‘yicha davolangan 25 nafar bemordan qo‘shimcha shifoxonaga yotqizish kunlarini chetlab o‘tishga erishildi. Tejamkorlik: 350000 so‘m × 3 kun × 25 bemor = 26250000 so‘m. Bitta takroriy amaliyotning o‘rtacha narxi 2100000 so‘mni tashkil etadi. 8 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 2100000 so‘m × 8 nafar bemor = 16800000 so‘m. Bitta antiseptik ishlov berish muolajasining narxi 950000 so‘mni tashkil qiladi. 15 nafar bemorda qo‘shimcha muolajalarning oldini olishga muvaffaq bo‘lindi. Tejamkorlik: 950000 so‘m × 15 bemor = 14250000 so‘m. Umumiy tejamkorlik: 26250000 so‘m + 16800000 so‘m + 14250000 so‘m = 57300000 so‘m. Yillik iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi: o‘rtacha yillik bemorlar soni 100 kishi bo‘lganda 57300000 so‘m × (100/25) = 229200000 so‘m. Xulosa: ichak stoma sohasini davolash uchun neytral analitni qo‘llash bir yilda 57300000 so‘m (25 nafar bemor) va yillik amaliyot miqyosida 229200000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 183360000 so‘m byudjet mablag‘lari, 45840000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
uchinchi ilmiy yangilik: og‘ir tizimli yallig‘lanish sindromi bo‘lgan stomali bemorlarda qon tomir ichiga lazer bilan nurlantirish antioksidant mexanizmlarni faollashtirishi va yallig‘lanishga qarshi sitokinlar darajasini pasaytirishi va bu tizimli yallig‘lanishning pasayishiga, mikrotsirkulyasiya va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinganligini yaxshilashga yordam berishi hamda to‘qimalarning bitish jarayonlarini tezlashtirishi isbotlanganligi - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (30.09.2024 yildagi 90-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati Markaziy harbiy gospitali (13.09.2024 yildagi 174-sonli buyruq) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.09.2024 yildagi 67-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: og‘ir tizimli yallig‘lanish sindromi bo‘lgan stoma qilingan bemorlarda qonning tomir ichi lazer nurlantirish usulini joriy etish quyidagi imkoniyatlarni beradi: antioksidant mexanizmlarni faollashtirish orqali yallig‘lanish oldi sitokinlari darajasini pasaytirish va tizimli yallig‘lanishni kamaytirish; mikrotsirkulyasiya va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinishini yaxshilash, shikastlangan to‘qimalar regeneratsiyasini tezlashtirish va tez bitishga yordam berish; og‘ir infeksion asoratlar rivojlanish xavfini kamaytirish, reanimatsiya bo‘limida uzoq vaqt qolish ehtiyojini pasaytirish; bemorlarning hayot sifatini oshirish, kasalxonada yotish muddatini qisqartirish va intensiv terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu usulni qo‘llash kasalxonaga yotqizish, takroriy operatsiyalar va qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvlari xarajatlarini kamaytiradi. Stoma noto‘g‘ri tanlanganida va asoratlar yuzaga kelganda, kasalxonada yotish muddati 3-5 kunga uzayadi. Yangi usul bo‘yicha davolangan 65 nafar bemorda asoratlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 300000 so‘m × 4 kun × 65 bemor = 78000000 so‘m. Bitta takroriy operatsiyaning o‘rtacha qiymati 1000000 so‘mni tashkil etadi. 15 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1000000 so‘m × 15 bemor = 15000000 so‘m. Bir tahlil narxi 125000 so‘m. Har bir bemorga o‘rtacha 2 ta tekshiruv o‘tkaziladi. Tejamkorlik: 125000 so‘m × 2 × 65 bemor = 16250000 so‘m. Umumiy tejamkorlik: 78000000 so‘m + 15000000 so‘m + 16250000 so‘m = 109250000 so‘m. Yillik iqtisodiy tejamkorlik: o‘rtacha yillik bemorlar soni 120 kishi bo‘lganda 109250000 so‘m × (120/65) = 201000000 so‘m. Xulosa: og‘ir tizimli yallig‘lanish sindromi bilan stoma qilingan bemorlarda qon tomir ichi lazer nurlantirish usulini qo‘llash bir yilda 109250000 so‘m (65 nafar bemor) va yillik amaliyot miqyosida 201000000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 160800000 so‘m byudjet mablag‘lari, 40200000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: stoma maydonini lazer bilan nurlantirish mikrotsirkulyasiya va hujayralar proliferatsiyasini faollashtirib, epitelizatsiya jarayonlarining tezlashishini rag‘batlantiradi va antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shuningdek yallig‘lanish mediatorlarini faolligini kamaytirish orqali og‘riqni kamaytirishi aniqlanganligi - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (30.09.2024 yildagi 90-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati Markaziy harbiy gospitali (13.09.2024 yildagi 174-sonli buyruq) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.09.2024 yildagi 67-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: stoma sohasini lazerli nurlantirishni joriy etish quyidagilarga imkon beradi: mikrotsirkulyasiya va hujayra proliferatsiyasini faollashtiradi, bu to‘qimalarning tezroq bitishiga yordam beradi; yuqumli asoratlar xavfini kamaytirgan holda sezilarli antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirni ta’minlaydi; og‘riq sindromini kamaytiradi, og‘riq qoldiruvchi vositalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi va bemorlarning umumiy ahvolini yaxshilaydi; asoratlar chastotasini kamaytiradi, bu esa bemorlarga intensiv davolanishga tezroq moslashish va davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu usulni qo‘llash reanimatsiyada bo‘lish, takroriy operatsiyalar va qo‘shimcha dori-darmonlarni buyurish xarajatlarini kamaytiradi. Taklif etilgan usul qo‘llanilganda intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish davomiyligi 2 kunga qisqaradi. Yangi metodika bo‘yicha davolangan 90 nafar bemorning reanimatsiyada uzoq muddat qolishining oldi olindi. Tejamkorlik: 450000 so‘m × 2 kun × 90 bemor = 81000000 so‘m. Bitta takroriy amaliyotning o‘rtacha narxi 1800000 so‘mni tashkil etadi. 16 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1800000 so‘m × 16 bemor = 28800000 so‘m. Dori-darmonlar bilan davolashning bitta sxemasi 950000 so‘mni tashkil qiladi. 50 nafar bemorda qo‘shimcha dori-darmonlardan qochishga muvaffaq bo‘lindi. Tejamkorlik: 950000 so‘m × 50 nafar bemor = 47500000 so‘m. Umumiy iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi: 81000000 so‘m + 28800000 so‘m + 47500000 so‘m = 157300000 so‘m. Yillik tejamkorlik: o‘rtacha yillik bemorlar soni 170 nafar 157300000 so‘m × (170/90) = 297122222 so‘m. Xulosa: stoma sohasini lazerli nurlantirishdan foydalanish bir yilda 157300000 so‘m (90 nafar bemor) va yillik amaliyot miqyosida 297122222 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 237697777 so‘m byudjet mablag‘lari, 5942444 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir;
beshinchi ilmiy yangilik: probiotiklardan foydalanish normal ichak mikrobiotini tiklashga yordam berishi, disbioz va patogen bakteriyalarning translokatsiyasini oldini olishi, shilliq qavatning immunitetini oshirishi, tizimli yallig‘lanish reaksiyalari xavfini kamaytirishi, ichak motorikasini normallashtirishi, ichak stomasi bo‘lgan bemorlarda ich qotishi va diareya havfini kamaytirishi aniqlanganligi - Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (30.09.2024 yildagi 90-sonli buyruq), O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati Markaziy harbiy gospitali (13.09.2024 yildagi 174-sonli buyruq) va Navoiy viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (16.09.2024 yildagi 67-sonli buyruq) amaliyotiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/69-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: ichak stomasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning takomillashtirilgan strategiyasini joriy etish quyidagilarga imkon beradi: bemorlar va sog‘liqni saqlash tizimiga yuklamani kamaytirgan holda takroriy jarrohlik aralashuvlar xavfini kamaytirish; antibiotikoterapiyaga bo‘lgan ehtiyojni minimallashtirish, antibiotiklarga rezistentlik xavfini kamaytirish; ichak mikroflorasini korreksiyalash, bemorlarning umumiy holatini yaxshilash; kasalxonaga yotqizish muddatlarini qisqartirish, bemorlarga kundalik hayotga tezroq tiklanish va qaytishga imkon berish. Iqtisodiy samaradorlik: ushbu usulni qo‘llash shifoxonaga yotqizish, takroriy jarrohlik aralashuvlari va antibiotikoterapiya xarajatlarini kamaytiradi. Taklif etilgan usul qo‘llanilganda shifoxonada bo‘lish davomiyligi 4 kunga qisqaradi. Yangi metodika bo‘yicha davolangan 100 nafar bemordan qo‘shimcha shifoxonada qolish kunlarining oldi olindi. Tejamkorlik: 310000 so‘m × 4 kun × 100 nafar bemor = 124000000 so‘m. Bitta takroriy operatsiyaning o‘rtacha qiymati 1850000 so‘mni tashkil etadi. 20 nafar bemorda takroriy aralashuvlarning oldi olindi. Tejamkorlik: 1850000 so‘m × 20 nafar bemor = 37000000 so‘m. Antibiotik terapiyasi uchun xarajatlarni kamaytirish: antibiotik kursi narxi 920000 so‘mni tashkil qiladi. 60 nafar bemorda qo‘shimcha antibiotiklar tayinlanishining oldi olindi. Tejamkorlik: 920000 so‘m × 60 nafar bemor = 55200000 so‘m. Umumiy tejamkorlik: 124000000 so‘m + 37000000 so‘m + 55200000 so‘m = 216200000 so‘m. Yillik tejamkorlik: o‘rtacha yillik bemorlar soni 190 kishi 216200000 so‘m × (190/100) = 410780000 so‘m. Xulosa: ichak stomasi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning takomillashtirilgan strategiyasini qo‘llash bir yilda 216200000 so‘m (100 nafar bemor) va yillik amaliyot miqyosida 410780000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi, shundan: 328624000 so‘m byudjet mablag‘lari, 82156000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar hisoblanadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish