Azimova Saodat Narimanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliorgan etishmovchiligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarni tashxislash va intensiv davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët.    
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1802.
Ilmiy rahbar: Sharipova Visolatxon Hamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor/
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi aksiyadorlik jamiyati (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: intensiv davo rejimlarini takomillashtirish va immunitet reabilitatsiyasining samarali usullarini ishlab chiqish asosida poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir zotiljamga chalingan bolalarni kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shifoxonadan tashqari bakterial pnevmoniyaning og‘ir kechishiga olib keluvchi asosiy xavf omillaridan biri, immun tanqisligi shuningdek, o‘tkir zotiljam fonida poliorgan etishmovchiligi rivojlanishida erta yoshdagi bolalarda immunitet tizimining hujayraviy va gumoral bo‘g‘inlaridagi buzilishlarda o‘rni va ahamiyati isbotlangan;
poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir zotiljam bilan kasallangan bolalarda hujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini (T-limfotsitlar, V-limfotsitlar, CD4, CD8, SD16, CD25, CD95) prediktorlik hususiyati va o‘tkazilayotgan intensiv va immunitet reabilitatsiyasining davolash samaradorligini ob’ektiv baholashda immunogrammalarning qiymati isbotlangan;
poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir zotiljam bilan og‘rigan erta yoshdagi bolalarda chuqur ikkilamchi immunitet tanqisligining ham hujayraviy, ham gumoral bo‘g‘inining faol supressiyasining barcha tarkibiy qismlarining kuchayishi, neytrofillarning fagotsitar faolligining pasayishi, IgA va IgM faolligining pasayishi fonida IgG ishlab chiqarilishining susayishi isbotlangan;
poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir zotiljamga chalingan erta yoshdagi bolalarda parenteral  immunoglobulin T-hujayralarning “xelper” va sitotoksik ta’sirini kuchaytirishi, NK-hujayralar va neytrofillarning fagotsitoz faolligini  ishonchli ravishda faollashtirishi, CD95-limfotsitlar va CD25-antigenlarning apoptotik faolligini sezilarli darajada kamaytirishi hisobiga immunitet hamda IgG, IgA va IgM tanqisligini havfsiz davolashda samarasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 13 noyabrdagi 8/64 -sonli majlis bayonnomasi asosida berilgan hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ekspert kengashining 2023 yil 24 avgustdagi 4-sonli xulosasiga ko‘ra, ilmiy-tadqiqot ishi natijalarini amaliyotga joriy etish to‘g‘risidagi xulosaga muvofiq:
birinchi ilmiy yangilik: shifoxonadan tashqari bakterial pnevmoniyaning og‘ir kechishiga olib keluvchi asosiy xavf omillaridan biri, immun tanqisligi shuningdek, o‘tkir zotiljam fonida poliorgan etishmovchiligi rivojlanishida erta yoshdagi bolalarda immunitet tizimining hujayraviy va gumoral bo‘g‘inlaridagi buzilishlarda o‘rni va ahamiyati isbotlangan. Olingan natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 25 oktyabrdagi 212/14-sonli buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 28 oktyabrdagi 131/1-sonli buyrug‘i) faoliyatida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: aniqlangan og‘irlashtiruvchi omillar erta yoshdagi bolalarda shifoxonadan tashqari bakterial zotiljamning kechishini prognoz qilish va POE rivojlanishini asoslash imkonini berdi. Shuningdek, ular immun tizimining hujayra va gumoral bo‘g‘inlari etishmovchiligini kasallikning dastlabki bosqichlarida aniqlash imkoniyatini yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan shifoxonadan tashqari bakterial zotiljam bilan kasallangan erta yoshdagi bolalarda immun tanqisligi darajasi va dinamikasini aniqlash maqsadli immuntuzatuvchi davoni erta boshlash imkonini berdi. Bu esa davolash natijalarini yaxshilashga yordam beradi, xususan reanimatsiya bo‘limida davolanish muddatini 25% ga qisqartirdi va reanimatsiya bo‘limidagi umumiy davolanish xarajatlarini kamaytirdi. Xulosa: Reanimatsiya bo‘limida ushbu toifadagi bemorlarni davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha mablag‘ 2000000 so‘mni tashkil etdi. Reanimatsiya bo‘limida qolish muddatini 11 kundan 8 kungacha qisqartirish har bir bemor uchun 6000000 so‘m tejash imkonini berdi (tadqiqot doirasida 510000000 so‘m, n=85).
ikkinchi ilmiy yangilik: poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir zotiljam bilan kasallangan bolalarda hujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini (T-limfotsitlar, V-limfotsitlar, CD4, CD8, SD16, CD25, CD95) prediktorlik hususiyati va o‘tkazilayotgan intensiv va immunitet reabilitatsiyasining davolash samaradorligini ob’ektiv baholashda immunogrammalarning qiymati isbotlangan. Olingan natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 25 oktyabrdagi 212/14-sonli buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 28 oktyabrdagi 131/1-sonli buyrug‘i) faoliyatida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: erta yoshdagi bolalarda aniqlangan POE bilan asoratlangan og‘ir bakterial zotiljamning asosiy nishon a’zolari, ushbu o‘ta og‘ir toifadagi pediatrik bemorlarni intensiv davolash va immunokorreksiyalovchi davolashga tabaqalashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: Tavsiya etilgan tavsiyalar o‘ta og‘ir ahvoldagi bolalarga ko‘rsatiladigan intensiv terapiya samaradorligini oshirdi. Bu esa o‘tkir nafas buzilishining klinik belgilarini 2,7 kun tezroq me’yorlashtirishga, O‘SVda qolish muddatini 25% ga, davolanish xarajatlarini esa 27% ga qisqartirishga imkon berdi. Ushbu toifadagi bemorlarni statsionarda umumiy davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha mablag‘ 4000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Reanimatsiya bo‘limida bo‘lish muddatini 15 kundan 11 kungacha qisqartirish har bir bemor uchun 16000000 so‘m tejashga olib keladi (tadqiqot doirasida 1360000000 so‘m, n=85).
uchinchi ilmiy yangilik: poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir zotiljam bilan og‘rigan erta yoshdagi bolalarda chuqur ikkilamchi immunitet tanqisligining ham hujayraviy, ham gumoral bo‘g‘inining faol supressiyasining barcha tarkibiy qismlarining kuchayishi, neytrofillarning fagotsitar faolligining pasayishi, IgA va IgM faolligining pasayishi fonida IgG ishlab chiqarilishining susayishi isbotlangan. Olingan natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 25 oktyabrdagi 212/14-sonli buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 28 oktyabrdagi 131/1-sonli buyrug‘i) faoliyatida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: immunitet holatini aniqlash standartini amaliyotga joriy etish bolalarda immun tanqisligi holatini kasallikning og‘ir kechishi va oldingi og‘irlashtiruvchi omillarni inobatga olgan holda erta bosqichlarda aniqlash imkonini beradi. Bu esa immun tanqislik holatini o‘z vaqtida tuzatish va septik holat hamda poliorgan etishmovchiligini keltirib chiqaradigan bakterial infeksiyaga nisbatan organizmning javob reaksiyasini kuchaytirish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: Erta yoshdagi bolalarda poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan og‘ir zotiljamni kompleks intensiv davolashda immuntuzatuvchi davoni qo‘llash, davolashning 10-kunida immunogramma, prokalsitonin va laktat ko‘rsatkichlarining me’yorlashuviga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, bakteriologik ekmaga asoslangan maqsadli antibakterial davo xarajatlarini 38% ga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: Maqsadli bakteriologik ekma va prokalsitonin nazoratisiz davolangan ushbu toifadagi bemorlarda butun davolanish davri uchun antibakterial davoning o‘rtacha xarajati 1980000 so‘mni tashkil etdi. Yuqorida taklif etilgan usulni qo‘llash har bir bemor uchun 752400 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi (tadqiqot doirasida 63954000 so‘m, n=85).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: poliorgan etishmovchiligi bilan asoratlangan o‘tkir zotiljamga chalingan erta yoshdagi bolalarda parenteral  immunoglobulin T-hujayralarning “xelper” va sitotoksik ta’sirini kuchaytirishi, NK-hujayralar va neytrofillarning fagotsitoz faolligini  ishonchli ravishda faollashtirishi, CD95-limfotsitlar va CD25-antigenlarning apoptotik faolligini sezilarli darajada kamaytirishi hisobiga immunitet hamda IgG, IgA va IgM tanqisligini havfsiz davolashda samarasi isbotlangan. Ushbu preparat T-hujayralarning xelper va sitotoksik faolligini kuchaytirishi, NK-hujayralar va neytrofillarning fagotsitar faolligini ishonchli tarzda oshirishi, CD95-limfotsitlar va CD25-antigenlarning apoptotik (yallig‘lanishga olib keluvchi) faolligini sezilarli darajada pasaytirishi hamda gG, IgA va IgM tanqisligini samarali davolash darajasigacha to‘ldirishi aniqlangan. Olingan natijalar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 25 oktyabrdagi 212/14-sonli buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax viloyati filiali (filial direktorining 2023 yil 28 oktyabrdagi 131/1-sonli buyrug‘i) faoliyatida qo‘llanilmoqda. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir zotiljamning og‘ir shakllarining patogenezidagi yangi jihatlarni ochib berish, immun tizimi buzilishlarining xususiyatlarini batafsil o‘rganish va erta yoshdagi bolalarda ushbu patologiyada immunoreabilitatsion davoga tubdan yangi yondashuvni ishlab chiqishdan iborat. Bu esa POE bilan asoratlangan o‘tkir zotiljamli bolalarga ko‘rsatiladigan yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan yordamning sifatini oshirish, kasallikning destruktiv asoratlarini statistik jihatdan sezilarli darajada kamaytirish, kasalxonada davolanish muddati va o‘lim ko‘rsatkichlarini qisqartirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: POE bilan asoratlangan o‘tkir zotiljamga chalingan bolalarda taklif etilayotgan immun o‘rnini bosuvchi davolash usulini intensiv davo bilan birgalikda qo‘llash, an’anaviy davolash usullariga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: klinik belgilarning namoyon bo‘lish darajasini 2,7 kun oldin me’yorlashtiradi, o‘tkir nafas etishmovchiligini erta bartaraf etadi, O‘SV muddatini 25% ga, reanimatsiya bo‘limida davolanish muddatini 25% ga, kasalxonada umumiy davolanish muddatini esa 28% ga qisqartiradi hamda o‘lim ko‘rsatkichini 2 barobar kamaytirdi. Xulosa: Ushbu toifadagi bemorlarni statsionarda umumiy davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha mablag‘ 4000000 so‘mni tashkil etadi. Reanimatsiya bo‘limida bo‘lish muddatini 15 kundan 11 kungacha qisqartirish har bir bemor uchun 16000000 so‘m mablag‘ni tejash imkonini berdi (tadqiqot doirasida 1360000000 so‘m, n=85).
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Poliorgan etishmovchiligi bo‘lgan erta yoshdagi bolalarni tashxislash va intensiv davolash usullarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2024 yil 1 noyabrdagi 01-02/2378-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish