Abdurahmonov Obidjon Nabijon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi Afg‘oniston davlat va jamiyat boshqaruvida pushtunlarning o‘rni”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ss401
Ilmiy rahbar: Bo‘ronov Suhrob Muhammadi o‘g‘li, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar:
Xaydarov Abdusamat Ahadovich, siyosiy fanlari doktori, professor.
Akmalov Shoislom Ikromovich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Afg‘onistonda davlat va jamiyat boshqaruvida pushtunlarning  o‘rni va ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Pushtun jamoalarining Afg‘onistondagi yashash tarzini ifoda etuvchi Melmastiya (mehmondo‘stlik), Nanavati (avf), Mesher (kattalarga hurmat), Nomus, To‘ra, Nang (mardlik), Salveshti (qirq qo‘riqchi) va Tabarvoli kabi yozilmagan qonun-qoidalarning jamiyat boshqaruviga hal qiluvchi ta’siri, ushbu qoidalarning pushtunlar tomonidan oliy siyosiy va ijroiya hokimiyat qarorlari qabul qilinishidagi Asosiy Qonun sifatida talqin etilishi “Pushtunvali” kodeksi va jirga tamoyillaridan kelib chiqib asoslab berilgan;
Afg‘oniston davlatchilik jarayoniga asos solingan uzoq yillik boshqaruvga ko‘ra pushtunlarning eng yirik etnos sifatida shakllanishi, Afg‘oniston xalqlarini pushtun etnik birligi va etnogenezisi qoidalariga binoan boshqarish hamda afg‘on o‘lkasining butun hududida pushtunlarning hukmron mavqeyini saqlash va oshirishga qaratilgan yondashuvlar qadriyatlar assimilyasiyasini ifoda etuvchi “madaniy pushtunizm” konsepsiyasi asosida isbotlangan;
Afg‘oniston davlat va jamiyat boshqaruvining etnik va urug‘-aymoqchilik an’analariga ko‘ra davom etishi ijtimoiy-siyosiy islohotlarni keng vakillikka yo‘naltirilgan inklyuzivlik, o‘zaro ishonch, hurmat va tenglik ruhida amalga oshirishga hamda pushtun sulolalari o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash va ichki ziddiyatlarni qabilaviy konsensus asosida hal qilish zaruriyatiga sabab bo‘layotgani pushtunlarning Popalzoy va Barakzoy sulolalari boshqaruviga ko‘ra asoslab berilgan;  
O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasidagi ahil qo‘shnichilik, millatlararo totuvlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda madaniyatlararo muloqotni kengaytirish, o‘zbek va afg‘on xalqlarining mushtarak merosi, milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini ikki tomonlama ta’lim, fan va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikka tayanib rivojlantirishda do‘stlik jamiyatlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor maqsaddan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda Afg‘on milliy-madaniy markazini tashkil etish zaruriyati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Hozirgi Afg‘oniston davlat va jamiyat boshqaruvida pushtunlarning o‘rni” bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasidagi ahil qo‘shnichilik, millatlararo totuvlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda madaniyatlararo muloqotni kengaytirish, o‘zbek va afg‘on xalqlarining mushtarak merosi, milliy urf-odatlari, an’ana va qadriyatlarini ikki tomonlama ta’lim, fan va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikka tayanib rivojlantirishda do‘stlik jamiyatlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor maqsaddan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda Afg‘on milliy-madaniy markazini tashkil etish zaruriyati bo‘yicha xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan foydalanilgan. (Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 6-iyundagi 18-130/1721-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Afg‘oniston davlat va jamiyat boshqaruvining etnik va urug‘-aymoqchilik an’analariga ko‘ra davom etishi ijtimoiy-siyosiy islohotlarni keng vakillikka yo‘naltirilgan inklyuzivlik, o‘zaro ishonch, hurmat va tenglik ruhida amalga oshirishga hamda pushtun sulolalari o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash va ichki ziddiyatlarni qabilaviy konsensus asosida hal qilish zaruriyatiga sabab bo‘layotgani pushtunlarning Popalzoy va Barakzoy sulolalari boshqaruviga ko‘ra asoslab berilgani bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining turli millatlar madaniyatiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarini tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 27-iyundagi 14-07-1036-sonli dalolatnomasi). Natijada, olingan nazariy xulosalar va ilmiy natijalar jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilgan.
Pushtun jamoalarining Afg‘onistondagi yashash tarzini ifoda etuvchi Melmastiya (mehmondo‘stlik), Nanavati (avf), Mesher (kattalarga hurmat), Nomus, To‘ra, Nang (mardlik), Salveshti (qirq qo‘riqchi) va Tabarvoli kabi yozilmagan qonun-qoidalarning jamiyat boshqaruviga hal qiluvchi ta’siri, ushbu qoidalarning pushtunlar tomonidan oliy siyosiy va ijroiya hokimiyat qarorlari qabul qilinishidagi Asosiy Qonun sifatida talqin etilishi “Pushtunvali” kodeksi va jirga tamoyillaridan kelib chiqib asoslab berilganiga oid xulosalardan O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining “Xalq diplomatiyasi – Markaziy Osiyoda tinchlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashning muhim omili” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ishida foydalanilgan. (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazining 2024-yil 7-iyundagi 270/24-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va xulosalar Markaziy Osiyo, Pokiston va afg‘on xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash, ular bilan manfaatli ilmiy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilgan.
Afg‘oniston davlatchilik jarayoniga asos solingan uzoq yillik boshqaruvga ko‘ra pushtunlarning eng yirik etnos sifatida shakllanishi, Afg‘oniston xalqlarini pushtun etnik birligi va etnogenezisi qoidalariga binoan boshqarish hamda afg‘on o‘lkasining butun hududida pushtunlarning hukmron mavqeini saqlash va oshirishga qaratilgan yondashuvlar qadriyatlar assimilyasiyasini ifoda etuvchi “madaniy pushtunizm” konsepsiyasi asosida isbotlangani to‘g‘risidagi xulosalardan TDShUda bajarilgan IL-5221091507 “Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligining barqaror rivojlanish omillari va istiqbollari (O‘zbekistonning tashabbuslari asosida)” loyihasi doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarini tayyorlashda foydalanilgan. (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2024-yil 28-iyundagi 01-04-08/1443-sonli dalolatnomasi). Natijada, loyiha doirasida nashr etilgan monografiyalarda Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tovchi Afg‘onistondagi etnosiyosiy vaziyatning mintaqalararo hamkorlik istiqbollarini yoritishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish