Yaqubov Matrasul Mavlonberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlarda operatsion auditni tashkil etish va uni takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2024.
Ilmiy rahbar: Abdieva Nargiza Shuxratovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Sharofitdin Umarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda operatsion auditni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga haqqoniy baho berish maqsadida operatsion auditda korporativ boshqaruv samaradorligini baholash mezonlari taklif etilgan;
operatsion auditni tejamkorlik, unumdorlik va natijaviylik mezonlari asosida amalga oshirish taklif etilgan;
ichki auditorlar tomonidan operatsion auditni o‘tkazish algoritmini qo‘llash orqali nazorat riskini 12 % ga pasaytirish asoslangan;
operatsion auditda xodimlar bilan ishlash departamenti faoliyati samaradorligini baholash tartibi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi subektlarda operatsion auditni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga haqqoniy baho berish maqsadida operatsion auditda korporativ boshqaruv samaradorligini baholash mezonlarini kiritish bo‘yicha taklifi “Gross sug‘urta kompaniyasi” AJda ichki audit xizmatining ish rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Gross sug‘urta kompaniyasi” AJning7 fevraldagi 01/180-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyati faoliyatining korporativ boshqaruv qoidalariga muvofiqligini ta’minlashga erishilgan;
operatsion auditni tejamkorlik, unumdorlik va natijaviylik mezonlari asosida amalga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan operatsion auditni o‘tkazishga oid uslubiy qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan  (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2024 yil 11 iyundagi 11/02-1-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida operatsion auditni to‘g‘ri tashkil etish orqali o‘rinli, ishonchli va tezkor ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
ichki auditorlar tomonidan operatsion auditni o‘tkazish algoritmini qo‘llash orqali nazorat riskini 12 % ga pasaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan auditorlik riskini baholashga oid uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 11 iyundagi № 11/02-1 -sonli ma’lumotnomasi). Natijada nazorat riskining pasayishiga va ishonchli auditorlik hisobotining shakllanishiga xizmat qilgan;
operatsion auditda xodimlar bilan ishlash departamenti faoliyati samaradorligini baholash tartibini qo‘llash bo‘yicha taklifi “Gross sug‘urta kompaniyasi” AJ tomonidan “Ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. (“Gross sug‘urta kompaniyasi” AJning 2024 yil 7 fevraldagi 01/180-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatida xodimlar bilan ishlash departamenti faoliyati samaradorligini shaffof va xolis baholashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish