Navro‘zov Ikrom Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishni takomillashtirish yo‘nalishlari ”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2980.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Jasur Imomboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saydaliev Saydimaqsudho‘ja Saydaxmadovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan innovatsion loyihalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobiga moliyalashtirish taklif etilgan;
iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan samarali boshqarish maqsadida xorijiy investorning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yirik investisiya loyihalari doirasida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish xarajatlarini byudjet mablag‘lari hamda boshqa ichki manbalar hisobidan moliyalashtirish taklif qilingan;
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda sanoat-innovatsion transchegaraviy klasterlarni tashkil etish ilmiy asoslangan;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past darajadagi hududlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilishni kengaytirish maqsadida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav fondi miqdorini 200 mln so‘mgacha hamda chet el investisiyalari ulushini 15 foizgacha tushirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etishni takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan innovatsion loyihalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hisobiga moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2024 yil 27 fevraldagi 02-73-90/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishini milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini oshirishda asosiy omillardan biri sifatida e’tirof etish mumkin. Natijada, Respublikamizda tovar va xizmatlar eksporti 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 19,3 foizga oshgan. Bundan tashqari, 2030 yilga qadar asosiy kapitalga kiritiladigan investisiyalar hajmining yillik o‘rtacha o‘sish suratlarini 7 foizga etkazishda xizmat qilgan;
iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan samarali boshqarish maqsadida xorijiy investorning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan yirik investisiya loyihalari doirasida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish xarajatlarini byudjet mablag‘lari hamda boshqa ichki manbalar hisobidan moliyalashtirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2024 yil 27 fevraldagi 02-73-90/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida, ayniqsa qayta ishlash sanoatida samarali investisiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini kengaytirishda ijobiy natijalarni bergan. Buning natijasida kelgusida Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratishda orqali jalb qilinadigan yillik investisiyalar miqdorini 14 milliard AQSh dollariga etkazishda xizmat qilgan;
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilishda sanoat-innovatsion transchegaraviy klasterlarni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2024 yil 27 fevraldagi 02-73-90/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirishda amalga oshirilgan kompleks tadbirlar tarkibida samarali natija berdi. Kelgusida, sanoatda ishlab chiqariladigan texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga etkazishga xizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past darajadagi hududlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiyalar jalb qilishni kengaytirish maqsadida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar ustav fondi miqdorini 200 mln so‘mgacha hamda chet el investisiyalari ulushini 15 foizgacha tushirish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi tomonidan amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, savdo va sanoat vazirligi huzuridagi xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligining 2024 yil 27 fevraldagi 02-73-90/1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi past darajadagi hududlar investisiyaviy jozibadorligini oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, jumladan xizmatlar sohasini va infratuzilma loyihalarini uzoq muddatli barqaror moliyalashtirish, hududlarning global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirishda ijobiy samaraga erishildi. Xususan, chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 2019 yilga nisbatan 2022 yil yakunida 109 foizga oshdi. Mazkur ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26,4 foizni, Xorazm viloyatida 37,8 foizni tashkil etdi. Kelgusida, sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 mlrd. AQSh dollariga etkazish va 2,5 mln. yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish