Batirova Kamolaxon Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida IPOni huquqiy tartibga solish muammolari”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Yu733.
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Said Saidahrorovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Nazarov Yusuf Bozorovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi birlamchi ommaviy taklif (IPO)ning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aksiyadorlik jamiyatlari IPO o‘tkazganligiga qarab, ommaviy va ommaviy bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlariga bo‘linishi asoslantirilgan;
ommaviy aksiyadorlik jamiyatlariga bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy, korporativ boshqaruv bo‘yicha talablar asoslab berilgan;
faqatgina tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida emas, balki rezident jismoniy shaxslarga ham davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga ruxsat berish lozimligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi nomidan Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan chiqariladigan davlat obligatsiya va g‘aznachilik majburiyatlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan holda rezident jismoniy shaxslarga tatbiq etilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
aksiyadorlik jamiyatlar IPO o‘tkazganligiga qarab, ommaviy va ommaviy bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlariga bo‘linishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida” 2019-yil 5-apreldagi F-5464-son farmoyishida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi birinchi qism yangi tahriri loyihasining 76-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FXDYo organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2024 yil 24 oktyabrdagi
24/1-1-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar aksiyadorlik jamiyatlarining birlamchi ommaviy taklif o‘tkazishi, ommaviy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlarini huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
ommaviy aksiyadorlik jamiyatlariga bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy, korporativ boshqaruv bo‘yicha talablar haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisida” 2019-yil 5-apreldagi F-5464-son farmoyishida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi birinchi qism yangi tahriri loyihasining 77-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FXDYo organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 2024 yil 24 oktyabrdagi
24/1-1-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha qonunchilikdagi muammolarni bartafar etishga xizmat qilgan;
faqatgina tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida emas, balki rezident jismoniy shaxslarga ham davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga ruxsat berish lozimligi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1016-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 82-sonli qarori ilovasining 3-qismi v-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resbpulikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining 2023 yil 18 yanvardagi 04/18-01-23-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar qimmatli qog‘ozlar bozorida rezident jismoniy shaxslar tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi nomidan Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan chiqariladigan davlat obligatsiya va g‘aznachilik majburiyatlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan holda rezident jismoniy shaxslarga tadbiq etilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil
14-dekabrdagi 1016-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 82-sonli qarori ilovasining 3-qismi v-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Resbpulikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyatining 2023-yil 18-yanvardagi 04/18-01-23-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirokchilarni kengaytirish va ularning huquqlarini ta’minlashga xizmat qilgan.