Nazirov Ayubxon Sultonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Binolarning temirbeton ustun va g‘isht devor konstruksiyalarini kompozit armatura yordamida kuchaytirib, yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish”, 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4520.
Ilmiy rahbar: Akramov Xusnitdin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, PhD.03/07.06.2024.T.106.06.
Rasmiy opponentlar: Usmanov Valiaxmat Fayzillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yuvmitov Anvar Sayfullaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mavjud binolarning temirbeton ustun hamda g‘isht devorning derazalar orasidagi qismini shisha kompozit armatura bilan kushaytirish yo‘llarini taklif etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shisha kompozit armaturalarning mexanik xossalarini nazariy va eksperimental baholash orqali ularni temirbeton ustun va g‘isht devorning derazalar orasidagi qismini kushaytirishda qo‘llash yuk ko‘tarish imkoniyatlarini oshirishi asoslab berilgan;
markaziy va nomarkaziy siqiluvshi temirbeton ustunlarni kushaytirishda shisha kompozit armaturalarni qo‘llash tashqi statik kushlar ostida beton va armaturalarda paydo bo‘ladigan ishki zo‘riqish kushlarining o‘zgarish qonuniyatiga ko‘ra mustahkamlikni oshirishi aniqlangan;
markaziy va nomarkaziy siqilishga ishlovshi temirbeton ustun va g‘isht devorning derazalar orasidagi qismlarni kushaytirishda shisha kompozit va po‘lat armatura bilan xomutlangan konstruksiyaning qo‘llanilishi natijasida ularning yuk ko‘tarish qobilyatiga ta’siri 1,1 marta kamayganligi asoslab berilgan;
shisha kompozit armaturalarni siqiluvshi temirbeton ustun va g‘isht devorning derazalar orasidagi qismini kushaytirishda qo‘llaganda, konstruksiya mustahkamligi va yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish imkoniyatlari bilan 1,05 martaga ustuvorligi ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Binolarning temirbeton ustun hamda g‘isht devorning derazalar orasidagi qismini shisha kompozit armatura bilan kushaytirishni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shisha kompozit armaturalarning mexanik xossalarini nazariy va eksperimental baholash orqali ularni temirbeton ustun va g‘isht devorning derazalar orasidagi qismini kushaytirishda qo‘llash yuk ko‘tarish imkoniyatlarini oshirishi asoslab berilganligi hamda markaziy va nomarkaziy siqiluvshi temirbeton ustunlarni kushaytirishda shisha kompozit armaturalarni qo‘llash tashqi statik kushlar ostida beton va armaturalarda paydo bo‘ladigan ishki zo‘riqish kushlarining o‘zgarish qonuniyatiga ko‘ra mustahkamlikni oshirishi aniqlanganligiga oid takliflar Farg‘ona viloyati Qurilish va Uy–joy kommunal xo‘jaligi soxasida xududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar 12–sonli Ma’rifat MFY Qomus ko‘shasida joylashgan mashina traktor parklari ma’muriy bino va inshootlariga qo‘shimcha to‘rtinchi va beshinchi qavatlarni qo‘shishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 21 oktyabrdagi 24–06/11005-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihalash hamda hisoblash jarayonlariga sarflanadigan vaqtning 15% gasha tejalishiga erishilgan;
markaziy va nomarkaziy siqilishga ishlovshi temirbeton ustun va g‘isht devorning derazalar orasidagi qismlarni kushaytirishda shisha kompozit va po‘lat armatura bilan xomutlangan konstruksiyaning qo‘llanilishi natijasida ularning yuk ko‘tarish qobilyatiga ta’siri 1,1 marta kamayganligi hamda shisha kompozit armaturalarni siqiluvshi temirbeton ustun va g‘isht devorning derazalar orasidagi qismini kushaytirishda qo‘llaganda, konstruksiya mustahkamligi va yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish imkoniyatlari bilan 1,05 martaga ustuvorligi ortganligi xususidagi takliflar “FARG‘ONAFUQAROLOYIHA” MChJ tomonidan Quva tumani, Quva MFY Qayqubbod ko‘shasida joylashgan binoda joriy qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 18 oktyabrdagi 02/15–3078-son ma’lumotnomasi). Natijada konstruksiyalarni kuchaytirishda po‘lat armaturaga nisbatan 30% iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.