Arzieva Surayyo Ismatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini integrativ pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6029.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Zufarov Sherzod Mirdjalilovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini integrativ pedagogik texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari analitik fikrlaydigan, ma’lumotlarni muayyan mezonlarga solishtira oladigan va fikrlarini izchil ifodalaydigan, hamda qat’iy va muvozanatli qarorlar qabul qilish, o‘z faoliyatini rivojlantirish va prognozlash, faoliyatini didaktik sharoitlarda psixologik qo‘llash darajasini bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida aniqlashtirilgan;
talabalarida analitik mushohada yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonlari mental, intellekt xaritalari metodi, g‘oyalar assotsatsiyalari va bilimlarni aktuallashtirish, masalani ovozli nutqda fiksatsiya qilish hamda birlamchi konsolidatsiya tafakkurini shakllantirish, hissiy-obrazli muhokamada hamkorlikni vujudga keltirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish modeli metokognitiv fikrlash, tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, refleksiya, integrallashgan qobiliyatlar, integrativ texnologiya va talabalarda tayanch va fanga oid kompetensiya elementlari takomillashtirilgan hamda, talabalarda hosil bo‘ladigan kasbiy kompetensiya omillari mezonlar asosida takomillashtirilgan.
talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi ochiq va yopiq shakllardagi nazorat materiallari, dasturlashtirilgan test savollarini yechish, miya faoliyatini mashq qildirish, analitik mushohada qilishni baholash va korreksiyalash hamda, metokognitiv omillarni kasbiy va shaxsiy rivojlantirishning imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish va nostandart masalalarni yechishni diagnostikalash asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ pedagogik texnologiyalardan foydalanish asosida talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish asosida:
talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari analitik fikrlaydigan, ma’lumotlarni muayyan mezonlarga solishtira oladigan va fikrlarini izchil ifodalaydigan, hamda qat’iy va muvozanatli qarorlar qabul qilish, o‘z faoliyatini rivojlantirish va prognozlashda, shuningdek takomillashtirishga oid takliflar asosida “Amaliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 25 avgustdagi 391-son ruxsatnomasi, № 408671. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024 yil 27-martdagi, 11-05-1373/04-sonli dalolatnomasi). Natijada talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
talabalarida analitik mushohada yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonlari mental, intellekt xaritalari metodi, g‘oyalar assotsiatsiyalari va bilimlarni aktuallashtirish, masalani ovozli nutqda fiksatsiya qilishda takomillashtirishga oid “Oliy matematika 3” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli ruxsatnomasi, № 277-122). Natijada, talabalarda analitik mushohada yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonlari takomillashtirilgan;
talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish modeli metokognitiv fikrlash, tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, refleksiya, integrallashgan qobiliyatlar, integrativ texnologiya va talabalarda tayanch va fanga oid kompetensiya elementlarini takomillashtirish asosida “Amaliy matematika 2” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-sonli ruxsatnomasi, № 277-123). Natijada, talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi ochiq va yopiq shakllardagi nazorat materiallari, dasturlashtirilgan test savollarini yechish, miya faoliyatini mashq qildirish, analitik mushohada qilishni baholash va korreksiyalashda hamda takomillashtirishga oid takliflar asosida “Amaliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanmasi yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli ruxsatnomasi, № 408671. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2024-yil 27-martdagi, 11-05-1373/04-sonli dalolatnomasi). Natijada, talabalarda analitik mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi takomillashtirilgan.