Umarova Sarvinoz Sardorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5164
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, professor Botirova Shaxlo Isamiddinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor, Toshpo‘latova Mehriniso Qilichevna, pedagogika fanlari bo‘uisha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universitetini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida pedagogik tolerantlik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini o‘rganish asosida mavjud pedagogik va metodik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilar kasbiy kompetentligining tarkibiy qismi sifatida pedagogik tolerantlikni shakllantirishning konstruktiv metodik mexanizmlarini   o‘zaro   munosabatlar   asosida   namoyon   bo‘ladigan   tolerantlik qadriyatlarining (ezgulik, yaxshilik, hamkorlik, hamdardlik va rostgo‘ylik, sabrlilik) ijobiy va generativ (yaratuvchan), attraktor (jalb qiluvchi, o‘ziga tortuvchi) jihatlari asoslangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida tolerantlikni tarkib toptirishda ta’limiy- tarbiyaviy bag‘rikenglik fenomenining axloqiy-kreativ tamoyillari (izlanuvchanlik, mas’uliyatlilik, ishchanlik, hurmat qilish, ishonch bildirish, sabrlilik va toqatlilik) hamda regulyativ qonuniyatlari (turli xil buzg‘unchi g‘oyalardan o‘zini asray bilish, o‘z fikriga va o‘z irodasiga tayanish) dalillangan;
tolerantlik kompetensiyasini rivojlantirishda talabalarning o‘quv faoliyatini modellashtirish, refleksiyalash (nimanidir o‘rganish va taqqoslash) hamda kasbiy motivlarini (moslashuvchanlik, o‘zlashtiruvchanlik) shakllantirishni o‘zaro dialektik aloqadorlikda rivojlantirish  zarurligi asoslangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi shaxsining aksiologik atributi sifatidagi pedagogik tolerantlikning kognitiv, qadriyatli, motivatsion, ijtimoiy xulq-atvorli mazmuniy komponentlarini lingvomadaniy, kontekstli yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali integrativ rivojlantirishning metodik tizimini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvshilarida redagogik tolerantlik komretensiuasini rivojlantirish metodikasiga doir olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida tolerantlikni tarkib toptirishda ta’limiy- tarbiyaviy bag‘rikenglik fenomenining axloqiy-kreativ tamoyillari hamda regulyativ qonuniyatlari ochib berilgan xulosalardan “Madaniyatlararo muloqotni shakllantirish” nomli o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan ushbu qo‘llanmani nashr etishga ruxsat berilgan). Natijalar dissertatsiya xulosalari bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida tolerantlik kompetensiyalarini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvshilar kasbiu komretentligining tarkibiu qismi sifatida redagogik tolerantlikni shakllantirishning konstruktiv metodik mexanizmlarini o‘zaro munosabatlar asosida namouon bo‘ladigan tolerantlik qadriuatlarining ijobiu va generativ (uaratuvshan), attraktor (jalb qiluvshi) jihatlari asoslangan ilmiu  xulosalaridan Urganch davlat universitetida 2021–2022-yillarda bajarilgan CY21-S-228 raqamli “Building CBI/CLIL Teacher Capacity and Success for ESL teachers at Urgench State University” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2024-uil 22-iyuldagi 04-138/8-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba uoshlarning madaniuatlararo muloqot borasidagi bilim darajasining oshishiga zamin uaratilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvshisi shaxsining aksiologik atributi sifatidagi redagogik tolerantlikning kognitiv, qadriuatli, motivatsion, ijtimoiu xulq-atvorli mazmuniu komronentlarini lingvomadaniu, kontekstli uondashuvlariga ustuvorlik berish orqali integrativ rivojlantirishning metodik tizimlari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Urganch davlat universitetida 2020–2022-yillarda bajarilgan S-UZ800- 20-GR-0038 raqamli “Access English Microscholarship Program” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2024-uil 22-iyuldagi 04-138/9-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik bag‘rikenglik kompetensiyasi yanada takomillashtirildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish