Najimov Iskander Perdebaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotning global transformatsiyalashuvi sharoitida qurilish materiallari sanoati korxonalari barqarorligini boshqarish uslubiyatini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.03–“Sanoat iqtisodiyoti” va 08.00.13–“Menejment” ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt471.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Akmal Maxsudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Gulchexra Jalg‘asovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon iqtisodiyotining global tranformatsiyalashuvi sharoitida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati korxonalarini rivojlantirish barqarorligini boshqarish borasida ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mikrodarajada ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish asosida korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi “tayanch ustunlar” hamda sanoat korxonasi barqaror rivojlanishini boshqarishning umumiy tamoyillari tarkibini “raqamlashtirish” va “innovatsiyalar” kabi yangi tamoyillar hisobiga kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoati korxonalari ekologik-iqtisodiy boshqaruv modelining normativ (ENB = 0,35), strategik (ESB = 0,27) va operativ (EOB = 0,38) boshqaruv yo‘nalishlariga oid elementlari o‘rtasida maqbul nisbatni ta’minlash orqali “yashil” iqtisodiyotga o‘tkazishni jadallashtirish asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoatini barqaror innovatsion rivojlantirishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpoq davlat universiteti va qurilish kasb-hunar kollejlari hamda qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyatining konvergensiyasi asosida ishlab chiqarish-ta’lim klasterini yaratish taklifi asoslangan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari mahsulotlariga talab volatilligining salbiy ta’sirini mahsulotlarning yuk sig‘imliligini pasaytirish (10-15% gacha) va qo‘shimcha ravishda eksport salohiyatini ta’minlash (7-9% gacha) orqali kamaytirish taklifi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoati korxonalari barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish materiallari sanoati amaliyoti bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “korxonaning barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mikrodarajada ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish asosida korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi “tayanch ustunlar” hamda sanoat korxonasi barqaror rivojlanishini boshqarishning umumiy tamoyillari tarkibini “raqamlashtirish” va “innovatsiyalar” kabi yangi tamoyillar hisobiga kengaytirish orqali takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Úy-jay fondín basqaríw” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda raqamlashtirish va innovatsiyalar kabi yangi tamoyillar hisobiga kengaytirish orqali takomillashtirilgan “korxonaning barqaror rivojlanishi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoati korxonalari ekologik-iqtisodiy boshqaruv modelining normativ (ENB = 0,35), strategik (ESB = 0,27) va operativ (EOB = 0,38) boshqaruv yo‘nalishlariga oid elementlari o‘rtasida maqbul nisbatni ta’minlash orqali “yashil” iqtisodiyotga o‘tkazishni jadallashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 04/15-3148-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilish materiallari sanoati korxonalarida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish dasturlari samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoatini barqaror innovatsion rivojlantirishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpoq davlat universiteti va qurilish kasb-hunar kollejlari hamda qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyatining konvergensiyasi asosida ishlab chiqarish-ta’lim klasterini yaratish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 04/15-3148-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mintaqada tarmoq korxonalarida innovatsion faollikni oshirish orqali sinergetik samaraga erishish imkonini bergan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari mahsulotlariga talab volatilligining salbiy ta’sirini mahsulotlarning yuk sig‘imliligini pasaytirish (10-15% gacha) va qo‘shimcha ravishda eksport salohiyatini ta’minlash (7-9% gacha) orqali kamaytirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 04/15-3148-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qurilish materiallari sanoati korxonalari resurs salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoati korxonalari barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ko‘p variantli ekonometrik modellari asosida 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmog‘ida faoliyat yurituvchi korxonalar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 04/15-3148-son ma’lumotnomasi). Ushbu ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari natijasida mintaqada qurilish materiallari sanoatining samaradorligini oshirish va ular hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan dastaklarni tanlash imkoniyati yaratilib, mintaqada tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2028-yilga borib 2023-yilga nisbatan 1,9 barobarga oshishi aniqlangan.