Turaeva Firuza Abdurashidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarining klinik-immunologik kechish xususiyatlari», 14.00.21 - Stomatologiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Tib1145.
Ilmiy maslahatchilar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Irina Aleksandrovna Belenova, tibbiyot fanlari doktori, professor; (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Pavel Yozef Shafarik nomidagi Universitet (Slovakiya).
II. Tadqiqotning maqsadi:
Koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda kasallikning klinik va immunologik xususiyatlarini inobatga olgan holda og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarining davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining klinik kechishi, immun tizimi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan;
COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining qaytalanishi oldini olish maqsadida virusga qarshi vaksinatsiya samaradorligi isbotlangan;
ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda fargals antiseptik bilan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolashgacha va davolashdan keyingi klinik, immunologik, mikrobiologik samaradorligini qiyosiy asoslangan;
COVID-19 infeksiyasi fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlar qon zardobi va og‘iz suyuqligidagi oksidlovchi stressning rolini aniqlash uchun superoksiddismutaza organizmning antioksidant tizimidagi asosiy ferment bo‘lib, erkin radikallarini zararlantirishda muhim o‘rin tutishi isbotlanib, uning darajasini qonda, og‘iz suyuqligida pasayishi organizmni oksidlovchi stressdan himoya qilish samaradorligining buzilishini ko‘rsatib berishi aniqlangan;
ilk bor generallashgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarning glutamat dekarboksilazaga antitanachalarning yuqori darajasi aniqlanib nafaqat qandli diabetning irsiy anamnezi bo‘lgan bemorlarda, balki koronavirus infeksiyasining engil va simptomsiz formalarida ham qandli diabet rivojlanish xavfini baholash uchun ushbu markerning diagnostik ahamiyati aniqlangan;
COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan stomatologik kasalliklari bor bemorlarda kasallik etiologiyasini inobatga olgan holda mahalliy va patogenetik mexanizmlarga ta’sir etuvchi davolash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 13 noyabrdagi №08/66 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining klinik kechishi, immun tizimi ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda stomatologik kasalliklar uchrash darajasi va klinik kechish xususiyatlarini baholangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyati stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.03.2023 y.; №8), Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (09.03.2024 y.; №41 I) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ma’lumotlar COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi, bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Bundan tashqari bemorlarning og‘iz bo‘shlig‘i holati to‘g‘risida to‘liq tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarida tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy IFA usulida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 480000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatgan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda stomatologik kasalliklarning uchrash darajasi yuqori darajada bo‘lib, yetakchi o‘rinlarda o‘tkir va surunkali gingivitlar (38,2%), o‘tkir va surunkali parodontitlar (35,4%), turli ko‘rinishdagi stomatitlar (15,6%) va paradontozlar (10,8%) bo‘lgani isbotlab berildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining qaytalanishi oldini olish maqsadida virusga qarshi vaksinatsiya samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: koronavirusli infeksiya kuzatilgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarining asosiy qo‘zg‘atuvchilarini identifikatsiya qilingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Jizzax viloyati stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (06.03.2023 y.; №8) Xorazm viloyati bolalar stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (09.03.2024 y.; №41 I) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Ushbu ma’lumotlar COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlardazararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlrini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi, bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bolalarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarida tavsiya etilayotgan ushbu tekshirish usullaridagi hamda yangi zamonaviy IFA usulida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 480000 so‘mgacha tejalishi imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi fonida stomatologik kasalliklar rivojlanish jarayonida organizmning turli biologik suyuqliqlarida immun tizimi T- va V-bo‘g‘inlari immunodefisiti aniqlandi, bu SD4+- va SD8+-limfotsitlar orasidagi disbalansi kuchayishi, SD25+-limfotsitlarning ishonarli pasayishi, CD95+-hujayralarning ishonarli ko‘payishi bilan asoslangan. COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda IL-17A nazopat gypyhiga nicbatan 2,46 maptaga (o‘ptacha 6,1±0,47 va 4,91±0,24 pg/ml gacha), IL-17A qon zardobi va OBS da taqqoslashda IL-17A konsentratsiyasining farqi, OBS da 1,83 ni, II guruhda – 2,02 va tekshirilgan III guruhdagi farq mos ravishda 2,05 marta oshganlikni ko‘rsatdi (P≤0,05) va kasallikni bashoratlash mezoni bo‘lib hisoblangan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda fargals antiseptik bilan og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolashgacha va davolashdan keyingi klinik, immunologik, mikrobiologik samaradorligini qiyosiy asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik, immunologik va mikrobiologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolashning turli usullari qiyosiy tahlil qilingan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (02.07.2024 y.; №116) Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 6 son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.03.2024 y.; №98) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlarini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi, bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, tavsiya etilayotgan kompleks davolash usullari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini davolash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 880000 so‘mgacha tejalishi imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari yiringli-yallig‘lanish jarayonlarini davolashda antibakterial, antifungal, yallig‘lanishga qarshi, mahalliy jarohatni bitkazuvchi FarGALS va Xlorfilipt Vialayn kabi antiseptiklarning an’anaviy sanatsiya vositalariga nisbatan ishonarli ravishdagi muayyan darajadagi ustunlikka egaligi aniqlandi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlar qon zardobi va og‘iz suyuqligidagi oksidlovchi stressning rolini aniqlash uchun superoksiddismutaza organizmning antioksidant tizimidagi asosiy ferment bo‘lib, erkin radikallarini zararlantirishda muhim o‘rin tutishi isbotlanib, uning darajasini qonda, og‘iz suyuqligida pasayishi organizmni oksidlovchi stressdan himoya qilish samaradorligining buzilishini ko‘rsatib berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 infeksiyasi fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlar qon zardobi va og‘iz suyuqligidagi oksidlovchi stressning rolini aniqlashda superoksiddismutaza COD darajasining pasayishi organizmni oksidlovchi stressdan himoya qilish samaradorligining buzilishini ko‘rsatib bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (02.07.2024 y.; №116), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 6 son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.03.2024 y.; №98) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlarini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi, bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, tavsiya etilayotgan kompleks davolash usullari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini davolash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 880000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi fonida parodontit bilan og‘rigan bemorlar qon zardobi va og‘iz suyuqligidagi oksidlovchi stressning rolini aniqlash uchun foydalaniladigan SOD ning (107,9±7,4 pg/ml) pasayishi organizmni oksidlovchi stressdan himoya qilish samaradorligi buzilishini ko‘rsatib bergan, GAD ga antitanachalarning yuqori darajasi koronavirus infeksiyasining engil va simptomsiz formalarida ham qandli diabet rivojlanish xavfini baholash, autoimmunizatsiya darajasini aniqlash uchun interleykin 17A diagnostik markyor sifatida qo‘llanilishining klinik-immunologik samaradorligi ko‘rsatib berildi va COD darajasidagi farq 10,1 marta, 2-guruhda – 12,5 va uchinchi guruhda – mos ravishda 11,05 martani tashkil etdi (P≤0.05).
beshinchi ilmiy yangilik: Ilk marotoba generallashgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarning glutamat dekarboksilazaga antitanachalarning yuqori darajasi aniqlanib nafaqat qandli diabetning irsiy anamnezi bo‘lgan bemorlarda, balki koronavirus infeksiyasining engil va simptomsiz formalarida ham qandli diabet rivojlanish xavfini baholash uchun ushbu markerning diagnostik ahamiyati aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Generallashgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarning glutamatdekarboksilaza (GAD) ga antitanachalarining yuqori darajasi nafaqat qandli diabetning irsiy anamnezi bo‘lgan bemorlarda, balki koronavirus infeksiyasining engilva simptomsiz formalarida ham qandli diabet rivojlanish xavfinibaholash uchun ushbu markerning diagnostik ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 2 son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (18.09.2023 y.; №111), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 8 son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (11.02.2024 y.; №92) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlarini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi,bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, tavsiya etilayotgan kompleks davolash usullari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini davolash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida har bir bemorga sarflangan mablag‘ning 880000 so‘mgacha tejalishini ko‘rsatdi. Bu esa mablag‘i tejalishi, mukammallashtirilgan tashxislash jarayonini ta’minladi. Davolash davomiyligi esa 3 kunga qisqartirildi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini erta tashhislash va optimal davolash bo‘yicha klinik-immunologik markyorlar asosida ishlab chiqilgan dastur immunodefisit og‘irlik darajasini aniqlash, tavsiya etilgan kompleks terapiyani optimallashtirish va davolash samaradorligini oshirish imkonini berdi.
oltinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan stomatologik kasalliklari bor bemorlarda kasallik etiologiyasini inobatga olgan holda mahalliy va patogenetik mexanizmlarga ta’sir etuvchi davolash usullari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari qaytalanishi oldini olish maqsadida koronavirusli infeksiya bilan zararlangan bemorlarda virusga qarshi emlash ta’sirini baholangan hamda koronavirusli infeksiya bilan zararlangan bemorlarni olib borish algoritmini ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 2 son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (18.09.2023 y.; №111), Buxoro shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 8 son oilaviy poliklinikasi bo‘yicha buyruq (11.02.2024 y.; №92) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, asosiy kasallikning asoratlarini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi,bemorlarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bemorlarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan bemorlarda zararlanish alomatlarini erta tashxislash, tavsiya etilayotgan kompleks davolash usullari og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kasalliklarini davolash yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik davo-muolajalarini o‘tkazish jarayonida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 880000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga tejalishi imkonini bergan. Xulosa: COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan stomatologik kasalliklari bor bemorlarda kasallik etiologiyasini inobatga olgan holda mahalliy va patogenetik mexanizmlarga ta’sir etuvchi davolash usullarining amaliyotga joriy etilishi kasallik asoratlarini oldini olish, davolanish muddatini qisqartilishi orqali 1 nafar bemorga sarflanadigan byudjet mablag‘lari ni 880000 so‘mga, byudjetdan tashqari mablag‘larni 550000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.