Murtalibova Nodira Mirmaksudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalligi rivojlanish xavfining klinik va prognostik mezonlari”, 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tib2245.
Ilmiy rahbar: Axmedova Dilorom Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,  IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,_DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar:  Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xasanova Saida Sobirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak faoliyatini baholash asosida neonatal va 1 yoshgacha bo‘lgan davrida buyrak kasalliklarining rivojlanishiga oid klinik-prognostik mezonlar va erta xavf omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalliklarining rivojlanish xavfi, xususan buyraklarning o‘tkir shikastlanishi, homiladorlikning noqulay kechishi (homila gipoksiyasi – 36,3% (r≤0,05), preeklampsiya – 27,1% (r≤0,05), XTX – 28,2% (r=0,001) va tug‘ruq asoratlarining (normal joylashgan yo‘ldoshning muddatidan oldin ko‘chishi – 46,2% (p>0,05) oqibati ekanligi, shuningdek, bu xavf gestatsiya muddati va chaqaloqlarning tug‘ilishdagi tana vazniga bog‘liqligi isbotlangan;
yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda buyrak shikastlanishining ishonchli belgilari sistatin S miqdorining oshishi (tugilganda 1,88mg/dl baland, 12 – oyda 1,3mg/dldan baland (r=0,002) va buyraklar umumiy hajmining kamayishi (tugilganda 16,4±1,6mldan kam, 12- oyda 55,4±2,6mldan kam (r=0,02) ekanligi aniqlangan, bunda eng salbiy ko‘rsatkichlar muddatidan oldin tug‘ilgan va o‘ta past hamda juda past tug‘ilish vazniga ega bo‘lgan chaqaloqlarda isbotlangan;
erta neonatal davrda 43,4% erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklarning o‘tkir shikastlanishi rivojlanishi va ularning barchasida O‘BSh o‘tishi, kuzatuvda 8,7% bolalarda hayotining 3-4 oyiga kelib surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi, 12 oylikda esa SBK 26% bolalarda, asosan muddatidan oldin tug‘ilgan va JPTV va O‘PTV bo‘lgan chaqaloqlarda (SBK- 66,7%) qayd etilishi isbotlangan;
amaliyotga joriy etish natijasida muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklarini tashxislash va bashoratlash uchun ishlab chiqilgan algoritm samaradorligi, shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalliklari - O‘BSh rivojlanish xavfini baholash uchun yaratilgan elektron kal`kulyatorning diagnostik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar asosida muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak faoliyati buzilishining xavf omillari va laboratoriya-instrumental belgilovchilarini aniqlash asoslandi:
birinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalliklarining, xususan buyraklarning o‘tkir shikastlanishi rivojlanish xavfi homiladorlikning noqulay kechishi (homila gipoksiyasi – 36,3% (r≤0,05), preeklampsiya – 27,1% (r≤0,05), XTX – 28,2% (r=0,001) va tug‘ruq asoratlarining (normal joylashgan yo‘ldoshning muddatidan oldin ko‘chishi – 46,2% (p>0,05) natijasi ekanligi, shuningdek, bu xavf gestatsiya muddati va chaqaloqlarning tug‘ilgandagi tana vazni bilan bog‘liqligi isbotlangan. Ushbu natijalar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 1 mayda 03/252-son bilan tasdiqlangan "Erta tug‘ilgan bolalarda buyraklarning o‘tkir shikastlanishi rivojlanishining xavf omillarini aniqlash" uslubiy tavsiyanomasi va DGU-36785 EHM dasturiga kiritilgan. Mazkur takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 17 maydagi 43-sonli va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 13 maydagi 78-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 2-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ekstremal va juda kam tana vazniga ega turli gestatsion yoshdagi erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklarning o‘tkir shikastlanishini erta tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash profilaktik farmakoterapiyani erta boshlash natijasida shifoxonada davolanish muddatlarini qisqartirishga olib keladi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliy qo‘llanilishi turli gestatsion yoshdagi, tana vazni ekstremal va juda kam bo‘lgan erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklarning o‘tkir shikastlanishini erta tashxislashda tug‘ilishdagi tana vazniga bog‘liqlikni va klinik-laborator ko‘rsatkichlarni baholash hamda kasallik kechishini aniqlash imkonini berdi. Bundan tashqari, profilaktik farmakoterapiyani erta boshlash natijasida bolalarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlik sonini kamaytirish imkonini berdi, bu esa 84 nafar bola uchun 22347655 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: turli gestatsion yoshdagi, tana vazni o‘ta va juda past bo‘lgan erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklarning o‘tkir shikastlanishini erta tashxislashning takomillashtirilishi profilaktik farmakoterapiyani erta boshlash natijasida kasalxonada davolanish muddatlarining qisqarish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda buyrak shikastlanishining ishonchli belgilari sistatin S miqdorining oshishi (tugilganda 1,88mg/dl baland,  12 – oyda 1,3mg/dldan baland (r=0,002) va buyraklar umumiy hajmining kamayishi ( tugilganda 16,4±1,6mldan kam, 12- oyda 55,4±2,6mldan kam (r=0,02) ekanligi isbotlangan. Bunda eng yomon ko‘rsatkichlar o‘ta past tug‘ilish vazniga ega muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarga xos ekanligi aniqlangan. Bu natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.05.2024 yildagi 43-sonli buyrug‘i va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.05.2024 yildagi 78-sonli buyrug‘iga muvofiq amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: turli gestatsion yoshdagi erta tug‘ilgan chaqaloqlarning klinik holati, laboratoriya va instrumental ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili ushbu tadqiqotlar natijalarining buyrak kasalliklari rivojlanishini erta aniqlashga ta’sirini baholash imkonini berdi. Bu esa shubhasiz, minimal iqtisodiy xarajatlar bilan erta tashxislash va dori vositalari bilan oldini olish hamda davolash samaradorligini oshirdi, natijada bolalarning hayot sifati yaxshilanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak kasalliklarini tashxislashda eng ko‘p bog‘liq bo‘lgan klinik va laboratoriya-instrumental ko‘rsatkichlarni aniqlash o‘rta va yuqori xavf guruhidagi 84 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun reanimatsiya bo‘limida statsionar davolanish xarajatlarini 33338305 so‘mga qisqartirish imkonini berdi. Xulosa: buyrak kasalliklarini tashxislashda faqat eng ko‘p bog‘liq bo‘lgan klinik va laboratoriya-instrumental ko‘rsatkichlarni aniqlashni joriy etish natijasida reanimatsiya bo‘limida davolanish xarajatlarini bir bemor hisobiga 366355 so‘mga kamaytirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Erta neonatal davrda 43,4% muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda buyraklarning o‘tkir shikastlanishi rivojlanib, barchasida O‘OBga o‘tishi, dinamikada 8,7% bolalarda hayotining 3-4 oyiga kelib surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi, 12 oyligida esa SBK 26% bolalarda, ayniqsa JPTV va O‘PTV  bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda (O‘BK - 100% va SBK - 66,7%) kuzatilishi isbotlangan. Bu natijalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 17 maydagi 43-sonli buyrug‘i va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 13 maydagi 78-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ekstremal va juda kam tana vazniga ega turli gestatsion yoshdagi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalligi rivojlanishini erta tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash, profilaktik farmakoterapiyani erta boshlash natijasida kasalxonada davolanish muddatini qisqartiradi. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalarning amaliy qo‘llanilishi ekstremal va juda kam tana vaznli turli gestatsion yoshdagi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalligi rivojlanishini erta tashxislashda tug‘ilishdagi tana vazniga bog‘liqligini va klinik-laborator ko‘rsatkichlarni baholash hamda kasallik dinamikasini aniqlash imkonini berdi. Bundan tashqari, profilaktik farmakoterapiyani erta boshlash natijasida bolalarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlik sonini kamaytirish orqali 84 nafar bola uchun 22347655 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ekstremal va juda kam vaznli turli gestatsion yoshdagi muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalliklarini erta tashxislashning yaxshilanishi, profilaktik farmakoterapiyani erta boshlash natijasida shifoxonada davolanish davri qisqaradi. Bu esa har bir bemor uchun 366355 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ilgan bolalarda o‘tkir va surunkali buyrak kasalliklarini tashxislash va bashorat qilish uchun ishlab chiqilgan algoritmning samaradorligi, shuningdek, chaqaloqlarda buyrak kasalliklari - O‘BSh rivojlanish xavfini baholash uchun ishlab chiqilgan elektron kal`kulyatorning diagnostik qiymati amaliyotga joriy etilishi asosida isbotlandi.  Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.05.2024 yildagi 43-sonli buyrug‘i va Andijon viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.05.2024 yildagi 78-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etildi. Ijtimoiy samaradorligi: erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalligi rivojlanishining eng muhim prognostik xavf omillari aniqlandi va ularning ta’sir kuchi belgilandi. Bu esa erta tug‘ilgan chaqaloqlarda O‘BShni erta tashxislash va profilaktik davolashda prognostik matrisaga asoslangan tashxislash algoritmi va diagnostik kal`kulyatorning samaradorligini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan isbotlash imkonini bergan. Natijada, ko‘pchilik bemorlarda erta dori-darmon terapiyasi o‘tkazish orqali O‘BSh rivojlanishini va asoratlarning shakllanishini oldini olish mumkin bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: erta tug‘ilgan chaqaloqlarda O‘BShni erta tashxislash va profilaktik davolashda prognostik matrisaga asoslangan tashxislash algoritmi va diagnostik kal`kulyatorni ishlab chiqish natijasida bir bemor uchun shifoxonada bo‘lish muddati va davolanish xarajatlari 366355 so‘mga qisqargan. Buyrak kasalligi rivojlanish xavfi o‘rta va yuqori bo‘lgan 84 nafar erta tug‘ilgan chaqaloq uchun 47626150 so‘m tejaldi. Xulosa: erta tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak kasalliklarini erta tashxislash va profilaktik davolashda prognostik matrisaga asoslangan tashxislash algoritmi va diagnostik kal`kulyatorni joriy etish, ko‘pchilik bemorlarda erta dori-darmon terapiyasi o‘tkazish orqali O‘BSh rivojlanishini va bolalarda surunkali buyrak kasalligining shakllanishini oldini olish imkonini berdi. Bu esa har bir bemor uchun 366355 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish