Axmedov Latif Abbosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda o‘tkir koronar sindromining o‘ziga xos klinik kechishi”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1599.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Alyavi Baxrom Anisxanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi aksiyadorlik jamiyati (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: yoshlarda o‘tkir koronar sindromining klinik kechishi, xavf omillari, lipid spektri, yurak funksional ko‘rsatkichlarining o‘ziga xosligini o‘rganish orqali davolash strategiyalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir koronar sindromi bilan og‘rigan yosh bemorlarda unga olib keladigan asosiy xavf omillar ko‘rsatkichlari bo‘lmish lipid profili va yallig‘lanish markerlarini ahamiyati va o‘rni isbotlangan;
yoshlarda o‘tkir koronar sindromi klinik kechishi va uning asoratlanishining patogenezi endogen kardioprotektiv mexanizmlarning kam shakllanganligi hisobiga o‘ziga xosligi isbotlangan;
o‘tkir koronar sindromi taxshislangan yoshi 45 dan kichik bemorlarda toj tomirlar zararlanishining o‘ziga hosligini va o‘tkazilgan revaskulyarizatsiya samaradorligi isbotlangan;
o‘tkir koronar sindromi bilan og‘rigan yoshi 45 dan kichik bemorlarda yoshi 45 dan kattalarga nisbatan chap qorinchaning funksional holati va remodellanish jarayoni ko‘rsatkichlari salbiy dinamikasi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Yoshlarda o‘tkir koronar sindromining o‘ziga xos klinik kechishi» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 26 noyabrdagi 09-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronar sindromi bilan og‘rigan yosh bemorlarda unga olib keladigan asosiy xavf omillar ko‘rsatkichlari bo‘lmish lipid profili va yallig‘lanish markerlarini ahamiyati va o‘rni isbotlangan va erta tashxisotini amalga oshirish, hamda erta profilaktika algoritmini yaratish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olingan ma’lumotlar erta tashxis qo‘yish va xastalanishning natijasini prognozlashni yaxshilashga imkon beradi, bu kardiolog mutaxassisiga o‘tkir koronar sindrom bilan kasallangan yosh bemorlarda davolanishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida fikr bildirishga yordam beradi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari asoratlarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi va shu bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tibbiy va ijtimoiy jihatlarini o‘rganish va tahlil qilishning takomillashtirilgan usullari bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyalar yosh bemorlarda o‘tkir koronar sindrom kechishini, kasallik holatini baholashni va ushbu toifadagi bemorlarga to‘g‘ri davolanishni buyurishda 200.000 (ikki yuz ming) so‘mni tejash hisobida ijtimoiy hamda iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: Yoshi 45dan kam bemorlar guruhida chekish, semizlik, ortiqcha tana vazni, spirtli ichimliklar suiste’moli, metabolik sindrom, dislipiemiya, gipodinamiya (r˂0,05) kabi xavf omillari ustunlik qiladi. Yoshi 45 dan katta bemorlar guruhida arterial gipertoniya, anamnezida stenokardiya, psixoemotsional stress yosh bemorlar guruhiga nisbatan ko‘proq aniqlandi (r˂0,05). Yoshlarda o‘tkir koronar sindrom giperxolesterinemiya, miokard shikastlanish darajasining yuqoriligi (troponin, KFK MV) va yallig‘lanish ko‘rsatkichlarining (leykotsitoz, EChT, SRP) keskin oshishi bilan namoyon bo‘ladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yoshlarda o‘tkir koronar sindromi klinik kechishi va uning asoratlanishining patogenezi endogen kardioprotektiv mexanizmlarning kam shakllanganligi hisobiga o‘ziga xosligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi shundan iboratki, yoshlarda o‘tkir koronar sindromi klinik kechishi va uning asoratlanishining birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi uchun klinik amaliyotga keng joriy etish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yoshlarda o‘tkir koronar sindromining klinik kechishini erta aniqlash xamda, uning asoratlarining rivojlanishini istisno etilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini ko‘paytirish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida ularning bemorlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini kamaytirishga va mablag‘larni sezilarli darajada tejashga olib keladi. Xulosa: Yosh bemorlarda O‘KSning infarktdan oldingi stenokardiyaning kuzatilmasligi, O‘ChQE, xavfli aritmiyalar bilan asoratlanish holatlari va gospital o‘limning yuqoriligi bilan ajralib turdi. MIning atipik kechishi, orqa/pastki lokalizatsiyali MI yoshi 45dan katta bemorlarda statistik ahamiyatli ravishda ko‘p uchradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronar sindromi taxshislangan yoshi 45 dan kichik bemorlarda toj tomirlar zararlanishining o‘ziga hosligini va o‘tkazilgan revaskulyarizatsiya samaradorligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: revaskulyarizatsiyaning differensial diagnostika usulidan chiqarilishi o‘tkir koronar sindromida o‘zining dignostik algoritmini shakllantirish, kasallikni aniqlashtirish davrini qisqartirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 143000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Yoshi 45dan kichik bemorlar guruhida infarktga bog‘lik toj tomirlarda qon okimining to‘liq tiklanishi darajasi statistik axamiyatli ravishda yuqoriligi, bir tomirli shikastlanish, OPTAning shikastlanishi darajasi yuqoriligi, koronar arteriyalarining spazmi yoki trombozi holatlari kuzatilishi yuqoriligi bilan nazorat guruhidan farq qilganligi kuzatildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir koronar sindromi bilan og‘rigan yoshi 45 dan kichik bemorlarda yoshi 45 dan kattalarga nisbatan chap qorinchaning funksional holati va remodellanish jarayoni ko‘rsatkichlari salbiy dinamikasi o‘rganilgan, tadqiqotning ikkala uslubi premorbid fondagi mazkur patologiya haqida ishonchli ma’lumot olish va premorbidlikning asosiy kasallikka ta’sirini baholash, hamda asoratlar rivojlanishi darajasini baholash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: trombolitik terapiya o‘tkazish va endovaskulyar xirurgik davoni erta yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yoshlarda kechadigan o‘tkir koronar sindromini erta aniqlashda va ushbu patologiyadan asoratlarni prognozlashda ajralmas ahamiyatga ega, tekshirilayotgan guruhlar o‘rtasida revaskulyarizatsiya belgilar bo‘yicha ishonchli farqlar qayd etildi, shu sababli o‘tkir koronar sindromi yoshlarda aniqlanganda trombolitik terapiya o‘tkazish kasalliklarni asoratlarini oldini olishi qiymatini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshiruvdan foydalanib tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 480.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: O‘MI bilan og‘rigan yoshlarda guruhida 3 oy mobaynida global sistolik funksiyaning ko‘rsatkichlarining nisbatan kamrok yaxshilanishi (ChQ HF 48,2±1,0% va 51,3±0,8, RQBI 1,33±0,05 va 1,29±0,04), oxirgi diastolik va sistolik hajmlarning oshishi, sferiklik indeksi va miokardial stressning oshishi, sistolik faoliyatidagi sezilarli kamayish bilan kuzatiladigan patologik remodellanish xolatlarining yaqqolligi bilan ifodalanadi. Chap qorincha diastolik funksiyasi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikkala guruhda yaqqol farq aniqlanmadi, ammo yoshi kattalarda diastolik faoliyatning ko‘prok buzilishiga moyillik aniqlandi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Yoshlarda o‘tkir koronar sindromining o‘ziga xos klinik kechishi» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2024 yil 19 noyabrdagi 02-02/1452-sonli xati yuborilgan.