Askarova Zebo Zafarjonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Perimenopauza davrida ko‘krak bezi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda endo- va miometriylarning giperplastik jarayonlarini bashorat qilish va davolashning molekulyar-genetik jihatlari” 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib886.
Ilmiy maslaxatchi: Alieva Dilfuza Abdullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Tuksanova Dilbar Ismatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumova Dilrabo Talmasovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Eshimbetova Gulsara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.M.Sechenov nomidagi birinchi Moskva davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi perimenopauzal yoshda bachadon va ko‘krak bezlarining kombinatsiyalangan giperplastik jarayonlari bo‘lgan ayollarni olib borish uchun davolash va profilaktika choralari rejasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
perimenopauzadagi ayollarda ko‘krak bezlari yaxshi sifatli displaziya bilan kombinatsiyasini onkologik xushyorlik nuqtai nazaridan baxolashda GSTP1 genidagi noqulay Val alleli va Val/ Val genotipini aniqlash orqali bashoratlash asoslangan;
ITGB3 geni T/C polimorf lokusining noqulay genotipik variantlari bachadon va sut bezlarida giperplastik jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir qilmasligi va shunga mos ravishda bu polimorfizm shakillanishi bilan bachadon giperplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari yaxshi sifatli displaziyasi mustaqil bog‘liqlik aniqlanmasada, ushbu genotipni tashuvchanlik bachadondan qaytalanuvchi qon ketishlar xaqida prognostik omil ekanligi isbotlangan;
GSTP1 genening Ala/Val polimorf lokusining noqulay genotipik variantlari bachadon va ko‘krak bezlarida giperplastik jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir qilmasligi va shunga mos ravishda bu polimorfizmning paydo bo‘lishi bachadon giperplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari yaxshi sifatli displaziyasi bilan mustaqil bog‘liq emasligi aniqlangan;
bemorlarning I va II guruhlari o‘rtasida GSTP1 (Ile/Val) genida rs1138272 polimorfizmning allel` chastotalari va genotiplari taqsimotidagi farqlarni taxlil qilishda xech qanday farq ko‘rsatilmagan, bu bachadon va ko‘krak bezlari giperplastik jarayonlar o‘rtasidagi genetik bog‘liqlik aniqlangan;
perimenopauza davrida BGPJ va KBYaSD bo‘lgan ayollarda GSTP1 va ITGB3 genlarida noqulay allellar va genotiplarni aniqlash qaytalanishlar va onkologik xushyorlik nuqtai nazaridan kasallikning prognozini baholash amalga oshirildi, va buni hisobga olgan holda, perimenopauza davrida ushbu kombinatsiyalangan patologiyasi bo‘lgan ayollarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon giperplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari yaxshi sifatli displaziyasi mavjud bo‘lgan ayollarda kasallik rivojlanishini prognozlashda, tashxis qo‘yishda va davolashda olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: perimenopauzadagi ayollarda ko‘krak bezlari yaxshi sifatli displaziya bilan kombinatsiyasini onkologik xushyorlik nuqtai nazaridan baxolashda GSTP1 genidagi noqulay Val alleli va Val/ Val genotipini aniqlash orqali bashoratlash asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: erishilgan natijalar bachadon va ko‘krak bezlari giperplastik jarayonlarini erta aniqlash, qiyosiy tashxis o‘tkazish, davolash chora-tadbirlarini erta boshlash, o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish orqali kasallikni asoratlarni rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bachadon giperplastik jarayoni va ko‘krak bezlarini yaxshi sifatli kasalliklarini prognozlash va diagnostika va davolash usullarini takomillashtirilgan usuli bilan davolash natijasida har 1 bemor uchun 350029 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar iqtisod qilindi. Xulosa: Bachadon va sut bezlari giperplastik kasalliklarini genetik tekshirish usulida bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ITGB3 geni T/C polimorf lokusining noqulay genotipik variantlari bachadon va sut bezlarida giperplastik jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir qilmasligi va shunga mos ravishda bu polimorfizm shakllanishi bilan bachadon giperplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari yaxshi sifatli displaziyasi mustaqil bog‘liq emasligi aniqlangan, ammo ushbu genotipni tashuvchanlik bachadondan qaytalanuvchi qon ketishlar xaqida prognostik omil ekanligi aniqlangan. Ijtimoiy samardorligi: bachadon giperplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari kasalliklari kuzatilgan bemorlarda kasallik faolligini aniqlash, jarrohli yo‘li bilan davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: bachadon va ko‘krak bezlari kasalliklari kuzatilgan bemorda bachadondan qon ketishlarning qaytalanishini oldina olish, bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga, bemorlarni shifoxonaga qayta yotqizilishini kamaytirish va shifoxonada qolish muddatini 6 kundan 3 kungacha qisqarishiga olib keladi va shifoxonada qolish uchun to‘lov miqdori 750225 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: ITGB3 geni T/C genotipini aniqlash bachadon giperplastik jarayonlari bo‘lgan ayollarda , bachadondan qon ketishlarni bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etdi.
uchinchi ilmiy yangilik: GSTP1 genening Ala/Val polimorf lokusining noqulay genotipik variantlari bachadon va ko‘krak bezlarida giperplastik jarayonlarningrivojlanishiga ta’sir qilmasligi va shunga mos ravishda bu polimorfizmning paydo bo‘lishi bachadon giperplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari yaxshi sifatli displaziyasi bilan mustaqil bog‘liq emasligi aniqlangan va isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: bachadon gipeplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari yaxshi sifatli kasalliklari kuzatilgan bemorlarda, kasallik asoratlarini prognozlash, onkologik ehtiyotkorlik yuzasidan, va erta tashxislash uchun GSTP1 (rs1138272) genining Ile/Val genotipli polimorfizmi va GSTP1 (rs1138272) genining Ala/Val genotipi polimorfizmi genlari va allellarining tarqalishini taxlil qilish orqali bemorlarining genetik moyilligini o‘rganish natijasida individual genetik xarita tuzildi va asoratlarini oldini olishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bachadon giperplastik jarayonlari va ko‘krak bezlari kasalliklari kuzatilgan bemorlarda kasalliklarni prognozlash uchun genetik tahlillar olib borish, kasallikni rivojlanishi va kechishini oldindan bashorat qilishga erishish, asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izohlanadi. Buning natijasida bemorlarni statsionarga murojaatlari sonini kamaytirishiga, 1 kunlik qatnov uchun 36000 so‘m sarflansa, 10 nafar bemorlarga qatnov uchun statsionarga xizmat ko‘rsatish umumiy 360000 so‘mni byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Bachadon va sut bezlari giperplastik kasalliklari bo‘lgan ayollarda genetik moyilligini o‘rganish natijasida individual genetik xarining tuzilishi onkologik ehtiyotkorlik yuzasidan muhim ahamiyat kasb qildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bemorlarning I va II guruhlari o‘rtasida GSTP1 (Ile/Val) genida rs1138272 polimorfizmning allel` chastotalari va genotiplari taqsimotidagi farqlarni tahlil qilishda hech qanday farq ko‘rsatilmagan, bu bachadon va ko‘krak bezlari giperplastik jarayonlar o‘rtasidagi genetik bog‘liqlikni aniqlangan, o‘rganilayotgan guruhlarda bachadon giperplastik jarayonlari va yaxshi sifatli ko‘krak bezlari displaziyasini rivojlanish xavfini aniqlash uchun Ile/Val GSTP1 lokusining mumkin bo‘lgan allel va genotipik variantlari orasida Val alleli va Ile/Val genotipi eng katta ishonchlilikka ega. GSTP1 genining Ile/Val genotipik variantini tashuvchanligi BGPJ bilan xastalangan bemorlar guruhida 4,2 barobar va ayniqsa, bachadon va ko‘krak bezlari giperplastik jarayonlari birgalikda uchragan bemorlarda 5,8 barobar oshishi isbotlangan Ijtimoiy samaradorligi: bachadon va ko‘krak bezlari giperplastik jarayonlari kuzatilgan bemorlarda kasallikni qaytalanishi va rivojlanish xavfining erta tashxislashni uchun GSTP1 (Ile/Val) genida rs1138272, genlari va allellarining tarqalishini tahlil qilish orqali bemorlarining genetik moyilligini o‘rganish va klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida kasallik rivojlanishi, kechish darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: olingan natijalar asosida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 250000 so‘m sarflanadi, bachadon va ko‘krak bezlari giperplastik jarayonini bo‘lgan va anamnezida bachadondan anomal qon ketishi kuzatilgan bemorlarda qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish. byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Bachadonda giperplastik jarayonlari bilan sut bezlarining yaxshi sifatli kasalliklarini birga uchrashida GSTP1 (Ile/Val) genida Ile/Val genotipini aniqlash kasallikni qaytalanishini bashorat qilish muxim axamiyatga ega bo‘lib, 350 000so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan
beshinchi ilmiy yangilik: perimenopauza davrida BGPJ va KBYaSD bo‘lgan ayollarda GSTP1 va ITGB3 genlarida noqulay allellar va genotiplarni aniqlash qaytalanishlar va onkologik hushyorlik nuqtai nazaridan kasallikning prognozini baholash amalga oshirilgan va buni hisobga olgan holda, perimenopauza davrida ushbu kombinatsiyalangan patologiyasi bo‘lgan ayollarni olib borish algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ayollarda giperplastik jarayonlarni erta tashxislash, asoratlarini oldina olish, nogironlik ko‘rsatgichlarini kamaytirishdan iborat, kasallikni takrorlanish xavfini hamda prognozini baholash uchun algaritm yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: ayollarda giperplastik jarayonlarni erta tashxislash va prognozlash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni qisqarganligi hisobida byudjet mablag‘lari iqtisod qilingan. Xulosa: Perimenopauza davridagi BGPJ va KBYaSD bo‘lgan ayollarni olib borishda ishlab chiqilgan mezolar asoratlarini oldina olish, nogironlik ko‘rsatgichlarini kamaytirishga, kasallikni takrorlanish xavfini kamaytirishga olib kelib, xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1460254 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan
Natijalar gisterektomiyaga bo‘lgan extiyojni va kasallik residivlarini deyarli 11,9% ga kamaytirgani isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti ning 2024 yil 29 maydagi 10- son ilmiy kengash qarori tasdiqlagan «Vvedenie i ranyaya diagnostika giperplasticheskix protsessov matki i molochnix jelyoz v period perimenopauzi» va «Molekulyarno-geneticheskie aspekti prognozirovaniya giperplasticheskix protsessov matki i molochnix jelyoz v period perimenopauzi» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarkand shaxridagi 3- son tug‘ruq majmuasi 20.07.2024 yildagi 64-son buyrug‘i bilan, Samarqand shaxridagi 1- son tug‘ruq majmuasi 12.10.2024 yildagi №79 buyrug‘i bilan, Urgench shahar 2- son oilaviy poliklinikasi 20.06.2024 yildagi 448-12-180-DOP/2024-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 13 noyabrdagi 8-son xulosasi).