Fayzullaev Jonibek Negmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish modeliga o‘tkazishning nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3685
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistori Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Tashbolta Tuxtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakirova Farogʻat Boltaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning innovatsion modeliga o‘tkazish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish modeliga o‘tkazish jarayonini jadallashtirishga yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning davlat-xususiy sheriklichiligi mexanizmini joriy etish orqali erishish taklifi ishlab chiqilgan;
innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishga mamlakatda faoliyat yuritayotgan kichik innovatsion korxonalarni yirik loyihalar bilan «qamrab olish» va keyinchalik ularni innovatsion klasterlarga aylantirishdan iborat bo‘lgan «ikki bosqichli tizim»ni joriy etish orqali erishish taklifi asoslangan;
respublikada amaliy tadqiqotlarni jadallashtirish mexanizmini iqtisodiyotning transport, logistika, energetika, biotexnologiya, mashinasozlik va elektronika kabi sohalarida «korxona-oliy ta’lim muassasasi - ilmiy tashkilot» tizimini joriy etish orqali takomillashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
respublikada innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirishga elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, energetika, bio-texnologiya, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, transport va logistika tarmoqlarida “izlanish va rivojlantirish” (R&D) markazlarini tashkil etish orqali erishish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish modeliga o‘tkazish jarayonini jadallashtirishga yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlarida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning davlat-hususiy sheriklichiligi mexanizmini joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 iyuldagi PQ-200-son “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 6-ilovasining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 19 martdagi 03/10-822-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi innovatsion loyihalar natijalarini yuqori texnologiyali ishlab chiqarish talablariga muvofiqlashtirish imkonini beruvchi moliyalashtirish tizimini shakllantirishga va ushbu jarayonda davlat-xususiy sherikligi mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi.
innovatsion jarayonlar samaradorligini oshirishga mamlakatda faoliyat yuritayotgan kichik innovatsion korxonalarni yirik loyihalar bilan «qamrab olish» va keyinchalik ularni innovatsion klasterlarga aylantirishdan iborat bo‘lgan «ikki bosqichli tizim»ni joriy etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 19 martdagi 03/10-822-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada innovatsion infratuzilma sub’ektlari tarmog‘ini rivojlantirish va yirik hajmli innovatsion ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
respublikada amaliy tadqiqotlarni jadallashtirish mexanizmini iqtisodiyotning transport, logistika, energetika, biotexnologiya, mashinasozlik va elektronika kabi sohalarida «korxona-oliy ta’lim muassasasi - ilmiy tashkilot» tizimini joriy etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 19 martdagi 03/10-822-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy takliflarning amaliyotga joriy etilishi respublikada iqtisodiyotning tez o‘sib borayotgan va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yuqori texnologiyali va fan sig‘imkor tarmoqlarida ishlab chiqarish, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot tashkilotlarining o‘zaro integratsiyalashgan faoliyatini rivojlantirish hisobiga iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishga xizmat qiladi.
respublikada innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirishga elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, energetika, bio-texnologiya, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, transport va logistika tarmoqlarida “izlanish va rivojlantirish” (R&D) markazlarini tashkil etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 1-ilovasining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 19 martdagi 03/10-822-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada resurslarni tejovchi va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangan innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga xizmat qiladi.