Xo‘jaev Panji Norhamidovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pomidorning shtambsimon ( var. validum (Bailey) Brezh.) hamda oddiy ( var. vulgare (Alef.) Brezh.) tur xillari asosida F1 duragaylar olish va nav yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1258.
Ilmiy rahbar: Nadjiev Juraxon Narsaydovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: pomidorning “Durdona” navi (№ NAP 453).
II. Tadqiqotning maqsadi romidorning shtambsimon hamda oddiy tur xillariga mansub nav namunalaridan samarali foydalanib qimmatli xo‘jalik belgilariga ega F1 duragaylar olish va nav yaratishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pomidorning shtambsimon hamda oddiy tur xiliga mansub nav namunalari morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganilgan hamda transportbop, bo‘rtma nematodasiga chidamli nav va duragaylar seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba yaratilgan;
duragaylash ko‘chatzorida F1 duragaylar olingan va qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganilgan, istiqbolli kombinatsiyalar tanlab olingan;
pomidor seleksion ko‘chatzorida istiqbolli tizmalar o‘rganilgan va qimmatli xo‘jalik belgilariga ega serhosil, transportbop, bo‘rtma nematodasiga bardoshli T-44 tizmasi ajratilgan;
pomidorning T-44 tizmasidan yakka tanlash usulidan foydalanib yangi “Durdona” navi yaratilgan va tanlov sinovida andoza Surxan-142 naviga nisbatan hosildorligi, transportbopligi bo‘yicha ustunligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pomidorning shtambsimon (var. validum (Bailey) Brezh.) hamda oddiy (var. vulgare (Alef.) Brezh.) tur xillari asosida F1 duragaylar olish va nav yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
respublikamiz sharoitiga mos pomidorning eksportbop, mevasi qattiq, bo‘rtma nematodasiga chidamli yangi “Durdona” navi yaratilgan va 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi tomonidan № NAP 453 raqamli patent olingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-03-426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dehqon va fermer xo‘jaliklari pomidorning yangi navlari bilan ta’minlangan;
pomidorning yangi yaratilgan “Durdona” navi 2024 yil Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi “Nurmuxammad Namuna” fermer xo‘jaligida 1,0 ga, “Nur Asad Yangiariq” fermer xo‘jaligida 0,9 ga, “Saloxiddin Yangiariq” fermer xo‘jaligida 1,0 ga, “Anvar Do‘stlik” fermer xo‘jaligida 4,1 ga, “Denov Surxon Agro” fermer xo‘jaligida 1,0 ga hamda “Ravshan bobo Termiz” MChJ da 2,0 ga, shuningdek viloyatning Sherobod tumanidagi “Xayitaliev Abdunazar” fermer xo‘jaligida 5,0 ga, “Eshaliev Ochil bobo” fermer xo‘jaligida 2,0 ga, “Mulla Begimqul” fermer xo‘jaligida 1,0 ga va “Sherobod Paxta Don” MChJ da 1,0 ga jami 20,7 ga maydonlarda amaliyotga joriy qilingan ( Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 21 dekabrdagi 05/06-03-426-sonli ma’lumotnomasi). Natijada pomidorning yangi yaratilgan “Durdona” navi joriy qilingan maydonlarda o‘rtacha 43,2 t/ga, shu jumladan 40,4 t/ga tovarbop hosil olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish