Turaev Dilshod Shodavlatovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baqlajon (Solanum Melongena L.) seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba tanlash, F1 duragaylarni olish va nav yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1105.
Ilmiy rahbar: Nadjiev Juraxon Narsaydovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: baqlajonning “Globus” navi (NAP 454).
II. Tadqiqotning maqsadi Baqlajonning nav, tizma va duragaylarni o‘rganish asosida stress omillarga chidamli, mevalari eksportbop nav va duragaylar seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba yaratish, F1 duragaylari olish va ularni har tomonlama o‘rganish va yangi navini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baqlajonning tizmalari, duragaylari va nav namunalari morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari majmuasi bo‘yicha o‘rganilgan va seleksiya ishlari uchun qimmatli boshlang‘ich manba tanlab olingan;
ilk bor baqlajonning 10 ta birinchi avlod duragaylari olingan, har tomonlama o‘rganilgan va istiqbolli F1 Batayskiy x Almaz, F1 Almaz x Matrosik va F1 Matrosik x Solyaris duragaylari yaratilgan;
yuqori avlod duragaylarini (F3-F5) o‘rganish va baholash asosida istiqbolli T-9-1.2. va T-22-1.2. tizmalari ajratilgan;
baqlajonning hosildorligi yuqori, ertapishar va bo‘rtma nematodasiga chidamli yangi “Globus” navi yaratilib, unga № NAP 454 raqamli patent olingan;
yangi yaratilgan “Globus” navining standart Avrora naviga nisbatan o‘suv davri 6 kunga qisqaligi, umumiy hosildorligi 14,1 t/ga va ertachi hosildorligi 9,6 t/ga ga, rentabellik darajasi 29,8 % ga yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baqlajon seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba tanlash, F1 duragaylarini olish va nav yaratish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, istqbolli, ertapishar va hosildor sabzavot ekinlaridan biri baqlajoning yangi Globus navi yaratilgan va ushbu navga Intellektual Mulk Markazi tomonidan № NAP 454 raqamli patent olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19-dekabrdagi 05/06-04-667-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dehqon va fermer xo‘jaliklari baqlajonning yangi navlari bilan ta’minlangan;
baqlajonning yangi Globus navi va F1 Solyaris x Matrosik, F1 Matrosik x Surxon go‘zali,F1 Matrosik x L-29 duragaylari Surxondaryo viloyatining Termiz va Sherobod tumanlarida jami 16,31 gektar maydonda joriy etilgan. Shundan Globus navi 12,5 gektar ochiq maydonda, F1 Solyaris x Matrosik, F1 Matrosik x Surxon go‘zali, F1 Matrosik x L-29 duragaylari 3,81 gektar maydonda poletilen plyonka ostiga ekish amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 19-dekabrdagi 05/06-04-667-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida ochiq maydonda etishtirilgan Globus navining hosildorligi o‘rtacha 67,8 t/ga, rentabellik darajasi 100,2 % ni tashkil etgan. Poletilin plyonka ostida parvarishlangan F1 Solyaris x Matrosik duragayidan gektaridan 88,7 t, F1 Matrosik x Surxon go‘zali duragayidan 89,5 t, F1 Matrosik x L-29 duragayidan 84,5 t hosil olinib rentabellik ko‘rsatkichi mos ravishda 155,1; 157,0; 144,7 % ni tashkil etgan.