Norova Mavjuda Baxodurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohalari antropometrik ko‘rsatkichlarining solishtirma tahlili», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib301.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaev Qodir Raximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetning birinchi turi bilan xastalangan bolalar bosh, yuz-jag‘ sohasining antropometrik ko‘rsatkichlarini qiyosiy baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
insulinga bog‘liq bo‘lgan qandli diabetdan aziyat chekuvchi bolalar kraniofassial sohasidagi morfometrik ko‘rsatkichlari asoslangan;
qandli diabetning birinchi turi bilan og‘rigan bolalarda yuz-jag‘ sohasi va boshning antropometrik o‘lchamlari zamonaviy natijalari asoslangan;
insulinga bog‘liq bo‘lgan qandli diabetdan aziyat chekuvchi bolalarda yuz-jag‘ sohasi va boshning antropometrik o‘lchamlarining sog‘lom bolalarga nisbatan ikkala jinsdagi yoshga mos ravishda o‘zgarishlar isbotlangan;
suyak yoshini pasport yoshidan ortda qolishi sog‘lom bolalar ko‘rsatkichlarida solishtirilganda qandli diabetning birinchi turi bilan og‘rigan bolalarda, ayniqsa qizlarda yaqqol namoyon bo‘lishi isbotlangan;
qandli diabetning birinchi turi bilan xastalangan bolalarda tishlarni yorib chiqish muddatlarining, jumladan sut tishlarini almashinish muddatlarini ortda qolishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet bilan xastalangan bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohalari antropometrik ko‘rsatkichlarining solishtirma tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qandli diabet bilan xastalangan bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohalari antropometrik ko‘rsatkichlarining jismoniy rivojlanishga bog‘liqligi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamlakatimizda qandli diabet bilan xastalangan bolalarning kasallikning bosh va yuz-jag‘ sohalari antropometrik ko‘rsatkichlarini jismoniy rivojlanishga ta’sirini baholash imkonini bergan;
qandli diabet bilan xastalangan bolalarning bosh va yuz-jag‘ sohalari antropometrik ko‘rsatkichlarini solishtirma tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati endokrin dispanseri va Bolalar stomatologiya dispanseri, Bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 iyundagi 8n-z/149-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi qandli diabetning birinchi turi bilan xastalangan bolalarda kasallikning bosh va yuz-jag‘ sohalari patologik holatlar va nuqsonlarni 22,2%ga kamaytirish antropometrik ko‘rsatkichlari jismoniy rivojlanishga ta’sirini va morfometrik ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini erta aniqlash, bemorlarning umr ko‘rish davriyligini uzaytirish, nogironlikning oldini olish va davolash-profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.