Sattorov Akbarali Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Parrandachilik binolarida energiya tejamkor havoni mo‘tadillash sistemalarini tadbiq qilish”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5164.
Ilmiy rahbar: Boboev Sobirjon Muradullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Xayriddinov Botir Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor.
Olimova Nargiz Gulamovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Parrandachilik binolarida mikroiqlimni ta’minlash hamda parranda maxsulotdorligini oshirishga xizmat ko‘rsatuvchi energiya tejamkor havoni mo‘tadillovchi uskunani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parrandachilik binolariga issiq iqlim sharoitida talab etiladigan havoning harorat va namlik parametrlarini ta’minlash uchun vermikulit bilan takomillashtirilgan havoni namlash va sovitish tizimi yaratilgan.
vermikulitdan tayyorlangan bevosita bug‘latishli sovutish qurilmasining issiqlik va massa almashinuv jarayonlarinida tashqi havo harorati, namligi va bevosita bug‘latish qurilmasining geometrik o‘lchamlarini hisobga oladigan matematik model ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan havo sovutish qurilmasida kiruvchi havo nasadka sirti bilan bevosita issiqlik massa almashinuv jarayoni asosida chegaraviy shartlarini inobatga olgan holda havoning chiqishdagi harorati va solishtirma namlik parametrlarini aniqlaydigan formula yaratilgan;
parrandachilik binolarida talab qilingan havo parametrlarini hamda vermikulit materialining fizik-mexanik va fizik-kimyoviy xususiyatlari hisobga olgan holda havoning horarati va nisbiy namligiga bog‘liqligi I-d diagrammasi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parrandachilik binolarining mikroiqlimini hosil qilishda energiya tejamkor havo mo‘tadillovchi uskunani ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalar asosida:
Parrandachilik binolarida mikroiqlimni hosil qilishda tizimi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan “Sangzar parranda” MChJ ga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Parrandasanoat uyushmasining 2024 yil 22 maydagi UA-02/04-185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada parrandachilik binolarida yilning issiq davrida talab etiladigan harorat va namlik parametrlarini taminlab beruvchi energiya tejamkor bevosita suv bug‘lash yoʻli bilan havo sovutuvchi qurilmasining takomillashtirilgan sxemasi hamda suv bug‘lab havo sovutishda issiqlik massa almashinuvi jarayonlarining matematik modeli ishlab chiqilgan;
Ishlab chiqilgan parrandachilik binolarida optimal mikroiqlim parametrlarini ta’minlab beruvchi energiya tejamkor suv bug‘lash yoʻli bilan havo sovutuvchi qurilmasi Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan “Sangzar poultry” MChJ ga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Parrandasanoat uyushmasining 2024 yil 22 maydagi UA-02/04-185-sonli ma’lumotnomasi). Natijada parrandachilik binolarida suv va elektr energiyasi sarfi uchun ketadigan umumiy xarajatlardan 18-20 mln. so‘m tejalishiga erishilgan.