Abdullaev Kamoliddin Yusupovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani saqlash jarayonida sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun tozalagich tosh tutkichli paxta g‘aramlash qurilmasini ishlab chiqish”
05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4435
Ilmiy rahbar: Djamolov Rustam Kamolidinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.T. 181.02
Rasmiy opponentlar: Urozov Mustafo Kulturaevich texnika fanlari doktori, dotsent; Abdug‘afforov Xusniddin Jo‘rabekovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Rolikli tozalash qurilma bilan jihozlangan paxtani qabul qilish-uzatish uskunasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini qabul qilish-uzatish jarayonida paxta tarkibidagi mayda tosh va passiv iflosliklardan tozalovchi rolikli mexanizmli tozalash qurilmasi ishlab chiqilgan va IAP20240048 raqamli patent olingan;
paxta bo‘lakchalarini rolikli tozalash qurilma bilan jihozlangan paxtani qabul qilish-uzatish uskunasi qiya transportyordan tushishda ularning OXY koordinatadagi harakat differensial tenglamasini tuzish orqali chegaraviy shartlardan foydalanib qiya transportyorni chiziqli tezligini maqbul qiymatini to‘g‘ri tanlash bilan rolikli tozalash qurilma bilan jihozlangan paxtani qabul qilish-uzatish uskunasi sirtiga paxta bo‘lakchalarini bir tekisda uzlyuksiz ta’minlashdagi harakati asoslangan;
paxta oqimini uzatishda ishlab chiqilgan dinamik modeliga asosan roliklar sirtidagi paxta harakatini ifodalash uchun roliklardagi paydo bo‘ladigan kinetik va potensial energiyasidan foydalanib ikkinchi tartibli bir jinsli bo‘lmagan differensial tenglamalarni keltirib chiqilgan;
qiya transportyordan tushayotgan paxtani passiv iflosliklardan tozalovchi rolikli tozalash qurilmasining roliklarini ketma-ket vertikal o‘q bo‘ylab siljish (h) balandliklarini, oraliq (b) masofalarini va aylanishlar sonining ketma-ket o‘sib borish (V) tezliklarining maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani qattiq jism va iflosliklardan rolikli tozalash qurilma bilan jihozlangan paxtani qabul qilish-uzatish uskunasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
paxtani g‘aramlash vaqtida rolikli tozalash qurilma bilan jihozlangan paxtani qabul qilish-uzatish uskunasi Surxandaryo viloyatidagi “Muzrabod Indenim” MChJ korxonasining paxta qabul qilish maskanida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 8-oktyabrdagi №03/25-2672 sonli ma’lumotnomasi). Natijada rolikli tozalash qurilmasining tozalash samarasi 19,1 foizni, qattiq jismlarni tutish samarasi esa 90,0 foizni tashkil etdi, tajriba uchun saqlangan paxta g‘aramlarini korxonada qayta ishlash vaqtida tozalash uskunalarining tozalash samarasi I-navli paxtada 85,7 foizni tashkil etib, tozalanmasdan jamg‘arilgan paxtaga nisbatan 7,9 foizga, IV-navli paxtalarda esa tozalash samarasi 81,8 foizni tashkil etdi va tozalanmasdan jamg‘arilgan paxtalarga nisbatan 7,7 foizga yuqori bo‘lishga erishildi.