Djumabaev G‘ulomjon Xalillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Halqali ip yigirish mashinalarini takomillashtirib sifatli ip ishlab chiqarish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T753
Ilmiy maslahatchi: Quliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: “Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti” dan t.f.d., prof. Avazov Komiljon Raxmatovich, “Namangan to‘qimachilik sanoati instituti” dan t.f.d., dotsent Erkinov Zokirjon Erkinboy o‘g‘li, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetidan t.f.d., dots. Urozov Mustafokul Kulturaevichlar
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: halqali yigirish mashinasida pilikni cho‘zish jarayonlarini tadqiqi asosida, cho‘zish asbobi konstruktiv elementlarini takomillashtirish va parametrlarini rostlash orqali ip uzilishlar sonini kamaytirish va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tolasi piligini cho‘zish asbobining yuk valigi takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan hamda uning parametrlari asoslangan;
halqali yigirish mashinasida ishlab chiqarilayotgan ip sifatini ta’minlash uchun tarkibli yuk valigi qoplamasi qattiqligi, diamerti va valikga yuk bosimining optimal parametrlari aniqlangan;
cho‘zish asbobida uchta riflyadan o‘tuvchi tolali qatlamning kirishdagi va chiqishdagi taranglik kuchlarini ifodalovchi, riflyalar orasidagi masofalariga, qamrash burchaklariga, ipdagi buramlar soniga va chiqishdagi tezligiga bog‘liqlik tenglamasi ishlab chiqilgan;
ipdagi buramlarning burchak tezliklarini to‘g‘ri tanlash, ya’ni buramlardan ip hosil qilishda burchak tezliklarini rasional qiymatida ipning taranglik kuchini oshirish orqali ip sifatini oshirishga erishilgan va unga ta’sir etuvchi kuchlarni matematik modeli olingan;
tolali qatlam zichligi va siqish sohasidagi qatlam qalinligi cho‘zish natijasida bir tekisda uzayishini ta’minlash uchun tolali qatlamning cho‘zishdagi deformasiyasi tolali yoy qamrash burchagiga va ikkinchi silindr radiuslariga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Halqali yigiruv mashinasidagi texnologik jarayonlarni va parametrlarni optimallash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yangi konstruksiyadagi ikki qatlamli elastik qoplamali yuk valiklariga O‘zbekiston respublikasi intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Yigirish mashinasining ip cho‘zish uskunasi», №FAP 01051). Yuk valiklari konstruksiyasi ishlab chiqilib, joriy etish natijasida, ip shakllanish zonasiga buram taqsimlanish qiymati 15,42%ga, buram taqsimlanish notekisligi 1,47 marta kamayishi, bu esa ip uzilishlar sonini 24 % kamaytirish imkonini berdi. Cho‘zish asbobi tarkibidagi ishchi qismlar masofalarini to‘g‘ri tanlash, ip assortimentidan kelib chiqib klipsalarning tavsiyaviy konstruksiyasidan foydalanish orqali ipning uzilishlar soni 40% ga, Uster bo‘yicha ip notekisligi 9%ga kamayishiga, ipning nisbiy uzilish kuchi 11,5% ga oshishiga erishilgan;
tadqiqot natijalarida, resurstejamkor, keng assortimentdagi, sifatli ip ishlab chiqarish tadqiq etildi. Ishlab chiqarishning takomillashtirilgan texnologiyasi asosida olingan iplarni ishlab chiqarish «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi «Namangan to‘qimachi holding» korxonalar tarmog‘idagi «HOME textile NT» MChJga tadbiq etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 27 noyabrdagi №03/25-3202-son ma’lumotnomasi). Natijada ip sifati oshishiga, buram sonini kamaytirish orqali ish unumdorligini oshirishga, umumiy hisobdan iplarning uzilishini 36%ga kamayishiga erishilgan.