Saidov Behzod Yusup o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta tozalash jihozlarining ishchi qismlarini takomillashitirish orqali ularning ish muddatini oshirish” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4448
Ilmiy rahbar: Safarov Nazirjon Muxammadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali, Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Mansurbek Raximovich, t.f.f.d., k.i.x.; Mirzaumidov Asilbek Shuhratjonovich, t.f.d., dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtadagi yirik iflosliklarni tozalash jihozlarining arrali garniturasi va cho‘tkali barabanlarini takomillashtirish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali garniturada arrali segmentlar mustahkamligini ta’minlash va cho‘tkali baraban cho‘tka tolalarining ish muddatini oshirish uchun kinematik ta’sirdagi arrali segmentlarning fizik-chiziqsiz-elastik deformatsiyalanishining matematik modeli ishlab chiqilgan;
paxtani yirik iflosliklardan tozalovchi arrali garniturani konstruktiv echimlarga ega bo‘lgan dinamik va kinematik kuchlanganlik deformatsiyalanish holatlari hamda ularning dinamik xarakteristikalari ishlab chiqilgan matematik model asosida aniqlangan;
cho‘tkali baraban cho‘tkalarining ish muddati va unumdorligini oshirish imkonini beruvchi cho‘tka tolalarining arra tishlariga kirish masofasi va arrali baraban burchak tezliklarning o‘zgarish qonuniyatlari dinamik va kinematik tahlillar asosida aniqlangan;
paxtani yirik iflosliklardan tozalash jihozida cho‘tkali baraban cho‘tkalarining ish muddatini oshirish maqsadida arrali baraban o‘qiga nisbatan cho‘tkalari 45o burchak ostida joylashtirilgan takomillashtirilgan konstruksiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta tozalash jihozlarining ishchi qismlarini takomillashitirsh orqali ularning ish muddatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
Ish muddati oshirilgan va parametrlari asoslangan paxtani yirik iflosliklardan tozalash jihozining takomillashtirilgan konstruksiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimlaridagi korxonalarda, xususan, Pop tumani “Pop paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2024-yil 9-sentyabrdagi №03/25-2446 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada cho‘tkalarning eyilishi 1,5 barobar kamayishi, ularning ish muddati 2,0 barobarga oshishi, arrali segmentlarning mustahkamligi ham 1,1 barobarga oshib ularning ish muddati o‘rtacha 2 barobarga oshishiga erishilgan.