Sadikova Nargiza Ibragimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektr-yoy pechlarida po‘lat eritish texnologiyasini ishlab chiqish.”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2854.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayarov Sulaaymon Rashidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Po‘latlarni elektr-yoy pechlarida eritish texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr-yoy pechlarida po‘latlarni suyuqlantirishning koksli texnologiyasi uglerod bilan kislorod o‘rtasidagi kimyoviy aktivlikning pech ichidagi haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
elektr-yoy pechlarida po‘latlarni suyuqlantirishdagi elektr ta’minotining rejimi shixta o‘lchamlari bilan uni suyuqlantirish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida ishlab chiqilgan;
elektr-yoy pechida po‘latlarni suyuqlantirishda ularni flyus bilan ishlov berish texnologiyasi qotishmadagi uglerod bilan flyus tarkibidagi elementlar orasidagi kimyoviy reaksiyalarining amalga oshish qonuniyatlari asosida ishlab chiqilgan;
elektr-yoy pechlaridan olingan po‘latlarni qolipga quyishda qo‘llaniladigan kovshning choynakli konstruksiyasi kovshdagi qotishma tarkibidagi nometall qo‘shimchalarning joylashish sathi asosida ishlab chiqilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektr-yoy pechlarida po‘lat eritish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
-elektr-yoy pechida po‘latlarni suyuqlantirishning koksli texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJ ning quymakorlik sexida joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJ ning 2023 yil 23 sentyabrdagi №01/02/02/02/103-son ma’lumotnomasi). Natijada elektr energiyaning sarfi 17-18% ga kamaygan;
-elektr-yoy pechida po‘latlarni suyuqlantirishda elektr ta’minotining rejimlari “O‘zmetkombinat” AJ ning quymakorlik sexida joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJ ning 2023 yil 23 sentyabrdagi №01/02/02/02/103-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘latlarni suyuqlantirish uchun sarflanadigan vaqt 12-14% ga kamaygan;
-elektr-yoy pechida po‘latlarni suyuqlantirishning flyus bilan ishlov berish texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJ ning quymakorlik sexida joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJ ning 2023 yil 23 sentyabrdagi №01/02/02/02/103-son ma’lumotnomasi). Natijada quyma mahsuloti tarkibidagi nometall qo‘shimchalarning miqdori 16-18% ga kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish