Madaliev Murodil Erkinjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p fazali turbulent oqimlarning matematik modelini ishlab chiqish”, 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T688.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Malikov Zafar Mamatqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Dalaboev Umriddin fizika- matematika fanlari doktori, professor. Ravshanov Normaxmat texnika fanlari doktori, professor, Burnashev Vladimir Fidratovich fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab geometrik shaklga ega jismlarning turbulent oqimini modellashtirish uchun ikki suyuqlik modeli modifikatsiyalarini ishlab chiqish va verifikatsiya qilish, ikki suyuqlik modeli uchun dinamik adaptiv hisoblash to‘rini ishlab chiqish, ikki suyuqlikli yondashuviga asoslangan ko‘p fazali turbulent oqimlarning matematik modelni ishlab chiqish, shuningdek Comsol Multiphysics dasturida ikki suyuqlikli turbulentlik modelini validatsiya qilishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kvadrat kesimli silindr atrofidagi turbulent beqaror oqimni ikki suyuqlikli turbulentlik modeli doirasida, massa va impulsni saqlanish qonunlarini hisobga olgan holda, O.Reynoldsning turbulentlik nazaryasi asosida matematik model ishlab chiqilgan;
ikki suyuqlikli turbulentlik modelining tenglamalarini barqarorlashtirish uchun, Galerkin stabilizatsiyalash usuliga asoslangan holda, model doirasida sonli usul ishlab chiqilgan hamda Comsol Multiphysics dasturida uning integratsiyasi amalga oshirilgan;
turbulent bir fazali oqimlarni mavjud ikki suyuqlikli yondashuv bo‘yicha modellashtirish asosida, ikki va ko‘p fazali turbulent oqimlarning matematik modeli qat'iy fizik saqlanish qonunyatlarini hisobga olib ishlab chiqilgan;
mono va polidispers zarralar uchun ikki suyuqlik yondashuvi asosida separatordagi ikki fazali aylanma oqimning aero-gidrodinamika qonunyatlari asosida matematik modeli ishlab chiqilgan.
ishlab chiqilgan ikki fazali ikki suyuqlikli turbulentlik modelining fazalararo ta’sirini hisobga olgan holda Comsol Multiphysics dasturiga integratsiya qilinishi asosida markazdan qochma separatorning turli fizik-mexanik parametrlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Comsol Multiphysics dasturiga kiritilgan ikki fazali ikki suyuqlik matematik modeli, algoritmlar va dasturiy mahsulotlar asosida:
markazdan qochma o‘tkazuvchan-havo separatori uchun patenti olingan (2022 yil 30 dekabrdagi IAP07253-sonli ixtiro uchun patent);
markazdan qochma separator qurilmasi changtutgich sifatida Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 04-02/7-1789-sonli guvohnomasi). Natijada changtutgichning samaradorligi 80% dan 95% gacha oshishi ta’minlangan;
markazdan qochma separator gidrotsiklon sifatida Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 27-iyundagi 3/17-2326-sonli guvohnomasi). Natijada gidrotsiklon samaradorligi 5-10% ga oshgan va 1 mikrondan 0,1 sm gacha bo‘lgan zarrachalarning 95% gacha ushlash imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish