Bokieva Charos Sharofovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “KOVID-19 o‘tkazgan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bor bemorlarni davolash usullarini optimallashtirish”, 14.00.05 – Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD/Tib2669.
Ilmiy rahbar: Tilloeva Shaxlo Shavkatovna, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, PhD.04/30.09.2020.Tib.123.01.
Rasmiy opponentlar: Nurboev Farmon Ergashovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Muminov Davron Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: KOVID-19 o‘tkazgan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bor  bemorlarni  davolashning yangi samarali yondoshuvlarini  takomilashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘SOK mavjud KOVID-19 o‘tkazgan bemorlar psixoemosional holati va hayot sifati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, qonning kislorod bilan saturatsiyasining pasayishi, o‘pkada fibroz rivojlanishi zo‘raytiruvchi omil ekanligi asoslangan;
KOVID-19 o‘tkazgan O‘SOK arterial gipertenziya bilan birga kechgan o‘rta pog‘onasi aniqlangan bemorlar va O‘SOK og‘ir darajadagi bemorlardagi o‘pka fibrozining  klinik–laborator ko‘rsatkichlari darajasi  mosligi aniqlangan;
O‘SOK arterial gipertenziya bilan birga kelgan bemorlarning  psixoemosional holat buzilishlari va  o‘pkada fibroz rivojlanishini orasida musbat kuchli korrelyason bog‘liqliklar aniqlangan;
o‘pkada rivojlangan fibroz asoratlarini davolashni optimallashtirishga yordam beruvchi kompleks terapiya davo rejasi o‘pkaning ventiyasion-perfuziya holatiga ahamiyatli ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«KOVID-19 o‘tkazgan o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi bor bemorlarni davolash usullarini optimallashtirish» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 08 iyuldagi 02/52-son xulosasi olingan.  
birinchi ilmiy yangilik: O‘SOK mavjud KOVID-19 o‘tkazgan bemorlar psixoemosional holati va hayot sifati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, qonning kislorod bilan saturatsiyasining pasayishi, o‘pkada fibroz rivojlanishi zo‘raytiruvchi omil ekanligi asoslangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: KOVID-19 o‘tkazgan O‘SOK mavjud bemorlar psixoemotsional holati va hayot sifati ko‘rsatkichlarining o‘zgarishini erta aniqlash o‘pkada bo‘ladigan asoratlarni oldini olish imkonini berdi va erta tashxisot natijasida takroriy MSKTda ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: KOVID-19 o‘tkazgan O‘SOK mavjud bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 156200  so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: KOVID-19 o‘tkazgan O‘SOK birga kechgan bemorlarda fibroz rivojlanishini erta bosqichlarida  tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 78348 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 80432 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik KOVID-19 o‘tkazgan O‘SOK arterial gipertenziya bilan birga kechgan o‘rta pog‘onasi aniqlangan bemorlar va O‘SOK og‘ir darajadagi bemorlardagi o‘pka fibrozining  klinik–laborator ko‘rsatkichlari darajasi  mosligi aniqlangan;  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:o‘tkazilgan tadqiqotlarda KOVID-19 o‘tkazgan o‘rta pog‘ona  O‘SOK, ya’ni arterial gipertenziya bilan birga kelganda  bemorlarda kasallik belgilaring og‘irroq kechganligi aniqlangan. Bu esa komorbid kechganda kasallik darjalarining  og‘ir kechishiga bemor ahvolining og‘irlashuviga olib kelishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: KOVID-19 o‘tkazgan o‘rta pog‘ona  O‘SOK, ya’ni arterial gipertenziya bilan birga kelganda yurak qon-tomir kasalliklari mavjud bemorlarda xavf omillarini o‘z vaqtida bartaraf etish natijasida bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa laborator tahlillar soni  2 martaga qisqarishi, asoratlanishni 2 martaga kamayishi hisobidan  har 1 nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 86324 so‘m, byudjetdan tashqari 57 412 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa KOVID-19 o‘tkazgan o‘rta pog‘ona  O‘SOK, ya’ni arterial gipertenziya bilan birga kelganda kuzatiladigan o‘pkadagi fibroz darajalarini kamaytirish, yurak-qon tomir kasalliklari asoratlarini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida har 1 nafar bemordan 98577 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: O‘SOK arterial gipertenziya bilan birga kelgan bemorlarning  psixoemosional holat buzilishlari va  o‘pkada fibroz rivojlanishini orasida musbat kuchli korrelyasion bog‘liqliklar baholangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda O‘SOKda psixoemotsional holat buzilishlari agar kasallik arterial gipertenziya bilan birga kechgan   bemorlarda  kasallik rivojlangan sari bemorlardagi psixoemotsional holatlarning buzilishlari va o‘pkaning perfuzion-ventilyasion ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan. O‘SOKda psixoemotsional holat buzilishlari agar kasallik arterial gipertenziya bilan birga kelganda kasallik belgilarining og‘irrroq kechishining  ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida  tashxislash orqali 65-75% hollarda bemorlarda kasallik belgilarining kamayishi, o‘z navbatida bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘SOKda psixoemotsional holat buzilishlari agar kasallik arterial gipertenziya bilan birga kechgan   bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha  bajariladigan  boshqa instrumental tekshiruvlar va  laborator tahlillar soni  2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga bir yilda byudjet hisobidan 58300 so‘m, byudjetdan tashqari 44100 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: O‘SOKda psixoemotsional holat buzilishlari  arterial gipertenziya bilan birga kelganda u o‘pkada fibroz rivojlanishini avj olishi asosida ishlab chiqilgan tashxisot mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan   88450 so‘mga  iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:O‘pkada rivojlangan fibroz asoratlarini davolashni optimallashtirishga yordam beruvchi kompleks terapiya davo rejasi o‘pkaning ventiyasion-perfuziya holatiga ahamiyatli ta’siri isbotlangan;  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan  iborat:   o‘pkada   rivojlangan  fibroz  asoratlarini davolashni  optimallashtirishga yordam  beruvchi   kompleks   terapiya  davo rejasi  o‘pkaning  ventiyasion -perfuziya holatiga baho berish natijasida, kompleks davo fonida o‘pkaning ventilyasion qobiliyatining oshishi, bosh miyaning davomli gipoksiyasining pasayishi va hissiy buzilishlar belgilarini ijobiy tomonga o‘zgarganligi bemorlarning hayot sifati darajasi oshishiga olib kelgan. Antiagregantlar bilan birga so‘riltiruvchi vositalarni fizioterapevtik usulda berish bemorlar uchun birinchidan iqtisodiy tomondan engil bo‘lsa, ikkinchidan bu dori vositasini uzoq muddatda  uy sharoitida ham qabul qila oladi, longidazani elektroforez usulida berish natijasida bemorlarda o‘pkaning ventilyasion-perfuzion funksiyalarining yaxshilanishiga, qonning kislorod bilan to‘yinishi, ya’ni saturatsiyaning yaxshilanganligi, yo‘tal va balg‘am ajralishini yaxshilanganligi tadqiqotlarda aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasini o‘tkazgan, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida  o‘pkada rivojlangan fibroz asoratlarini davolashni optimallashtirishga yordam beruvchi davo choralarini qo‘llash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 173800  so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: KOVID-19 o‘tkazgan O‘SOK birga kechgan bemorlarda fibroz rivojlanishini erta bosqichlarida tashxislash va davolashni birga olib borish natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 87200 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 66300 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish