Zaxidov Kobiljon Tairdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arab-musulmon davlatchiligining shakllanishi va unga tashqi sivilizatsiyalarning ta’siri (VII-IX asrlar)” mavzuidagi 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Isl11
Ilmiy maslahatchi: tarix fanlari doktori, professor Hasanov Ahadjon Ahmadjonovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li; tarix fanlari doktori, professor, akademik Yusupova Dilorom Yunusovna; tarix fanlari doktori, professor Ishoqov Mirsodiq Mirsultonovich.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi VII-IX asrlarda ilk arab-musulmon davlatchiligi shakllanishi va bunda ichki va tashqi sivilizatsiyalar ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad (s.a.v) vafotidan keyin vahiy to‘xtashi natijasida teokratik jarayon nihoyasiga etdi va arab-musulmon davlatida hokimiyat taqsimlanishi anʼanasi Vizantiya hamda Sosoniylar imperiyalari boshqaruv tizimi ta’sirida takomillashib, “خليفة” (xalifa), “وزير” (vazir), “والي” (voliy), “شرطي” (shurtiy), “ديوان” (devon) singari mustaqil institutlarga asos solinishi oqibatida ularning vazifalari belgilab berilgani dalillangan;
arab-musulmon hokimiyatining boshqaruv madaniyati etarlicha taraqqiy etmagani sababli tashqi sivilizatsiyalardan o‘zlashtirilgan “ديوان” (devon) tizimiga mahalliy arboblarni jalb qilishi natijasida hisob-kitob ishlarni olib borish uchun tayinlangan xodimlar Eronda fors, Vizantiyada yunon, Misrda qibtiy tillarida olib borish omillari aniqlangan;
Xalifalik teokratik boshqaruv hisoblanmay, hokimiyatning meros qoldirilishi, diniy vazifalarning ulamolarga yuklanishi singari dunyoviy prinsiplarga asoslanganiga qaramay hukmdorlar o‘z hokimiyatini sakrallashtirish maqsadida “خليفة” (xalifa), “أمير المؤمنين” (muʼminlarning amiri), “إمام” (imom), “خليفة الله” (Allohning xalifasi), “خليفة الرحمن” (Rahmonning xalifasi) kabi turli taxalluslarni olganliklari ilmiy asoslangan;
hozirda o‘zlarini “xalifa” (خليفة) deb iddao qilayotgan ba’zi kimsalarning da’volari sahobalar ijmosi (اجماع الصحابة) bilan qabul qilingan Payg‘ambar o‘rinbosarining “Qurayshdan”, “islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan”, “Madinaga hijrat qilgan” hamda “Badr jangida qatnashgan” bo‘lishi shartlarining biror kishida topilmasligi sababidan ham asossiz ekani dalillangan;
musulmon davlatining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida dunyoviylik prinsiplari dastlabki davrlardan ustunlik kasb eta boshlagani xalifa Umar ibn Xattobning arab xristianlaridan bo‘lgan Banu Tag‘lib (بنو تغلب) qabilasining musulmon armiyasi tarkibida jang qilishga ruxsat bergani hamda ular uchun “جزية” (jizya – jon solig‘i) o‘rniga musulmonlardan olinadigan “زكاة” (zakot) ikki barobar to‘lashlarini joriy qilgani bilan asoslangan;
musulmonlarning Eron, Shom, Misr mamlakatlariga kirib borishlari hamda mazkur hududlarni nazoratda ushlab turish maqsadida ko‘ngilli jangchilar o‘rniga tashkil etilgan maosh oluvchi muntazam harbiy xizmat takomillashib, dengiz (أسطول) va quruqlikdagi (جيش) qo‘shinlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va buning natijasida majburiy harbiy xizmat tizimining shakllanishi davlatning harbiy salohiyatini shiddat bilan oshib borishiga xizmat qilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Arab-musulmon davlatchiligining shakllanishi va unga tashqi sivilizatsiyalarning ta’sirini tadqiq etishga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa, natija va takliflar asosida:
Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin vahiy to‘xtashi natijasida teokratik jarayon nihoyasiga etdi va arab-musulmon davlatida hokimiyat taqsimlanishi anʼanasi Vizantiya hamda Sosoniylar imperiyalari boshqaruv tizimi ta’sirida takomillashib, “خليفة” (xalifa), “وزير” (vazir), “والي” (voliy), “شرطي” (shurtiy), “ديوان” (devon) singari mustaqil institutlarga asos solinishi oqibatida ularning vazifalari belgilab berilgani dalillanganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” ensiklopediyasi mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 14-iyundagi 02/252 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy jamoatchilikda arab-musulmon davlatchiligi rivojida Vizantiya va Sosoniylar imperiyalari anʼanalari ta’siri borasidagi yangi xulosalarning etib borishiga xizmat qilgan;
arab-musulmon hokimiyatining boshqaruv madaniyati etarlicha taraqqiy etmagani sababli tashqi sivilizatsiyalardan o‘zlashtirilgan “ديوان” (devon) tizimiga mahalliy arboblarni jalb qilishi natijasida hisob-kitob ishlarni olib borish uchun tayinlangan xodimlar Eronda fors, Vizantiyada yunon, Misrda qibtiy tillarida olib borish omillari aniqlanganiga oid ilmiy xulosalardan buyurtma asosida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan “Muhim savol-javoblar” hamda “Dolzarb raddiyalar” nomli kitoblar mazmuniga singdirilgan (Islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 24-iyundagi 01/73 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mutaxassislarga arab-musulmon hokimiyatida “devon” tizimining o‘rni borasidagi yangi ma’lumotlarning etkazilishiga erishilgan;
Xalifalik teokratik boshqaruv hisoblanmay, hokimiyatning meros qoldirilishi, diniy vazifalarning ulamolarga yuklanishi singari dunyoviy prinsiplarga asoslanganiga qaramay hukmdorlar o‘z hokimiyatini sakrallashtirish maqsadida “خليفة” (xalifa), “أمير المؤمنين” (muʼminlarning amiri), “إمام” (imom), “خليفة الله” (Allohning xalifasi), “خليفة الرحمن” (Rahmonning xalifasi) kabi turli taxalluslarni olganliklari ilmiy asoslanganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan “Islom tarixi”, “Dinshunoslik” kabi fanlardan o‘quv adabiyotlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 4-iyuldagi 02-02/2044 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, professor-o‘qituvchilar va talabalarga xalifalik institutining paydo bo‘lishi, saylov usullari haqidagi ma’lumotlarni etkazishga erishilgan;
hozirda o‘zlarini “xalifa” (خليفة) deb iddao qilayotgan ba’zi kimsalarning da’volari sahobalar ijmosi (اجماع الصحابة) bilan qabul qilingan Payg‘ambar o‘rinbosarining “Qurayshdan”, “islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan”, “Madinaga hijrat qilgan” hamda “Badr jangida qatnashgan” bo‘lishi shartlarining biror kishida topilmasligi sababidan ham asossiz ekani dalillanganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida “Diniy ma’rifiy va ijtimoiy-ma’naviy soha targ‘ibotchilari uchun ayrim atama va tushunchalarning izohli lug‘ati”, “Diniy ma’rifiy suhbatlar” nomli qo‘llanmalari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2024-yil 3-oktyabrdagi 02-03/2466 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy-diniy muhit barqarorligi, aholi, ayniqsa, yoshlarni din niqobi ostidagi turli buzg‘unchi oqimlarning tahdidlaridan ogoh etishga xizmat qilgan;
musulmon davlatining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida dunyoviylik prinsiplari dastlabki davrlardan ustunlik kasb eta boshlagani xalifa Umar ibn Xattobning arab xristianlaridan bo‘lgan Banu Tag‘lib (بنوتغلب) qabilasining musulmon armiyasi tarkibida jang qilishga ruxsat bergani hamda ular uchun “جزية” (jizya – jon solig‘i) o‘rniga musulmonlardan olinadigan “زكاة” (zakot) ikki barobar to‘lashlarini joriy qilgani bilan asoslanganiga doir ilmiy xulosalar buyurtma asosida “Islomning Markaziy Osiyoga yoyilishi: Movarounnahrda diniy-ma’naviy va ilmiy madaniy markazlanning shakllanishi va rivojlanishi” loyihasi doirasida tayyorlangan “Movarounnahr ilmiy markazlar” albom-kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivlizatsiyasi markazining 2024-yil 11-noyabrdagi №06-07/742/1 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, arab-musulmon davlatchiligi rivojiga tashqi sivilizatsiyalar, ya’ni Vizantiya va Sosoniylar imperiyalarining ta’sirini aniqlashga erishilgan.
musulmonlarning Eron, Shom, Misr mamlakatlariga kirib borishlari hamda mazkur hududlarni nazoratda ushlab turish maqsadida ko‘ngilli jangchilar o‘rniga tashkil etilgan maosh oluvchi muntazam harbiy xizmat takomillashib, dengiz ((أسطول va quruqlikdagi (جيش) qo‘shinlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va buning natijasida majburiy harbiy xizmat tizimining shakllanishi davlatning harbiy salohiyatini shiddat bilan oshib borishiga xizmat qilgani aniqlanganiga doir ilmiy xulosalardan buyurtma asosida“O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga berilgan “Tarixiy savol: Movarounnahrda ilk islomiy ta’limotlar” va “Tarixning bir lahzasi: Misrda hukmronlik qilgan turkiy sulolalar” mavzusidagi ko‘rsatuvlarda ishtirok etilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2024-yil 26-sentyabrdagi 06-28-895 son ma’lumotnomasi). Natijada, islom davlatchiligining Movarounnahr diyoriga ta’siri, islom olamidagi buyuk shaxslar va ularning ziyoratgohlari hamda Misr, Shom o‘lkalarida hukmronlik qilgan turkiy (o‘zbek) sulolalari haqida ilmiy xulosalar berishga erishilgan.