Rajabov Behzod Mirshodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari filial tarmoqlari samaradorligini baholashni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Izbosarov Boburjon Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari filiallari faoliyati samaradorligini oshirish va ular faoliyati natijalarini baholashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari filiallari faoliyati natijalarini baholashning umumlashgan ko‘rsatkichlardan iborat reyting baholash tizimi taklif etilgan;
tijorat banklari filiallarining operatsion samaradorlik CIR (Cost/Income Ratio) ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtacha MD(35-40%) oraliqni ta’minlash orqali filiallar faoliyati samaradorligini oshirish asoslangan;
tijorat banklari filiallarining jami daromadlari tarkibida foizsiz daromadlar ulushini 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali filiallar samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish asoslangan;
tijorat banklari filiallari samaradorligini oshirish maqsadida “Smart-filial” modelini joriy etish hisobiga operatsion xarajatlarni kamaytirish orqali filiallar samaradorligini oshirish asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining filiallar tarmoqlarining samaradorligini oshirish va uni baholashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari filiallari faoliyati natijalarini baholashning umumlashgan ko‘rsatkichlardan iborat reyting baholash tizimi joriy etish taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2024 yil 02 iyuldagi 45/1-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan 908-sonli “Xodimlarga ish haqi to‘lash va ularning mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi tartibida o‘z aksini topgan. Natijada, bankning filiallar samaradorligi bo‘yicha sof foyda ko‘rsatkichi 2023 yil yakuni bo‘yicha o‘rtacha 46,8 mlrd.so‘mni tashkil etib, o‘tgan 2022 yil 31 dekabr holatiga (40,4 mlrd.so‘m) nisbatan 6,4 mlrd so‘m yoki 16 foizga o‘sishiga erishilgan;
tijorat banklari filiallarining operatsion samaradorlik CIR (Cost/Income Ratio) ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘rtacha MD(35-40%) oraliqni ta’minlash filiallar faoliyati samaradorligini oshirishi taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2022 yil 25 noyabrdagi 61-sonli yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank”ning 2023-yil uchun biznes-rejasi” da o‘z aksini topgan. Ushbu tavsiyani joriy etilishi natijasida bankning operatsion samaradorlik CIR ko‘rsatkichi 2023 yil 31 dekabr holatiga 41 foizni tashkil etdi hamda xalqaro amaliyot me’yorlari darajasiga muvofiqligi ta’minlangan;
tijorat banklari filiallarining jami daromadlari tarkibida foizsiz daromadlar ulushini 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash orqali filiallar samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2022 yil 1 noyabrdagi 17-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank”ning 2023 yil uchun mo‘ljallangan biznes-rejasi” da foydalanilgan. Ushbu taklifni AT “Aloqabank” da joriy etilishi natijasida 2023 yil yakuni bo‘yicha bank foizsiz daromadlarining jami daromadlardagi ulushi 45 foizga etishiga erishildi;
tijorat banklari filiallari samaradorligini oshirish maqsadida “Smart-filial” modelini joriy etish hisobiga operatsion xarajatlarni kamaytirish orqali filiallar samaradorligini oshirish taklifi AT “Aloqabank” Kuzatuv kengashining 2023 yil 15 dekabrdagi 95-son yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan “AT “Aloqabank” faoliyatini transformatsiya qilish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasi” da inobatga olingan. Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida AT “Aloqabank”ning operatsion xarajatlari qisqartirilishi va filiallar faoliyati samaradorligi oshirilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish