Xolbaev Azamat Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda informatsion risklarni sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish istiqbollari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1502.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamroev Mexroj Sirojxonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, PhD.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘urta bozorida informatsion risklarni sug‘urtalashni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
informatsion risklarni sug‘urtalash samaradorligini oshirish maqsadida shartnoma oldi ekspertizada tabaqalashgan chegaraviy me’yoriy miqdorlari 1 balldan 5 ballgacha  belgilanishi asoslangan;  
informatsion risklarni sug‘urtalashda sug‘urtalanuvchilarning raqamli sug‘urta profilini yaratish orqali sug‘urta mukofotlarini belgilash amaliyotini soddalashtirish taklif etilgan;
informatsion risklarni sug‘urtalashda sug‘urtaga qabul qilinayotgan resurslar qiymati, xavflardan himoyalanganlik darajasi, yo‘qotishlar ehtimolliklarini hisobga olish orqali risklarni baholashni ta’minlash taklifi asoslangan;
informatsion risklarning yuzaga kelish sharoitiga qarab ularni mulk sug‘urtasi, javobgarlik sug‘urtasi va baxsiz hodisalardan sug‘urtalash klasslari asosida sug‘urta mahsulotlarini taqdim etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda informatsion risklarni sug‘urtalashni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
informatsion risklarni sug‘urtalash samaradorligini oshirish maqsadida shartnoma oldi ekspertizada tabaqalashgan chegaraviy me’yoriy miqdorlari 1 balldan 5 ballgacha  belgilanishi bo‘yicha taklifi «ALSKOM SUGʻURTA KOMPANIYaSI» sug‘urta kompaniyasi 2022 yil 1 iyundagi 5-sonli bayyonnomasida «Kiber risklarni sug‘urtalash» sug‘urta qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan («ALSKOM SUGʻURTA KOMPANIYaSI» sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 29 noyabrdagi 04-1986-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompaniyada informatsion risklarni baholash uslubiyotida sug‘urtalanuvchilarning turli xil informatsion risklardan himoyalanganlik darajasini hisobga olish uchun 1 balldan 5 ballgacha  baholash algoritmi ishlab chiqilgan.
salohiyatli sug‘urtalanuvchilarning raqamli sug‘urta profilini yaratish orqali sug‘urta dasturlarini taqdim etish bo‘yicha taklifi «ALSKOM SUGʻURTA KOMPANIYaSI» sug‘urta kompaniyasi 2022 yil 1 iyundagi 5-sonli bayyonnomasida «Axborot risklarini sug‘urtalash» qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan («ALSKOM SUGʻURTA KOMPANIYaSI» sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 29 noyabrdagi 04-1986-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida,  kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan sug‘urta turlarining qamrovlik va sug‘urtalanuvchilarning himoyalanganlik darajasi oshishi ta’minlangan;
informatsion aktivlarni resurslarning qiymati, ularning  himoyalanganlik darajasi va risklarni yuz berish ehtimoligi asosida  sug‘urta tariflarini taqdim etish bo‘yicha taklifi, AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasi  2022 yil 2 martdagi IN-02-sonli bayyonnomasida «Informatsion aktivlarni sug‘urtalash» qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 18 noyabrdagi №01/01-363-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urtaga qabul qilinayotgan risklarni past, o‘rta va yuqori ehtimollikda yuz berish xavfi baholangan. Buning natijasida sug‘urta kompaniyasida informatsion risklarni to‘g‘ri baholash va optimal tarif stavkalarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan;   
informatsion risklarni sug‘urta klassifikatoriga mos ravishda guruhlashtirish asosida yangi sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi  AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasi  2022 yil 2 martdagi IN-02-sonli bayyonnomasida «Informatsion aktivlarni sug‘urtalash» qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (AJ «TRUST-INSURANCE» sug‘urta kompaniyasining 2022 yil 18 noyabrdagi №01/01-363-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida kompaniya tomomnidan taqdim etilayotgan sug‘urta turlari informatsion risklarni sug‘urtalash sug‘urta turi bilan kengaytirildi. Natijada sug‘urta kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilyotgan sug‘urta turlari soni 26 taga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish