Maxmudxodjaeva Umida Muminovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni oilaviy va fuqaroviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish”. 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Yu231.
Ilmiy maslahatchi: Narmatov Nuriddin Soatmurodovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Samarxodjaev Botir Bilalovich, yuridik fanlar doktori, professor; Boratov Mirodiljon Homidjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Abdurahmonova Xosiyatxon Baxtiyorjon qizi, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni oilaviy va fuqaroviy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslar, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolaga, uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda yuzaga kelgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etilishi lozimligi asoslantirilgan;
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshirilishi, bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerakligi asoslab berilgan;
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyatining ko‘rsatmalari asosida kiritilishi va bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yozilishi asoslab berilgan;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida voyaga etmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga etmaganlarning o‘z arizasiga ko‘ra o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rishi shartligi asoslab berilgan;
ota-ona uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shartligi, bu holda vasiylik yoki homiylik, agar bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, belgilanishi asoslantirilgan;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizani sababini ko‘rsatib (yoki sababini bayon qilib) va o‘zi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerakligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
bolaga, uning manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kelgusida uning sha’ni va qadrini kamsitishi mumkin bo‘lgan ism berilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, bola ismiga doir kelishuv mavjud bo‘lmaganda yuzaga kelgan kelishmovchilik vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etilishi”ga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 4-bobi 24-bandi 1-xatboshisini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 9-sentyabrdagi 12-1-389-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bolaning ismga bo‘lgan huquqini himoya qilishga, jamiyatda unga nisbatan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan kamsitishlarning oldini olishga xizmat qilgan;
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa ma’muriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma to‘rt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerakligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 4-bobi 29-bandini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 9-sentyabrdagi 12-1-389-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bolaning shaxsini aniqlashga bo‘lgan huquqini himoyalashga xizmat qilgan;
topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashtirilgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi ma’muriyatining ko‘rsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yozilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari”ning 4-bobi 30-bandi 2-xatboshisini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 9-sentyabrdagi 12-1-389-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bolaning shaxsini aniqlashga hamda nasl-nasabini bilishga bo‘lgan huquqini himoyalashga xizmat qilgan;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida voyaga etmaganlarga nisbatan ular ota-onasining yoki voyaga etmaganlarning o‘z arizasiga ko‘ra o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rishi shartligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-364-sonli Qonunining 20-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 7-noyabrdagi 04/10-10-42-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ota-onalar tomonidan bolalarni uzoq muddatga yolg‘iz qoldirib ketish holatlarida bolaning qarovsiz qolishining oldini olishga xizmat qilgan;
ota-ona uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasini qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shartligi, bu holda vasiylik yoki homiylik agar bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, belgilanishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-364-sonli Qonunining 20-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 7-noyabrdagi 04/10-10-42-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi bolaning qarovsiz qolish holatlari vujudga kelgan taqdirda uning manfaatlarini himoyalashga xizmat qilgan;
ota-ona uch oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketishidan kamida bir oy oldin o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizani sababini ko‘rsatib (yoki sababini bayon qilib) va o‘zi vaqtincha yoki doimiy yashayotgan hududning vasiylik va homiylik organiga berishi kerakligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 2-yanvardagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘RQ-364-sonli Qonuni 20-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 7-noyabrdagi 04/10-10-42-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ota-onalar tomonidan bolaning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yuridik harakatlarni amalga oshirishga xizmat qilgan.