Xaydaraliev Shuhratjon Abdulazizovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo xalqlari do‘stligi va birdamligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy tahlili” 09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Fal1162
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich siyosiy fanlar doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Atakulovich falsafa fanlari doktori(DSc), professor, O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovna falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent Baltabaeva Aida Tinaybekovna falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo xalqlari do‘stligi va birdamligini ta’minlash jarayonlarida O‘zbekistonning imkoniyatlari, manfaatlarining xususiyatlarini ochib berish hamda mintaqada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida “hamkorlik”, “ikki tomonlama hamkorlik”, “ko‘p tomonlama hamkorlik”, “mintaqaviy hamkorlik”, tushunchalari ijtimoiy falsafiy jihatdan tavsiflanib, ularning davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish mexanizmi sifatidagi roli va globallashuv sharoitida mintaqaviy hamkorlik ijtimoiy zaruriyat ekanligi ilmiy asoslangan;
jahonda kechayotgan jadal o‘zgarishlar va turli ziddiyatlar sharoitida davlatlararo munosabatlarda nafaqat integratsiya balki, ko‘ptomonlama hamkorlik ham ularning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omil ekanligi hamda global, mintaqaviy o‘zgarishlarga muvofiqlik, xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlarga hozirjavoblik nuqtayi nazardan (Turkiston -umumiy uyimiz) shiori ostida mintaqaviy uyushmalar tashkil etish samarali ekanligi ochib berilgan;
Markaziy Osiyoda O‘zbekiston manfaatlarini transport-kommunikatsiya tizimida, Markaziy Osiyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va mintaqadagi mavjud tabiiy boyliklarni dunyo bozoriga olib chiqish; qo‘shnilar bilan yaqin dengiz yo‘liga chiqish borasida hamkorlikni amalga oshirish omili bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash, O‘zbekiston chegaralari orqali mintaqadagi barcha davlatlarni bog‘lab turish tizimini rivojlantirish lozimligi asoslab berilgan;
Markaziy Osiyodagi iqtisodiy va madaniy – gumanitar aloqalarga plyuralistik yondashuvlar, ularni etnomadaniy mushtaraklik atrofida uyg‘unlashtirish hamda mintaqadagi hamkorlikni mutahkamlashda o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirish imkoniyatlari (energiya resurslarini birgalikda qayta ishlash, mintaqaviy turizmni rivojlantirish, xalq diplomatiyasini kuchaytirish) asoslab berilgan;
Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani yangi bosqichga ko‘tarish, tinchlik, barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, etnokonfessional aloqalarni mustahkamlashdagi O‘zbekiston Respublikasining tashabbuslari va konstruktiv xamkorligining ahamiyati hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda mintaqa xalqlarini faollashtirish mexanizmlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo xalqlari do‘stligi va birdamligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy tahlili tadqiqoti natijasi asosida:
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida “hamkorlik”, “ikki tomonlama hamkorlik”, “ko‘p tomonlama hamkorlik”, “mintaqaviy hamkorlik”, tushunchalari ijtimoiy falsafiy jihatdan tavsiflanib, ularning davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish mexanizmi sifatidagi roli va globallashuv sharoitida mintaqaviy hamkorlik ijtimoiy zaruriyat ekanligiga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-yil fevral va aprel oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 8-apreldagi 04-36-480-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiya ilmiy xulosari mintaqa xalqlarining qalbi, ma’naviy olamini anglash, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarni sifatli qondirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda faol qatnashishiga xizmat qilgan;
jahonda kechayotgan jadal o‘zgarishlar va turli ziddiyatlar sharoitida davlatlararo munosabatlarda nafaqat integratsiya balki, ko‘ptomonlama hamkorlik ham ularning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omil ekanligi hamda global, mintaqaviy o‘zgarishlarga muvofiqlik, xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlarga hozirjavoblik nuqtayi nazardan (Turkiston -umumiy uyimiz) shiori ostida mintaqaviy uyushmalar tashkil etish samarali ekanligiga oid ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti”, 15-bandi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil
13-apreldagi 132-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Markaziy Osiyo xalqlari do‘stligi va birdamligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy tahlil etishga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyoda O‘zbekiston manfaatlarini transport-kommunikatsiya tizimida, Markaziy Osiyo bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lish va mintaqadagi mavjud tabiiy boyliklarni dunyo bozoriga olib chiqish; qo‘shnilar bilan yaqin dengiz yo‘liga chiqish borasida hamkorlikni amalga oshirish omili bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash, O‘zbekiston chegaralari orqali mintaqadagi barcha davlatlarni bog‘lab turish tizimini rivojlantirish lozimligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi Saylovoldi dasturining “Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash” qismining asosiy ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 10-oktyabrdagi 1-429-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy g‘oyalar O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona hamkorligining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish, mintaqada millatlararo munosabatlarning milliy va mintaqaviy xususiyatlari ochib berishga nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Markaziy Osiyodagi iqtisodiy va madaniy – gumanitar aloqalarga plyuralistik yondashuvlar, ularni etnomadaniy mushtaraklik atrofida uyg‘unlashtirish hamda mintaqadagi hamkorlikni mutahkamlashda o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan siyosatni amalga oshirish imkoniyatlari (energiya resurslarini birgalikda qayta ishlash, mintaqaviy turizmni rivojlantirish, xalq diplomatiyasini kuchaytirish) asoslab berilganligiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 8-noyabrdagi 14-07-1746 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya ishida ko‘rsatib o‘tilgan muhim xulosalar O‘zbekistondagi qirg‘iz, qozoq, tojik va turkman milliy madaniy markazlari va “O‘zbekiston-Qozog‘iston”, “O‘zbekiston-Qirg‘iziston”, “O‘zbekiston-Tojikiston” va “O‘zbekiston-Turkmaniston” do‘stlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etishga samarali xizmat qilgan.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani yangi bosqichga ko‘tarish, tinchlik, barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, etnokonfessional aloqalarni mustahkamlashdagi O‘zbekiston Respublikasining tashabbuslari va konstruktiv xamkorligining ahamiyati hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda mintaqa xalqlarini faollashtirish mexanizmlari ochib berilganligiga oid ilmiy natijalaridan Qirg‘iz Respublikasidagi “Kyrgyz-Turkish Manas” universitetining “Media Manas” televizion markazi, “Manas radio stansiyada” hamda “Manas telekanali” faoliyati davomida sohaga doir teleradio eshittirishlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Qirg‘iz Respublikasining “Kyrgyz-Turkish Manas” universitetining 2024-yil 30-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy Osiyoda mintaqaviy integratsiyani yangi bosqichga ko‘tarish, tinchlik, barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash, etnokonfessional aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan.