Solieva Dilfuza Abidovnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koordinatsion qobiliyatlarni “DAS” sport o‘yini yordamida rivojlantirish va baholash metodikasi (maktab o‘quvchilari va voleybolchilar misolida)”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3735.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Boltaev Zayniddin Boltaevich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamoali sport turlariga xos koordinatsion qobiliyatlarni bir vaqtning o‘zida shakllantirish va baholash imkoniyatini yaratuvchi “DAS” sport o‘yinini ishlab chiqish va uning samaradorligini ilmiy asoslashdan bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jamoali sport turlariga xos koordinatsion qobiliyatlarni (muvozanat saqlash turg‘unligi, o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezligi, harakat aniqligi va h.k.) rivojlantirishda amaldagi an’anaviy testlarning modifikatsiyalashtirilgan variantlari va ilk bor yaratilgan yangi sport o‘yini vositalarini mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga harakatlarni bir vaqtni o‘zida samarali takomillashtirish hamda obektiv baholash imkoniyati kengaytirilgan;
malakali voleybolchi-talabalar bilan o‘tkazilgan an’anaviy mashg‘ulotlarda yetakchi koordinatsion qobiliyatlarni shakllanish sur’atini ixtisoslashtirilgan testlar va yangi sport o‘yini dasturi yordamida integral tartibda aniqlash metodikasi takomillashtirilgan;
muvozanat saqlash turg‘unligi “sust” va “yaxshi” rivojlangan malakali voleybolchi-talabalarda yangi sport o‘yinida qo‘llaniladigan dastalarni o‘ng va chap qo‘lda ushlash asimmetriyasi aniqlangan hamda ushbu qobiliyatni simmetrizatsiyalash imkoniyatlarini ishonchli sur’atlarda oshirish hisobiga harakatlar texnikasi takomillashtirilgan;
malakali voleybolchi-talabalarning asimmetrik farq bilan ijro etiladigan yetakchi koordinatsion qobiliyatlarni o‘ng va chap tomonlama qo‘llaniladigan yangi sport o‘yini mashqlari yordamida simmetrik tartibda samarali shakllantirish texnologiyasi va harakatlarni baholash mezonlari mashg‘ulotlarga kiritilishi hisobiga musobaqalar natijadorligi hamda samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Koordinatsion qobiliyatlarni “DAS” sport o‘yini yordamida rivojlantirish va baholash metodikasi (maktab o‘quvchilari va voleybolchilar misolida)” tadqiqot ishi samaradorligi bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamoali sport turlariga xos koordinatsion qobiliyatlarni (muvozanat saqlash turg‘unligi, o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab yugurish tezligi, harakat aniqligi va h.k.) rivojlantirishda amaldagi an’anaviy testlarning modifikatsiyalashtirilgan variantlari va ilk bor yaratilgan yangi sport o‘yini vositalarini mashg‘ulotlarga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 15-fevraldagi 03-01/03/17/17-03/1611-sonli ma’lumotnomasi). Natijada maydon bo‘ylab o‘naqay-chapaqay yo‘nalishlarda yugurish tezligining nisbiy o‘sish sur’ati muvofiq ravishda 9,25% ham 8,92% gacha o‘sgan. 3,5 m da tik qoldirilgan dastalarni o‘ng qo‘l bilan ushlashlar soni 6,57% dan 12,65% gacha, 4 m da - 8,24% dan 15,09% gacha, 4,5 m da - 9,41% dan 14,13% gacha o‘sgan. Chap qo‘lda esa 3,5 m da 9,94% dan 23,10% gacha, 4 m da - 5,97% dan 29,19% gacha, 4,5 m da 7,55% dan 49,09% gacha o‘sgan;
malakali voleybolchi-talabalar bilan o‘tkazilgan an’anaviy mashg‘ulotlarda yetakchi koordinatsion qobiliyatlarni shakllanish sur’atini ixtisoslashtirilgan testlar va yangi sport o‘yini dasturi yordamida integral tartibda aniqlash metodikasi voleybolchi talabalar mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 15-fevraldagi 03-01/03/17/17-03/1611-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘ng-chap tomon bo‘ylab yugurish tezligi o‘rtasida kuzatiladigan asimmetrik farq 7,02% dan 3,72% gacha qisqargan (simmetriyalashgan), tik holatda qoldirilgan dastakni o‘ng-chap qo‘l bilan ushlab qolish soni o‘rtasida yuzaga kelgan asimmetrik farq esa 16,7% dan 36,5% gacha kamaygan yoki ushbu harakatlar soni simmetriyalashgan;
muvozanat saqlash turg‘unligi “sust” va “yaxshi” rivojlangan malakali voleybolchi-talabalarda yangi sport o‘yinida qo‘llaniladigan dastalarni o‘ng va chap qo‘lda ushlash asimmetriyasi aniqlangan hamda ushbu qobiliyatni simmetrizatsiyalash imkoniyatlarini ishonchli sur’atlarda oshirish hisobiga harakatlar texnikasi takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar voleybolchi-talabalar mashg‘ulotlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 15-fevraldagi 03-01/03/17/17-03/1611-sonli ma’lumotnomasi). Natijada aylanma harakat yuklamasi ta’sirida 3,5 m oraliqda tik qoldirilgan dastlarni o‘ng-chap qo‘l bilan ushlash soni o‘rtasida yuz bergan asimmetrik farq 7,14 %dan 36,52 %gacha kamaygan. Nazorat va tajriba guruhlari o‘rtasida “DAS” sport o‘yini bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada TG jamoasi 148 ball to‘plab (67,%) g‘alabaga erishgan;
malakali voleybolchi-talabalarning asimmetrik farq bilan ijro etiladigan yetakchi koordinatsion qobiliyatlarni o‘ng va chap tomonlama qo‘llaniladigan yangi sport o‘yini mashqlari yordamida simmetrik tartibda samarali shakllantirish texnologiyasi va harakatlarni baholash mezonlari voleybol bo‘yicha sport-pedagogik mahoratni oshirish guruhlarida shug‘ullanuvchi voleybolchi-talabalar mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan. Shuningdek, ayrim sport maktablari va o‘rta maktab sport to‘garaklarida o‘tkaziladigan o‘quv-mashg‘ulotlariga joriy etilgan. O‘tkazilgan joriy va ekperimental tadqiqotlar natijalari, ularning qiyosiy tahlili hamda tadqiqot materiallari, shu jumladan ishlab chiqilgan sport o‘yini amaliyotga joriy etilishi asosida “Harakat koordinatsiyasi va uni innovatsion o‘yin yordamida shakllantirish afzalliklari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi “314”-sonli buyrug‘i № 314). Natijada sport o‘yinlariga xos koordinatsion qobiliyalarni samarali shakllantirish va obektiv baholash imkoniyati kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish